E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Download 1,2 Mb.
bet112/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Parran- dachilik xo‘jaliklarida kasal qushlarni aniqlash va ularni yo‘q qilish zarur. Qushlar saqlanadigan joylarni xlorli ohakning 10% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Kasal kaptarlar aniqlangan taqdirda ham analogik (shunga o‘xshash) tadbirlar o‘tkaziladi. O‘rdaklar bilan ishlaydigan parrandachilik xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Uy qushlari orasida ornitoz bilan kurashish o‘ta muhimdir. Kasal qushlar bilan aloqada bo‘lishga to‘g‘ri kelganda, albatta respiratorlar yoki doka niqoblar taqish shart. Tuxumlarni yetarlicha issiqlikda pishirgandan keyingina iste’mol qilish mumkin. Ornitozga qarshi samarali vaksina hozircha yo‘q.
Nazorat savollari

  1. Ornitoz nima?

  2. Xlamidiylarga qisqacha ta’rif bering.

  3. Ornitoz qanday yuqadi?

  4. A.P.Kazansev ta’rificha ornitoz klassifikatsiyasi haqida gapirib bering.

  5. Ornitozning atipik shakllari qanday kechadi?

  6. Ornitozda qanday antibiotiklar tayinlanadi?

  7. Ornitoz profilaktikasi haqida gapirib bering.

Nafas yo‘llari infeksiyalari bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. Paragripp ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Adenovirusli infeksiyada ich ketishi yoki qorinda og‘riq kuzatilishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Difteriya o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga mansubmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Chinchechak kasalligida toshmalar uchraydimi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Nafas yo‘llari infeksiyalariga misol bo‘la oladigan kasalliklarni belgilang:

A) difteriya, quturish; B) gripp, ornitoz; C) paragripp, botulizm; D) difteriya, chinchechak; E) B va D.

  1. Grippning qo‘zg‘atuvchisi nima?

A) zamburug‘lar; B) bakteriyalar; C) sodda organizmlar; D) rikketsiyalar; E) viruslar.

  1. Paragrippning yashirin davri o‘rtacha qancha davom etadi?

A) 20—25 kun; B) 3—4 kun; C) 1—2 oy; D) 3—4 hafta; E)
to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Adenovirusli infeksiyada uchrashi mumkin bo‘lgan belgilarni ko‘rsating:

A) et uvushadi; B) mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi; C) isitma chiqadi; D) ich ketadi; E) barcha javob to‘g‘ri.

  1. Halqum difteriyasi toksik shaklining II darajasida shish qaysi sohagacha tarqaladi?

A) bo‘yinning yarmigacha; B) o‘mrov suyagigacha; C) o‘m- rovdan pastgacha; D) faqat yuz sohasida uchraydi; E) shish kuzatilmaydi.

  1. Meningokokksemiya nima? Uning xarakterli belgilaridan birini ko‘rsating:

  1. miya to‘qimasining zararlanishi, meningizm; B) miya yumshoq pardasining yallig‘lanishi, falajlanishlar; C) miya to‘qi- masining zararlanishi, falajlanishlar; D) meningokokkli sepsis, gemorragik toshmalar; E) B va C.

  1. Meningeal meningitda lumbal punksiya qilganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

A) suyuqlik loyqa; B) suyuqlik tiniq; C) suyuqlik bosim bilan chiqadi; D) suyuqlikda hujayra elementlarining soni oshadi; E) A,

  1. D.

  1. Meningokokkli infeksiyada nima uchun penitsillin yuqori miqdorlarda tayinlanadi?

A) meningokokklar juda chidamliligi; B) organizmda ularning miqdori juda ko‘pligi; C) mikrob qonga tushganligi; D) asoratlari kuzatilmasligi; E) gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi uchun.

  1. Chinchechakning eng xarakterli belgilarini ko‘rsating:

A) mayda toshmalar; B) terining sarg‘ayishi; C) terining qizarishi; D) ikki to‘lqinli isitma; E) A va D.

  1. «Infeksion mononukleoz» nomiga qaysi o‘zgarishlarning aloqasi bor?

A) limfatik tugunlarning kattalashishi; B) tonzillit uchrashi; C) qonda limfositlar va monositlarning oshishi; D) jigar va taloq kattalashishi; E) bu o‘zgarishlarning kasallik nomiga aloqasi yo‘q.

  1. Infeksion mononukleozning spetsifik davosini ko‘rsating:

A) penitsillinlar; B) gamma-globulin; C) sulfanilamidlar; D)
xingamin; E) spetsifik davosi yo‘q.

  1. Ornitozda kasallik manbai nima?

  1. o‘rdak, sayroqi qushlar; B) bo‘ri, tulkilar; C) qo‘y, echkilar; D) quturgan itlar; E) bemor kishilar.

  1. Adenovirusli infeksiya

  1. o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoqning zararlanishi bilan xarakterlanadi;

  2. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, limfoid to‘qimalar va nafas yo‘llari, ko‘z, ichak shilliq pardalari zararlanishi va kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya belgilari bilan xarakterlanadi;

  3. o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya va yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi bilan kechadi;

  4. yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar­lanishi, difteritik parda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir;

E) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya pardalari zararlanishi va nazofaringit, yiringli meningit va menin- gokokksemiya bilan kechadi.

  1. Chinchechak

  1. virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenopatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi;

  2. kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘pka, nerv sistemasi va gepa- toliyenal sindrom bilan kechadi;

  3. viruslar chaqiradigan yuqori kontagiozli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, xarakterli (ikki to‘lqinli) isitma va o‘ziga xos toshma (papula, vezikula, pustula)lar bilan kechadi;

  4. vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma- shuvining buzilishi bilan kechadi;

  5. klostridiyalar va ularning toksinlari natijasida yuzaga keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining o‘choqli xarakterga ega bo‘lgan og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi.

  1. Difteriya bu

  1. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining og‘ir shikastlanishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi (diplopiya, ptoz, anizokoriya, disfagiyalar kuzatiladi);

  2. yurak-qon tomirlar va nerv sistemalarining toksik zarar­lanishi, mahalliy yallig‘lanish tufayli fibrinoz parda hosil bo‘lishi va umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir;

  3. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya pardalari zararlanishi va intoksikatsiya bilan kechadi. Xarakterli belgisi ensa mushaklari rigidligi, bunda orqa miya suyuqligi loyqa bo‘lib, punksiyada bosim bilan chiqadi;

  4. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘pka, nerv sistemasi va gepatoliyenal sindrom bilan kechadi. Qushlardan yuqadi;

  5. vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit almashinuvi buzilishi bilan kechadi.


  1. Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish