Chipqon, furunkul — soch xaltachasi va atrofidagi to'qimaning o'tkir yiringli-nekrotik yallig'lanishi. Chipqon terining yiringli kasalliklari ichida eng ko'p uchraydigani bo'lib, uni stafilokokklar qo'zg'atadi (oq va tillarang).
Klinikasi. Chipqonda rivojlanish bosqichi tafovut qilinadi: 1) infiltrat paydo bo'lishi; 2) yiringlanish va nekroz; 3) tuzalish.
Dastlab soch tolasi follikulasi sohasida teri damidan biroz ko'tarilib turadigan, dumaloq, konussimon tuguncha shaklida qattiq yallig'langan infiltrat paydo bo'lib, bezillab og'riydi, qizaradi; asta-sekin kattalashadi (birinchi bosqich).
Kasallikning 3—4 kuniga kelib, chipqonningkattaligi 1—3sm.ga yetadi (ikkinchi bosqich), uning o'rtasida yiringli-nekrotik o'zakli pustula paydo bo'ladi.Chipqon konussimon shaklni oladi, qizg'ish-ko'kimtir tusga kirib, yaltirab turadi. O'rtasidagi pustula sohasida nekroz rivojlanadi. Bu davrda bemorning harakati cheklanib, darmo-ni quriydi, harorati (37—38°C) ko'tariladi, intoksikatsiya alomatlari kuzatiladi, chipqon lo'qillab og'riydi, keyin o'z-o'zidan yoki biror ta'sir tufayli yoriladi. Undan sarg'ish, ba'zan qon aralash qu}aiq yiring chiqadi. Yiring chiqib bo'lgach, yara ichi chuqur bo'lib qoladi, uning tagida chipqon «o'zagi» ko'rinadi. Nekrotik o'zak ajralgach, infiltratli shish va og'riq keskin kamayadi. Yara «o'zagi» chiqqandan so'ng, uning o'rni chandiqlanib bitadi (uchinchi bosqich).
Chipqonga tashxis qo'yish qiyin emas, uni asosan kuydirgi, gidradenit va chuqur trixofitiya bilan taqqoslanadi.
55
Ho'ppoz, karbunkul, ko'k yara — terming chuqur qavatlari va ostidagi yog' qatlamining yiringli nekrotik yallig'lanishi. Katta yoshlilarda ko'proq uchraydi. Ho'ppozda yiringli — nekrotik jara-yon derma, hatto gipodermaga yetib boradi. Kasailik juda og'ir o'tadi, ba'zan og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ho'ppoz yoki karbunkul yunoncha carbo so'zidan olingan bo'lib, «ko'mir» ma'nosini beradi, chunki yiringli nekrotik jarayon oqibatida yallig'Ianish o'chog'i xuddi ko'mir rangini oladi. Kasaliik qo'zg'atuvchisi tillarang stafilokokk. Aksariyat ho'ppoz bo'yin, bel va dumg'azada ko'proq uchraydi.
Klinikasi. Awal terining chuqur qavatlari va teri osti yog' qatlamlaridagi kichik bir joy zichlashib, bezillab qoladi, infil-tratli tugunchalar avj oladi. Tugunchalar bcrgan sayin kattalashib, bu joy ?ez orada doira shaklsga kiradi, ustidagi teri tarang tortib, yaitirab turadi, o'rtasi awal ko'karadi («ko'k yara» deb ataiishi shundan), 8—12 kundan keyin madda boylab, oqaradi, atrofida mayda «ko'zlar» paydo bo'ladi (kasallikning birinchi bosqiehi), keyin shu joydan yoriladi. Yiringli jarayon atrofiga tarqalmaga-nidan yemirilgan (irigan) to'qimalar ko'chib tushadi va yashil, ba'zan qizg'ish yiring chiqa boshlaydi. Yiring chiqib bo'lgach, yara ichi chuqur bo'lib qoiadi, lining tagida yiringli massa, ya'ni «o'zagi» ko'rinadi. Yiringlanish va nekrozlanish ho'ppozning ikkinchi bosqichi bo'lib, 2—3 hafta davom etadi. Keyinchalik yara o'rni chandiq bo'lib bitadi, Odatda, ho'ppoz bitta chiqadi. Lekin казаШк og'ir kechganda uzoqqa cho'ziladi. Bemorning harorati ko'tarilib, eti uvishadi. Ayni vaqtda limfa tomirlari ham yallig'lanishi mumkin. Chipqonga yaqin turgan limfa tugunlari ham, beziar ham yallig'lanadi, teri bir oz shishadi. Yuzdagi ho'ppoz juda xavfli, chunki bunda jarayon yuzdan qon tomirlari orqali miyaga o'tishi va turli asoratlar qoldirishi mumkin. Ho'ppozga tashxis qo'yish uncha qiyin emas, asosan kuydirgi hamda chipqon bilan taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |