E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet116/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Tashxisi. Tashxis qo‘yishda epidemiologik ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Bunda shuni esda tutish kerakki, ko‘p hollarda infeksiya manbaini aniqlashning iloji bo‘lmaydi, bemor esa kiyimlari yoki choyshabida bitlar yo‘qligini ta’kidlaydi.
Kasallikka tashxis qo‘yishda klinik belgilar asosiy rol o‘ynaydi (o‘tkir boshlanishi, baland isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, qo‘z- g‘alish, yuz giperemiyasi, Kiari-Avsin simptomi mavjudligi va b.).
Tashxisni tasdiqlash uchun laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Qonning umumiy tahlilida leykositoz, trombositopeniya va EChT ning oshganligi aniqlanadi. Siydikda oqsil bo‘lishi mumkin (bu kuchli intoksikatsiya natijasidir).
Tashxisni tasdiqlashning asosiy usullari — serologik reaksiyalar bo‘lib, bular komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR), bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) va Provaseka rikketsiyalari yordamida qo‘yiladigan agglutinatsiya reaksiyasi (AR)dir. Bu reak­siyalar kasallikning 6—7-kunlaridan boshlab ijobiy bo‘ladi. Kasallik borligini bildiradigan minimal tashxis titri — KBR va AR uchun 1:160 nisbatda suyultirilgan zardoblarda kuzatiladi. BGAR da tashxis titri 1:1000 ni tashkil qilib, kasallikning birinchi haftasining oxiridan boshlab qayd etiladi. Keyinchalik antitelolar titri osha boradi va kasallikning 15-kuni eng yuqori darajaga (1:64000) yetadi va 1—

  1. 6 oy davomida asta-sekinlik bilan kamaya boradi.

Shuni ta’kidlash zarurki, toshmali tif tashxisida KBR va BGAR katta ahamiyatga ega (ayniqsa ular bir vaqtda qo‘yilsa).
Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Bemor choy- shablari va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish zarur. Chunki bu nafaqat unga qulaylik yaratadi, balki yotoq yaralarining oldini olishda eng asosiy omillardan hisoblanadi.
Bemor terisini har kuni iliq suvga namlangan sochiq bilan artish zarur (unga oz miqdorda spirt qo‘shish mumkin). Uning tagiga yotoq yaralarning oldini olishda keng qo‘llaniladigan rezina chambar qo‘yish kerak. Ich kelishini har doim nazorat qilib borish lozim. Ich qotganda tozalovchi huqna qilinadi. Toshmali tif tipik kechganda paradoksal siydik ajralishida qorinning pastiga (siydik pufagi sohasiga) iliq suv to‘ldirilgan isitgich (grelka) qo‘yiladi, iliq suv bilan huqna qilinadi. Agar bu foyda bermasa unda prozerin 1 tabletkadan kuniga 2 mahal tayinlanadi. Agar bu dori ham siydik pufagini bo‘shatishda samara bermasa, qat’iy aseptika qoidalariga rioya qilgan holda kateterizatsiya qilinadi.
O‘choqli gipostatik pnevmoniya rivojlanmasligi uchun bemorni tez-tez yotog‘ida yurgizib turish zarur.
Bemor ovqatlangandan so‘ng og‘zini chayishi va tishlarini tozalashi shart. Tibbiy hamshira bor kislotaning 2% li yoki natriy karbonatning yalpiz hidli tomchilar qo‘shilgan eritmasiga botirilgan paxta tampon bilan og‘ir bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini artishi zarur.
Bemorni tez-tez ovqatlantirish va suyuqliklar ichirish tavsiya etiladi. Ovqatlar turli xil, yuqori kaloriyali va yetarli miqdorda vitaminlarga boy bo‘lishi kerak.
Ruhiy qo‘zg‘algan bemorlar maxsus ajratilgan tibbiy ham- shiralar tomonidan kuzatib boriladi. Bunday hollarda tibbiy ham- shiralardan juda sergaklik va e’tiborchanlik talab qilinadi. Chunki bunday bemorlar kutilmaganda o‘rinlaridan turib ketishlari, qochishga harakat qilishlari yoki derazadan o‘zlarini tashlashlari mumkin.
Toshmali bemorlarni davolash uchun tetrasiklin guruhi prepa- ratlari qo‘llanadi. Ular 0,3—0,4 g dan kuniga 4 mahal tayinlanadi. Levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) ham ishlatish mumkin. Antibiotiklar tana harorati tushguncha va yana 2 kun davomida shu miqdorda tayinlanadi. Dezintoksikatsiya uchun 5% li glukoza yoki

  1. Yuqumli kasalliklar

natriy xloridning izotonik eritmasi venaga tomchilab yuboriladi. Kuchli qo‘zg‘alishda barbituratlar va xloralgidrat buyuriladi. Yiringli asoratlarda penitsillin va boshqa antibiotiklar qo‘llanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish