E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet139/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Brusellyoz (qora oqsoq) — tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistemaning zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir.
Etiologiyasi. Brusellyoz qo‘zg‘atuvchisi — brusellalar mayda, ya’ni 0,3—2,5 mkm kattalikdagi harakatsiz bakteriyalar bo‘lib, tayoqchasimon shaklda, spora hosil qilmaydi, grammanfiy, odat- dagi oziq muhitlarida o‘sadi, anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘ya- ladi.
Brusellalar tashqi muhitga juda chidamli: past harorat, hatto muzlatishga bardosh beradi. Sutda, sutli mahsulotlar va go‘shtda 7— 10 kunlar davomida, suvda va nam tuproqda — 2 oygacha o‘z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Brusellalar yuqori haroratga chidamsiz: 60°C gacha qizdirilganda 30 minutdan keyin, qaynatilganda esa shu zahotiyoq o‘ladi. Quyosh nuri va barcha dezinfeksiyalovchi moddalar (3% li lizol eritmasi, 5% li xlorli ohak eritmasi va b.)ga sezgir.
Hozirgi vaqtda odam uchun patogen hisoblangan brusellalarning 3 turi ma’lum: 1) Brucella melitensis — mayda shoxli hayvonlar (echkilar, qo‘ylar); 2) Brucella abortus — yirik shoxli hayvonlar; 3) Brucella suis — cho‘chqalarda kasallikni qo‘zg‘atadi.
Epidemiologiyasi. Odamlar uchun infeksiya manbai kasal hay­vonlar hisoblanadi. Shoxli hayvonlarda brusellyoz embrion zarar­lanishi va bola tashlashlar bilan kechadi. Hayvonlar qo‘zg‘a- tuvchilarni najasi, siydigi, suti, embrion oldi suyuqligi va plasentasi bilan ajratadi. Brusellyoz bilan kasallangan kishilar infeksiya yuqtirmaydilar va kasallik manbai sifatida hech qanday ahamiyatga ega emaslar.
Kasallik odam xom sut ichganda, kasal hayvonlar brinzasi (sho‘rtang pishloq) va go‘shtini iste’mol qilganda kelib chiqadi. Zararlangan teri va shilliq pardalar orqali ham kasallik yuqishi mumkin: brusellalar teridagi kesilishlar yoki yorilishlar, lab va burun shilliq qavatidagi shilinishlar orqali ham yuqadi. Sut sog‘uv- chilar, chorvadorlar va veterinar xodimlar ham aloqa yo‘li bilan kasallikni yuqtiradilar. Agar kasal hayvonlarni parvarishlaydigan kishilar rezina qo‘lqoplar va etiklar, kleyonka fartuklar, maxsus niqoblar va kombinezonlar bilan ishlamasalar, brusellyoz bilan kasallanishlari muqarrar. Aerogen (havo orqali) yuqish yo‘li ham ma’lum — ya’ni brusellyoz mikroblari yuqori nafas yo‘llariga jun, tuproq zarrachalari orqali tushishi ham mumkin.
Brusellyoz bilan kasallanish odamlar o‘rtasida yuqori emas. Kasallanish asosan hayvonlarning qo‘zilash davrida ko‘p uchraydi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish