E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Zond orqali sun'iy ovqatlantirish



Download 1,2 Mb.
bet37/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

28-rasm. Zond orqali sun'iy ovqatlantirish.



na’matak damlamasi), mineral suv ichiladi. Badan artiladi va yuvib turiladi, chunki ko'p miqdorda terlash terining ajratish funk- siyasini pasaytiradi. Puls, arterial bosim va nafas olishlar soni kuzatib boriladi. Isitmasi baland bemorni yakka qoldirib bo'lmaydi, chunki nerv sistemasining o'ta qo'zg'alishi (intoksikatsiya natija­sida) tufayli ular o'rinlaridan turib, xonadan chiqib ketishlari yoki derazadan o'zlarini tashlashlari mumkin. Bemorlar alahsiraganda ularni tinchlantirish uchun dori preparatlari (magniy sulfat, aminazin, bromid va b.) buyuriladi.
Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlarni parvarish qiladi- gan tibbiy hamshira bemordagi vrachni zudlik bilan chaqirishni talab qiladigan belgilarni bilishi kerak. Bular quyidagilardir: to'sat- dan bemorning holsizlanishi, ko'karish, talvasaga tushish, bo'g'i- lish, qorinda to'satdan og'riq paydo bo'lishi, siydik tutilishi, kuchli alahsirash, puls yomonlashishi, hushdan ketish.
Nazorat savollari

  1. Yuqumli kasalliklarda parvarishning o'ziga xos xususiyatlari nimada?

  2. Yotoq yaralar nima?

  3. Choyshab va ich kiyimni almashtirish texnikasini gapirib bering.

  4. Teri qanday parvarish qilinadi?

  5. Ko‘z, soch va og‘iz bo‘shlig‘i qanday parvarish qilinadi?

  6. Qayt qilganda qanday yordam ko‘rsatiladi?

  7. Og‘ir bemorlarni ovqatlantirish haqida gapirib bering.

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning ovqatlanishi va ularni parvarish qilish bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. 5-parhezni jigar kasalliklari (masalan, virusli gepatit) da tayinlash mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Bemorlar yotoq rejimini buzib ko‘p yurishlari natijasida gipostatik pnevmoniya rivojlanishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Ko‘p miqdorda ich ketganda tozalovchi huqna qilish mum- kinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Kilokaloriya qanday kattalik? 1 kkal zarur

bo‘lgan issiqlik miqdoridir.
A) 10 l suvni 1°C gacha qizdirish uchun; B) 1 l suvni 1°C gacha qizdirish uchun; C) 1 l suvni 60°C gacha qizdirish uchun; D) 1 l suvni 10°C gacha qizdirish uchun; E) 1 l suvni 1°C gacha qizdirish uchun.

  1. Sog‘lom odam bir sutkada o‘rtacha necha kkal ga yaqin issiqlik oladi?

A) 5000 kkal; B) 10000 kkal; C) 3000 kkal; D) 1000 kkal; E) 300 kkal.

  1. Jigar kasalliklarida qanday parhez tayinlanadi?

A) 15-parhez; B) 5-parhez; C) 2-parhez; D) 13-parhez; E)
4-parhez.

  1. 15-parhezning energetik ahamiyati necha kkal ga teng?

  1. 3700—4000 kkal; B) 1600—1800 kkal; C) 2500—2600 kkal; D) 1600—1800 kkal; E) 3000—3100 kkal.

  1. Parenteral ovqatlantirish deganda nimani tushunasiz?

  1. kam-kam, lekin tez-tezda ovqatlanish; B) parhezga rioya qilib ovqatlanish; C) parhez tayinlanmaydigan holatlar; D) vena ichiga oziqlantiruvchi suyuqliklar yuborish; E) barcha javob to‘g‘ri.

  1. Og'ir yotgan bemorlar terisini parvarish qilish, choyshabini almashtirib turish va ularning o'rin holatini o'zgartirib turishdan maqsad nima?

A) yotoq yaralar va miokard infarktining oldini olish; B) yotoq yaralar va gipostatik pnevmoniyaning oldini olish; C) nafas olish va yurak urishini yaxshilash; D) A va C; E) to'g'ri javob yo'q.

  1. Og'iz bo'shlig'ining yaxshi parvarish qilinmasligi natijasida kasallik tug'diruvchi mikroblar quloq oldi bezlariga kirgan va bu bezlarning yallig'lanishiga sabab bo'lgan. Bu bezlarning yallig'lanishi nima deb ataladi?

A) gepatit; B) otit; C) parotit; D) gaymorit; E) laringit.

  1. Gipostatik pnevmoniya asosan qaysi vaqtlarda uchrashi mumkin?

A) yotoq rejimini buzib ko'p yurganda; B) o'pkani sovuqdan shamollatganda; C) uzoq vaqt yotib qolgan og'ir bemorlarda; D) parhezga rioya qilmaganda; E) A va D.

  1. Meteorizmda nimadan foydalanish mumkin va ichakka qancha chuqurlikda kiritiladi?

  1. Duodenal zond a) 20—30 sm

  2. Gaz chiqaruvchi naycha b) 5—6 sm

  3. Kateter d) 85—95 sm.

A) 1d; B) 2b; C) 2d; D) 2a; E) 3b.

  1. Siydik tutilganda qanday yordam ko'rsatish mumkin?

  1. qorin pastiga muzli xaltacha qo'yish, suyuqliklar ko'p ichirish;

  2. iliq vanna, qorin pastiga issiqlik qo'yish, kateterlash;

  3. qorin pastiga muzli xaltacha qo'yish, siydik haydovchi dorilar berish;

  4. siydik haydovchi dorilar qabul qilish, ko'p suyuqlik ichirish;

  5. C va D.

  1. 4-parhez

  1. qorin tifi bilan og'rigan bemorlarga tayinlanadi, tarkibi bo'yicha turli xil bo'lib, sabzavotlar, o'tkir ovqatlar va zakuskalar miqdori cheklangan, energetik quvvati 2100—2200 kkal;

  2. maxsus parhezlar talab qilinmaydigan kasalliklarda tayin­lanadi, tarkibi sog'lom odam ovqatlanishi normalariga mos keladi, energetik quvvati 3000—3100 kkal;

  3. jigar kasalliklarida tayinlanadi, barcha ovqatlar suyuq yoki yarim suyuq holatda qaynatilgan yoki bug‘latilgan holda tayyor­lanadi, energetik quvvati 1800 kkal;

  4. dizenteriyada, qorin tifining sog‘ayish davrida va isitmali bemorlarda tayinlanadi, achish jarayonlarini susaytiradi, energetik quvvati 2800—3100 kkal;

  5. o‘tkir va surunkali ichak kasalliklarida kuchli ich ketganda va boshqa zo‘raygan dispeptik holatlarda tayinlanadi. Energetik quvvati 2000 kkal ga yaqin.

  1. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni

doimiy ravishda kuzatib turish shart.

  1. parhez va rejimni tez-tez buzib qo‘yish yoki dorilarni o‘z vaqtida ichmasligi mumkinligi sababli;

  2. odatda o‘z vaqtida murojaat qilmay, ko‘pincha kasallikning oxirgi bosqichlarida og‘ir ahvolda yotqizilganligi sababli;

  3. boshqa bo‘limlardan bu bemor oldiga boshqa kasalligi bo‘lgan bemorlar tashrif buyurmasligi uchun;

  4. boshqa bo‘limlarga borib o‘z kasalligini boshqalarga ham yuqtirib qo‘yishlari mumkinligi sababli;

  5. ko‘pincha isitma va intoksikatsiya holatida bo‘lib, ahvoli to‘satdan og‘irlashishi mumkinligi tufayli.

  1. masala

T. ismli 54 yoshli bemor kasallikning 8-kuni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bemorning shikoyatlari: holsizlik, ishta- haning yo‘qligi, tana haroratining doimiy balandligi, qorinning dam bo‘lishi va ko‘p terlashdir. Bemorda «qorin tifi» tashxisi aniqlandi. Unga qat’iy yotoq rejimi va parhezga rioya qilish shartligi tayinlandi. Uzoq vaqt davomida davolanishi natijasida bemorda yotoq yaralar paydo bo‘la boshladi.

  1. Yotoq yaralar deganda nimani tushunasiz?

  2. Yotoq yaralar paydo bo‘lishining asosiy sabablari nimada?

  3. Yotoq yaralarning oldini olish uchun hamshiralarning vazi- falari nimalardan iborat?

  1. masala.

R. ismli 39 yoshdagi bemor shifoxonaga yotqizildi. Bemor ishta- hasi yo‘qligi, ko‘ngli aynishi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, siydikning to‘q sariq rangdaligi va holsizlikdan shikoyat qiladi. Bemorni ko'zdan kechirganda ko'z skleralari va terida sariqlik aniqlandi, jigar kattalashgan. Bemorga «virusli gepatit» tashxisi qo'yildi. Unga yotoq rejimi va parhez tayinlandi. Bemorning rejim va parhezga rioya qilmasligi natijasida uning ahvoli og'irlashdi.

  1. Parhez yoki yotoq rejimi nima uchun tayinlanadi?

  2. Rejim va parhezga rioya qilishda hamshiraning vazifalari nima- lardan iborat?

3-masala.
Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan X. ismli 48 yoshdagi bemorda kuchli intoksikatsiya natijasida o'tkir psixoz holati kuzatila boshladi. Bemor notinch, yurib ketishga, hatto shifo­xonadan qochishga harakat qila boshladi. Bir necha bor u o'zini derazadan tashlashga urindi.

  1. Bunday holatlarda hamshiraning vazifalari nimalardan iborat?

  2. Og'ir yotgan bemorlarni parvarish qilishning qanday usullari mavjud?

«Hamshiralik ish jarayoni» haqida tushuncha
Keyingi yillarda «Hamshiralik ish jarayoni» va «hamshiralik tashxisi» degan tushunchalar ko'p uchramoqda. Hamshira bemorga uning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda yondoshishi zarur. Hamshiralik ishi jarayoni ham­shiraning amaliy faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning bemorni kuzatish va parvarish qilish vazifalarini to'g'ri bajarishdan iborat. Bemorlarga hamshira yordamini tashkil qilishda tashxis qo'yish va bu tashxis asosida maqsadga yo'naltirilgan parvarish hamshiralik ishi jarayonining mohiyatini belgilab beradi. Demak, hamshira tomonidan ko'rsatilayotgan parvarish hamshira tashxisiga tayangan holda amalga oshirilishi zarur. «Hamshiralik ish jarayoni» hamshiraning o'z kasbiy maqsadiga erishishi yo'lida ma’lum ketma- ketlik bilan bajariladigan va ilmiy jihatdan asoslangan harakatlar majmuidir. Bunda hamshira bemor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, uning ahvolini yengillashtirish, unga tegishli bo'lgan barcha muammo va qiyinchiliklarni yengishga yordam berish maqsadida aniq vazifalar bo'yicha faoliyat ko'rsatadi.
Hamshiralik ishi jarayoni haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning bosqichlari bilan tanishib olish zarur. Ham- shiralik ishi jarayoni beshta bosqichdan iborat:

  1. b o s q i ch — b e m o r n i t e k sh i r i sh. Bu bosqichda bemorning ahvoliga to‘g‘ri baho berish uchun uning salomatligi bo‘yicha subyektiv va obyektiv ma’lumotlar to‘planadi. Buning uchun hamshira bemor bilan suhbatlashadi va tekshirish natijasida tegishli ma’lumotlarni yig‘adi. Subyektiv ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘lib, u bemorning his-tuyg‘ulari asosida yuzaga keladi. Behush yotgan yosh bola yoki aqlan zaif bo‘lgan bemor salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni uning ota-onasi, qarindosh- urug‘lari, do‘stlari yoki tanish-bilishlaridan so‘rab olish ham mumkin. Bemorning salomatligiga tegishli obyektiv ma’lumotlarni hamshira kuzatish va tekshirishlar natijasida oladi.

Obyektiv ma’lumotlar paypaslash, eshitib ko‘rish va tukillatish orqali tekshirishlar natijasida olinadi. Bundan tashqari, arterial bosimni o‘lchash, tomir urishi va nafas harakatlarini sanash kabilar va laboratoriya tekshirishlari natijasida ham ma’lumotlar yig‘iladi. Barcha to‘plangan ma’lumotlar hamshira tomonidan yuritilayotgan kasallik tarixiga qayd etib boriladi. Natijada hamshira kasallikni dinamikada kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi va mulohazalar yuritadi.

  1. b o s q i ch — b e m o r g a t a sh x i s q o‘ y i sh. Bu bosqichda hamshira tashxisi qo‘yiladi. Bunda ayni paytda mavjud bo‘lgan muammolar, ya’ni bemorda kasallikni yuzaga keltirgan sabablar o‘rganiladi. Potensial muammolar, ya’ni ayni damda mavjud bo‘lmasa-da, ma’lum vaqtdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar alohida e’tibor bilan o‘rganiladi, ularning oldini olish choralari ko‘riladi. Masalan, yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan uzoq davom etuvchi doimiy isitma va qat’iy yotoq rejimida bo‘lish kabilar bemorlarda yotoq yaralar yoki gipostatik pnevmoniya vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular potensial muammolar hisoblanadi. Bemorni tekshiruv natijasida hamshira ko‘plab muam- molarni aniqlaydi, lekin ular bemor salomatligiga ta’sir darajasi bo‘yicha birlamchi, oraliq va ikkilamchi muammolarga ajratilishi zarur. Bemor hayoti uchun xavfli bo‘lgan va shoshilinch yordam talab qiladigan muammolar birlamchi muammolar hisoblanadi. Bemor hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydigan va shoshilinch yordam talab qilinmaydigan muammolar oraliq muam- molar deyiladi. Oraliq muammolar bo'yicha hamshira yordami biroz kechiktirilishi ham mumkin. Ikkilamchi muammolar deganda, bemorda kasallik rivojlanish dinamikasiga deyarli ta’sir ko'rsat- maydigan, ya’ni kasallik bilan bevosita aloqador bo'lmagan muam- molar tushuniladi. Barcha muammolar aniqlab olinganidan keyin hamshira mulohaza yuritadi va ma’lum bir xulosaga keladi, ya’ni hamshira tashxisini aniqlaydi.

Hamshira tashxisi — bu ayni vaqtda bemorda mavjud bo'lgan muammolar va kutilishi mumkin bo'lgan potensial muammolarning kelib chiqish sabablari va belgilari yig'indisidir. Hamshira tashxisi uchta tarkibiy qismdan (PES) tuzilgan bo'lib ular quyidagilardir: «P» (problem) muammo, «E» (ethios) muammoni keltirib chiqargan sabab va «S» (sindrom) kasallik belgilari yig'indisi.
Hamshira tashxisi vrach tomonidan qo'yilgan tashxisdan farq qiladi:

  • vrach tashxisi barcha obyektiv va subyektiv hamda laboratoriya tekshiruvlariga asoslangan tashxis bo'lib, ma’lum kasallik turi to'la aniqlanadi, hamshira tashxisida esa kasallikka nisbatan organizmda kuzatiladigan ayrim belgilar yoki holatlar aniqlanadi;

  • vrach tashxisi, odatda organizmdagi patofiziologik o'zga- rishlarga bog'liq ravishda qo'yiladi, hamshira tashxisi esa bemorning o'z salomatligi yuzasidagi mulohazalariga asoslanadi;

  • vrach tashxisi kasallik dinamikasida, ya’ni butun kasallikning rivojlanish jarayonida davolash mobaynida o'zgarmay qolishi mum- kin, hamshira tashxisi esa har kuni va kuniga bir necha marta o'zgarishi mumkin. Chunki bir kun davomida organizmning kasal­likka nisbatan ko'rsatayotgan reaksiyasiga qarab o'zgarib turishi mumkin, bu o'zgarishlar esa mavjud vrach tashxisini o'zgartira olmaydi;

  • vrach tashxisi vrachlik amaliyoti darajasida davolashni, ham­shira tashxisi esa hamshiralik amaliyoti darajasida parvarishni ko'zda tutadi.

Hamshira tashxisi asosida hamshiralik parvarishi rejasi tuziladi.

  1. bosqich — hamshira parvarishi rejasini tuzish. Bunda hamshira bemorni parvarish qilish natijasida kutiladigan natijalarni belgilaydi va bunga erishish maqsadida qilinishi kerak bo'lgan ishlar rejasini ishlab chiqadi. Rejada maqsadlar aniqlab olinishi shart. Chunki shu maqsadlarga erishish uchun qilinadigan

  1. Yuqumli kasalliklar

harakatlar ish rejasining asosiy mazmuni hisoblanadi
Maqsad qisqa (1—2 haftaga mo'ljallangan) va uzoq muddatli (2 haftadan ortiq muddatga mo'ljallangan) bo'lishi mumkin. Maqsadni amalga oshirish aniq harakatlar, vaqt va shart-sharoitlarga bevosita bog'liq bo'lib, hamshiradan chuqur bilim, bardoshlilik, xush- muomalalik, chaqqonlik kabi fazilatlarni talab qiladi.

  1. bosqich — hamshira parvarishi rejasini amalga oshirish. Bu bosqichda hamshira parvarishi reja asosida amalga oshiriladi. Bunda bajarilgan barcha ishlar qayd qilinib boriladi. Hamshira parvarishi quyidagi turlarga bo'linadi:


  1. Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish