E nerge t ikas I a. I. Karshibayev


Issiqlik va elektr energiyasini uzatish va iste’mol qilish



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/254
Sana06.02.2022
Hajmi4,59 Mb.
#432893
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   254
Bog'liq
energiya tejamkorligi asoslari

1.12. Issiqlik va elektr energiyasini uzatish va iste’mol qilish 
Elektr energiyasi sanoati
elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni 
isteʻmolchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat 
yoki iqtisodiy rayon miqiyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir 
koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi:
Birinchi yoʻnalish
elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. 
Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon 
beradi.
Ikkinchi yoʻnalish
moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab 
chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat 
tarmoqlarini joylashtirishdan iborat.
Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, 
alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab 
chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, 
magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 
ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan 
maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa
bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb 


78 
ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora 
metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab 
chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi.
Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga 
olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va 
elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining 
joylashishi.
Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya 
ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat 
xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan 
energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega.
Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan 
yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu 
sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini 
tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga 
ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati 
elektr energiyani uzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi 
manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni 
isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp 
talab qilinadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joydan keltiriladigan 
yoqilgʻiga moʻljallab quriladi.
Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa 
yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish 
mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib 
qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: 
-yoqilgʻining 
maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama 
foydalanishga;
-yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; 
-xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga.
Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr 
stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr 
stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida 
ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 
70 %dan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon 


79 
quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni 
qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish 
harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda 
tutiladi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish