E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet34/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

26-rasm. Agglutinatsiya reaksiyasi.
erologik reaksiyalar uchun qon olish ekish uchun qon olishga o‘x- shaydi, lekin undan far- qi shundaki, bunda qon- ni shpris bilan emas, bal- ki o‘z oqimi bilan olgan ma’qul. Buning uchun teshigi kattaroq igna olib, venaga shprissiz kiritiladi va probirkaga 3—5 ml qon olinadi. Bunday qon olishda eritrositlar kam shikastlanadi va qon
zardobi kam hollardagina gemoliz belgisi bilan olinadi. Qon tindiril- gandan va sentrifugaga qo‘yilgandan so‘ng zardob pipetka yordamida boshqa probirkaga o‘tkaziladi va muzlatgichda +4°C haroratda reaksiya qo‘yilgunga qadar saqlanadi.
Ma’lumki, ko‘pgina yuqumli kasalliklarda immun javob kasal­likning 5—7-kunida, antitelolarning maksimal o‘sishi esa, keyin- chalik yuzaga keladi. Qon olishda bunga ahamiyat berish zarur. Ammo odatda serologik reaksiyalar uchun qon kasallikning birinchi kunlari olinadi, bu esa kasallik dinamikasida antitelolar titrining o‘sishini kuzatish imkonini beradi. Takror serologik tekshirishlar 5—7 kun- dan kam bo‘lmagan oraliqda o‘tkaziladi. Virusli infeksiyalarda 10—12 kunlik oraliq bilan qo‘sha zardoblar olinadi. Antitelolar titrining 4 baravar oshishi, gumon qilinayotgan kasallik tashxisini tasdiqlaydi.
Hozirgi paytda amaliyotda immunoferment tahlillar keng qo‘l- lanilmoqda. Ularning afzalligi o‘ta yuqori sezgirlik bo‘lib, reaksiya
qo'yish uchun 0,05—0,1 ml zardob yetarli. Antitelolarni immuno- globulinlarning ma’lum sinflarga (Ig M, Ig G, Ig A va b.) tegish- liligini aniqlash keng qo'llanila boshlandi. Bu esa yuqumli kasallikni sun’iy immunlashdan, birlamchi yuqumli kasallikni uning qayta uchraganligidan farqlash va infeksiya davrini aniqlashga imkon
yaratadi.
A yrim yuqumli kasalliklar- ning tashxisini tasdiqlash uchun teri-allergik sinamalardan ham foydalaniladi (27-rasm).
Allergik sinamalar mikro- organizmning qo'zg'atuvchi yoki uning toksiniga sezgir- 27-rasm. Teri-allergik sinama. ligining oshishiga asoslangan.
Bular spetsifik bo'lib, brusel­lyoz, tularemiya, toksoplazmoz, qorin tifi, dizenteriya, Ku- isitma, ornitoz va boshqa kasalliklarda qo'llanadi. Bu usulning boshqa tekshirish usullari oldida afzalligi uni o'tkazish osonligi va har qanday sharoitda bajarilishi mumkinligidir. Sinama qo'yish uchun teri ichiga 0,1 ml allergen (masalan, brusellyoz kasalligida brusellin) kiritiladi. Bilak kaft yuzasining o'rta qismida teri spirt bilan artil- gandan keyin igna teri orasiga uning yuzasiga parallel holda joy- lashtirilib kiritiladi. Ignaning yuqoriga qaragan kesik joyi teri ichiga to'liq kirgandan keyin preparat yuboriladi. Teri ichiga preparat to'g'ri kiritilganda inyeksiya joyida katta bo'lmagan, oqish tusda, aniq konturga ega bo'lgan qattiq pufakcha («tugmacha») hosil bo'ladi va u odatda 10—15 minutdan keyin yo'qoladi.
Allergik sinama natijasi allergen kiritilgandan keyin 24—48 soat davomida tekshiriladi. Bunda reaksiya natijasida hosil bo'lgan in tilt rat kattaligi bo'yicha baholanadi (qizarish asosiy ko'rsatkich emas). U quyidagicha bo'lishi mumkin. O'ta ijobiy (tana haroratining ko'ta- rilishi, regionar limfa tugunlarining kattalashishi, infiltrat dia- metrining 6 sm dan yuqori bo'lishi), ijobiy (umumiy reaksiya kuzatilmaydi, infiltrat diametri 3—6 sm), sust ijobiy (infiltrat diametri 1—3 sm) va gumonli (infiltrat diametri 1 sm ga yaqin). Reaksiyaning ijobiy bo'lganligi organizmda mazkur kasallik borli- gidan dalolat beradi. Kasallik bo'lmagan holatlarda allergen kiritilgan joy ozroq qizaradi (infiltrat bo'lmaydi) va 1—3 soatlar mobaynida
yo'qoladi. Sinama ijobiy bo'lgan taqdirda, asosan serologik reak- siyalar ham ijobiy natijalar beradi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, ijobiy allergik sinamalar yuqumli kasalliklar bilan ilgari og'riganlarda va emlanganlarda (masalan, tularemiyaga qarshi) uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Orqa miya punksiyasi texnikasi. Bosh miya va uning parda- larining xoh yuqumli (meningokokk infeksiyasi), xoh yuqumsiz (subaraxnoidal qon quyilish) zararlanishlarida tashxis qo'yish va davolash maqsadlarida orqa miya punksiyasi qilinadi va bunda orqa miya suyuqligi (likvor) tekshiriladi.
Orqa miya punksiyasini bemor o'tirgan yoki yonboshi bilan yotqizilgan holda o'tkazish mumkin. Og'ir bemorlarda punksiya faqat yotgan holda o'tkaziladi. Bemorni o'tirgan holatda punksiya qilganda tizza bo'g'imida bukilgan oyoqlari tovonlari bilan stulga tayangan (tiralgan) holda joylashtiriladi va yelkasi bel qismida maksimal bukilgan holatda bo'ladi.
Odatda III va IV yoki IV va V bel umurtqalari oralig'iga punksiya qilinadi. Teri avval yod, keyin etil spirti bilan artilgandan so'ng, lumbal punksiya uchun uzunligi 9 sm atrofida bo'lgan mandrenli igna olinadi va bevosita IV umurtqa ustiga kiritiladi. Ignaning kesilgan uchi yuqoriga qaragan bo'lib, tanasi IV umurtqaning o'tkir o'simtasi bo'ylab harakatlanishi zarur. Miya pardasini teshib kirishda o'ziga xos qarshilik seziladi, so'ngra bo'shliqqa tushganlik hissi qo'lga seziladi, bu ignaning subaraxnoidal bo'shliqqa tush- ganini bildiradi.
Igna to'g'ri kiritilsa mandrenni chiqarishda likvor oqib chiqadi. Suyuqlik olingandan keyin igna birdaniga sug'urib olinadi, u kiritilgan joyga yod surtiladi va steril salfetka bilan yopiladi (yopish- tirib qo'yiladi). Punksiyadan keyin bemor kamida 2 soat davomida yostiqsiz qorni bilan yotishi va sutka davomida to'shakdan turmasligi zarur. Punksiya vaqtida bemor kuchli og'riq sezishi mumkin, lekin bu og'riq tezda o'tadi.
Ayrim hollarda igna bilan orqa miya pardasi venalari yoki venoz chigalni tasodifan jarohatlash mumkin, bu vaqtda likvorga qon aralashishi, hatto toza qon chiqishi kuzatiladi. Bunday vaqtda punk­siya to'xtatiladi. Bu bemor hayoti uchun hech xavf tug'dirmaydi.
Punksiyadan keyin meningizm belgilari: bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi, ensa mushaklarining tortishishi kuzatilishi mumkin bo'lib, bu odatda 2 kun namoyon bo'ladi va 3—8 kun davomida saqlanishi mumkin. Bu ko'pincha punksiya joyidan likvorning ajralishi tufayli kuzatilib, odatda 3—4 kundan keyin bu joy yopiladi.
Punksiyaga monelik qiluvchi holatlar: gipertoniya kasalligining og'ir shakli, ateroskleroz, miyaga qon quyilishi (hayotiy ko'rsatma bo'yicha zarurat tug'ilganda juda ehtiyotkorlik bilan qilinadi), kalla suyagining orqa chuqurchasi sohasidagi o'sma.
Rektoromanoskopiya. Mazkur tekshirish usuli vrach tomoni- dan o'tkaziladi. Tibbiy hamshira bu muolaja vaqtida vrachga yordam- lashadi — bemorni tayyorlaydi, tekshirishga material oladi, asbobni sterillaydi, yorituvchi lampani ulaydi va boshqalar. Bu usul endoskopik usul bo'lib, uni qo'llashdan maqsad shilliq pardalar patologiyasi (yallig'lanish jarayonlari, yaralar, atrofiya), o'smalar, yot jismlarni aniqlash uchun to'g'ri va sigmasimon ichakning distal (pastki) qismini ko'rishdir.
Endoskopik trubka yordamida bakteriologik va sitologik tekshirish uchun to'g'ri va sigmasimon ichak shilliq qavatlaridan surtma va qirindi olish, ichak qismlarining o'sma bilan zararlanganiga gumon qilinganda gistologik o'rganish uchun biopsiya o'tkazish va qator davolash muolajalarini (shilliq qavatlarni upalash, ularga dori surtish, yot jismlarni olib tashlash) bajarish mumkin.
Rektoskopiya uchun ikki marta huqna qilish yetarli: birinchisi — tekshirish yaqin bo'lgan paytda qilinsa, ikkinchisi esa tekshirishga

  1. 4 soat qolganda o'tkaziladi. Tubusni kiritish uchun esa qulay holat tizza-tirsakli holat hisoblanadi. Ehtiyotkorlik bilan aylana harakatlar yordamida rektoskop anal kanaliga gorizontal yo'nalishda

  2. 5 sm gacha kiritiladi. Shundan keyin yorituvchi sistema ishga tushiriladi. Rektoskopning maksimal kiritish chuqurligi — 30—35 sm. Apparat shilliq qavatlarga e’tibor bergan holda asta-sekin chiqariladi. Har bir tekshiruvdan keyin rektoskop qismlari yuqumsizlantirilishi shart: trubka vazelindan tozalanib, iliq suvda yuviladi va formalinda

  1. soat davomida, so'ngra esa 30 minut davomida etil spirtida saqlanadi.

R e k t o s k o p i ya g a k o' r s a t m a l a r: to'g'ri ichakda og'riq va yoqimsiz sezgi bo'lishi, burab-burab og'rishlar, ich ketishi, uzoq davom etadigan qabziyat, anusdan qon va yiring ajralishi va boshqalar.
M o n e l i k q i l u v ch i h o l a t l a r chegaralangan va ular kam uchraydi: umumiy ahvolning og'irligi o'tkir miokard infarkti, insult, psixik o'zgarishlar, peritonit, orqa chiqaruv teshigining yorilishi.
Nazorat savollari

  1. Epidemiologik anamnez nima?

  2. Bemorni obyektiv tekshirish haqida gapirib bering.

  3. Yuqumli kasalliklarda qanday laboratoriya tekshirish usullari qo'llaniladi?

  4. Yuqumli kasalliklarda laboratoriya uchun tekshirish mate- riallarini olish tartibini gapirib bering.

  5. Tomoqdan surtma olish, oziq muhitiga ekish va agglutinatsiya reaksiyasi texnikalarini gapirib bering.

  6. Teri-allergik sinama qanday qo'yiladi?

  7. Orqa miya punksiyasi va rektoromanoskopiya haqida gapirib bering.

  8. Immunoferment tahlil nima va bu usul orqali qanday ma’lu- motlarni olish mumkin?


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish