E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Download 1,2 Mb.
bet206/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat: 1) shistosomoz bilan kasallangan barcha bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash; 2) molluskalarni yo‘qotish; 3) tuproq va suv havzalarining odam ajratmalari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 4) shaxsiy profilaktika — shis- tosomalar serkariyalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvni ishlatmaslik. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
Nazorat savollari

  1. Shistosomoz nima?

  2. Odamda shistosomozning qanday turlari uchraydi?

  3. Shistosomoz patogenezi haqida gapirib bering.

  4. Ichak shistosomozi qanday kechadi?

  5. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

Opistorxoz (opisthorchosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — opistorx (opisthorchis felineus) birinchi marta 1884-yilda Sibirda mushuklarda aniqlangan, shuning uchun mushuk yoki Sibir so‘rg‘ichi nomini olgan. Opistorx tanasi lansetsimon tuzilishga ega bo‘lib, uzunligi 1 sm gacha bo‘lishi mumkin. Tana­sining oldingi qismida ikkita so‘rg‘ichi, orqada esa — ikkita yirik to‘rt va besh kaftli tuxumdoni (grekcha opisthen orqada va orchis — tuxumdon, orqa tuxumdonli) mavjud. Tuxumlari juda mayda, uzunligi 26—30 mkm, ovalsimon, kamroq asimmetriyaga ega bo‘ladi. Nozik qobiq bilan o‘ralgan.
Opistorx odam, it, mushuk, cho‘chqa va ayrim yovvoyi hay- vonlarning jigar, o‘t yo‘llari, o‘t pufagi va oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. Bu gelmintning tuxumi ichakka ajralib najas bilan tashqi muhitga chiqadi. Ular faqat suv havzalaridagina rivojlana oladi. Tuxumlarni yutgan suv molluskalari organizmida lichinkalar — serkariylar rivojlanadi. Ularning rivojlanishiga 2 oydan kam vaqt ketadi. So‘ngra serkariylar suvga chiqib, zog‘orasimon baliqlardan ko‘kbo‘yin, qizilko‘z va boshqalar tanasiga faol ravishda kirib oladi, mushaklarda esa qobiq bilan o‘ralgan invaziyali (yuqumli) lichinkaga

  • metaserkariylarga aylanadi. Lichinkalar o‘lchami 0,23—0,37 mm bo‘ladi. Metaserkariylar 6 kundan keyin odam uchun invaziv hisoblanadi.

Odam xom baliq iste’mol qilganda kasallik yuqishi mumkin. Odam ichagida lichinkalar qobiqdan ozod bo‘lib, umumiy o‘t yo‘li, pankreatik yo‘llar orqali jigarga, o‘t pufagiga va oshqozon osti beziga kiradi. Bir oydan keyin parazitlar jinsiy yetiladi va tuxumlar ajrata boshlaydi.

  1. Yuqumli kasalliklar

Patogenezi asosida allergik holat bilan rivojlanadigan sensi- bilizatsiya, oshqozon-ichak yo‘llari funksiyasiga reflektor yo‘l bilan ta’sir etish, o‘t yo‘llarining mexanik zararlanishi, tomirlarning parazitlar bilan tiqilib qolishi sababli yuzaga keladigan o‘t suyuq- ligining to‘planib qolishi va natijada ikkilamchi infeksiyaning faollashishi yotadi.
Opistorxoz klinikasi kasallik yuqtirgandan 2—4 hafta keyin yuzaga keladi. Bu vaqtda, ya’ni kasallikning erta bosqichida umumiy darmonsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, mushaklar va bo‘g‘im- larda og‘riq, qichiydigan teri toshmalari va asmatik bronxit kuzatiladi. Limfatik tugunlar kattalashadi. Keyinchalik kasallikning surunkali bosqichida o‘ng qovurg‘a ostida va epigastral sohada og‘riq kuzatiladi, jigar va taloq kattalashadi. Nerv sistemasining funksional o‘zga- rishlari — uyquning buzilishi va bosh og‘rig‘i qayd etiladi. Ko‘pchilik bemorlarda jigar va o‘t pufagi kattalashib, oshqozon osti bezi sohasi og‘riydi. Kasallikning asoratlariga jigar abssesslari, xolangit, parazitar kista yorilishi, peritonit, jigarning birlamchi raki va boshqalar kiradi.
Kasallik tashxisi najas massasi va duodenal zondlashda topilgan opistorx tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasni Kato usulida tek­shirish ancha qulaydir (preparat uzoq vaqt — 15 minutgacha kuzatiladi). Kalantaryan usulida, ya’ni buyum oynachasini suyuq­ligi bo‘lgan bankada 25 minutdan ko‘proq vaqt ushlab turish orqali ham opistorx tuxumlarini topish mumkin. Tashxis qo‘yishning serologik usullari ham ishlab chiqilgan.
Davolash uchun kattalarga sutkasiga 1 kg tana vazniga 60 mg dan

  1. kun davomida xloksil beriladi. Preparat 3 mahal ovqatdan keyin 15—20 minut o‘tgach sut bilan ichiladi. Ko‘rsatmalar asosida patogenetik va simptomatik preparatlar buyuriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, davolangandan keyin ham opistorxlar tuxumi uzoq vaqt ajralib turadi, shuning uchun davolash samarasini baholash maqsadida qilinadigan nazorat tahlillarini 3—4 oydan so‘ng o‘tkazilishi zarur.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish