E. Y. Saito V a, N. E. Abraykulova



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/50
Sana01.01.2022
Hajmi4,12 Mb.
#286702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Xoreografiya va raqs san'ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova)

Taqrizchilar:
A.F.Ismoilov  -   0 ‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  yoshlar  murab- 
biysi, professor;
L.T. Xasanova -  dotsent.
ISBN 978-9943-998-16-2
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Oliy  taMimning  davlat  standartlariga  asosan  «Xoreografiya  va 
raqs san’ati asoslari»  fani bakalavriatning 5150200 -  «San’atshunoslik 
(teatrshunoslik)»  taMim  yo‘nalishida  «Umumkasbiy  fanlar»  blokida 
o'qitiladi.
Ushbu  fanni  o‘qitish jarayonida  talabalarga  xoreografiya  san'ati 
asoslari,  fanni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari (ma'ruza, amaliy, 
seminar),  klassik  xoreografiya,  xalq  sahna  raqslari  va  xalq'ijodiyoti 
yo‘nalishlar  tushunchasi,  uning  jamiyatimiz  madaniy  hayotidagi 
o‘mi,  raqs  san’ati  turlari  va  funksiyalari  (xoreografik  studiyalar, 
madaniyat  markazlari,  davlat  va  xususiy  professional  raqs  ansambl- 
lari,  havaskorlik  raqs  guruhlari),  ijodiy  jamoalar  va  birlashmalar 
( 0 ‘zbekraqs),  o‘quv  yurtlari  faoliyatlari,  xoreografiya  xizmati  turlari 
(konsertlar, gostrollar), zamonaviy sharoitlarda xoreografiyaning o‘mi 
(ommaviy bayramlar, tadbirlar,  festivallar, tanlovlar), tomoshabinlami 
axborot  bilan  ta'minlash  usullari  (OAV  orqali),  turli  badiiy-ijodiy 
jamoalaming  o‘zaro  hamkorligida  madaniy  xizmat  samaradorligi 
hamda  ilmiy-tadqiqot  institutida soha tadqiqotchilarining  zamonaviy 
va  ilg‘or  texnologiyaga  asoslangan  ilmiy  izlanish  tizimiarini  ishlab 
chiqish ko‘nikmalariga ega boMishi nazarda tutiladi.
Mamlakatimiz  rivojlanishining  hozirgi  davrida  madaniyat  va 
san’at taraqqiyoti oliy ta’lim tizimini jahon andozalarini hisobga olgan 
holda  takomillashtirish  masalalarini  ilgari  surmoqda.  Bugungi  kunda 
oldimizda jahon  fani  va  madaniyatining  eng  iIg‘or yutuqlarini  o‘zida 
mujassamlashtirgan,  inson  aql-zakovati  yaratgan  boyliklaridan 
bahramand boMgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi.  Faqat 
shu  asosdagina  millatning  taraqqiyot  sari  intilishini  ta'minlovchi 
intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin.
Xoreografiya  va  milliy  raqsning 
ilmiy  asoslarini 
o‘rganish, 
tavsiflash  va  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  olib  boruvchi  mutaxassislar 
tayyorlash  uchun  «San’atshunos-xoreograf»  taMim  yo‘nalishida 
talabalar  tahsil  olmoqdalar.  Ulami  ilmiy-tadqiqotlar  o ‘tkazishning 
samarali  metodlaridan  foydalanishga  o‘rgatish  asosiy  vazifalar  etib 
belgilangan.  Prezident  I.A.Karimov  «Yuksak  ma’naviyat-yengilmas
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuch»  nomli  asarida:  «San’at  va  madaniyatdek  qudratli  kuch  orqali 
inson  qalbiga  yo‘l  topish  haqida  so‘z  yuritar  ekanmiz,  hammamiz 
yaxshi tushunamizki, har qaysi  iste'dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu 
sababli  ijod  ahliga  qandaydir  aql  o'rgatish,  eng  asosiysi,  ulami 
boshqarishga  urinish  mumkin  emas.  Lekin bu  hayotda ulami  birlash- 
tiradigan,  yangi  ijodiy  marralar  sari  ilhomlantiradigan  muqaddas 
tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik 
tamoyillari  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Agarki  har  qaysi  ijodkor  o‘z 
asarlarida ana shu o‘lmas g‘oyalami  bosh maqsad qilib qo‘ysa, ulami 
badiiy  mahorat  bilan  ifoda  eta  olsa,  hech  shubhasiz,  adabiyot  ham, 
madaniyat  va  san’at ham  tom  ma’noda ma’naviy  yuksalishga xizmat 
qilib,  o‘zining  ijtimoiy vazifasini  to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi», 
deb ta'kidlab o‘tganlar.
Jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy  madaniyati  ortib  borgani  sari 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga ham tobora jiddiy va 
mas'uliyat bilan yondoshish talab etilmoqda.
0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  san’ati  sifatida,  o‘zbek 
xalqining  ma'naviy  boyliklari  chashmasi  sifatida  O‘zbekiston  xalq 
artistlari,  jahonga  dong‘i  ketgan 
ustoz  san'atkorlar  Usta  Olim 
Komilov,  Tamaraxonim,  Mukarrama  Turg‘imboyeva,  Isohor  Oqilov, 
Roziya  Karimova  va  shu  kabi  boshqa  buyuk  namoyondalarga  boy 
o‘zbek  xalq  raqs  san'atiga  bo‘lgan  qiziqish  g‘oyat  katta.  Milliy 
ma’naviy  qadriyatlami  va  go‘zalligini  anglash  o‘zbek  xalqining 
ma’naviy boyligini oshiradi va yosh avlodni nafaqat yaxshi tarbiyalab 
qolmasdan, o‘z Vataniga, uning meroslariga muhabbat ham uyg‘otadi. 
Raqs  san’ati  sohasida  yildan-yilga  ilmiy  bilimlaming  to‘planib 
borishi,  ta’lim  maqsadi,  mazmimini  va  uslublarini  ilmiy  asoslash, 
bilimli, 
izlanuvchan, 
tadqiqotchi 
san’atshunoslami 
tayyorlash 
zaminida xoreografiyaning muhim tarmog‘i bo'lgan «Xoreografiya va 
raqs san’ati asoslari»  fani bo‘yicha  darslik  yaratish zamrati tug‘iladi.
Oliy  taTim  muassasalari  talabalarining  kasbiy  tayyorgarligi 
darajasini rivojlantirish, ulaming ilg‘or pedagogik tajribalardan hamda 
zamonaviy  talim  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  bilimlarini 
oshirish,  malaka va ko‘nikmalarini  takomillashtirish  zarurati  tug‘ildi. 
Hozirgi  kunda Oliy  ta’limning  boshqa  soha va  yo‘nalishlari  qatorida 
xoreografiya  va  raqs  asoslari  fanini  o‘qitishning  ham  ilg‘or 
texnologiyalaridan  foydalanishni  yo‘lga  qo‘yish  asosiy  vazifalardan 
biri hisoblanadi.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Darslikning  Xoreografiya  va  raqs  asoslari  haqida  umumiy 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish