Samarqand me’morchiligining o’ziga xos jihatlari
1965 yili Samarqand yaqinidan afsonaviy podshoh Afrosiyob saroyi arxeologik topilmasi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu topilma yana bir bor O‘rta Osiyoda ilk feodalizm asridayoq yuksak madaniyat mavjud bo‘lganligini jahonga namoyish etdi. Bu saroy qoldiqlarining devorlariga ishlangan tematik surat va naqsh kompozitsiyalari yuksak mahorat bilan ishlanganligi bilan ajralib turadi.Afrosiyob devoriy surat kompozitsiya ishlanishi, detallarga e’tibor bershshshi jihatidan, Varaxsha suratlariga yaqin bo‘lsa ham, lekin badiiylik va mahorat jihatidan ulardan ustundir. Afrosiyob devoriy suratlarining ahamiyati yana shundaki, suratlar bilan birga, So‘g‘d harflarida yozilgan bir qator so‘zlar ham uchraydi. Markaziy Osiyodagi yirik Xorazmshoh davlati 1219 – 1221 yillari CHingizxon boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlari yurishidan parchalanib, gullab turgan bog‘u-rog‘lar, sergavjum bozorlar, qanchadan-qancha shaharlar kulga aylandi. Mo‘g‘ullarga qarshi kurashda Jadoliddin Manguberdi va xo‘jandlik Temur Malik katta jasorat ko‘rsatdilar. Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi birgalikda mo‘g‘ullarga katta talofat etkazdilar. Lekin mo‘g‘ullar ko‘p va kuchli edi. Buning ustiga mahalliy zadogonlar o‘z jonlarini saqlab qolish uchun mo‘g‘ullar bilan til topishga harakat qilib, mudofaachilarga ziyon etkazdilar.CHingizxon bosib olgan mamlakatlarini tiriklik paytidayoq o‘gillariga bo‘lib bergan edi. Amudaryoning sharqiy tomonlari va Mavorounnaxr uning ikkinchi o‘g‘li CHig‘atoyga tegdi, lekin xokimiyatni aslida mahalliy zodogon Maxmud YAlovoch boshqardi. Bu hududning poytaxti etib Kuxna Urganch belgilandi. Mavorounnaxr erlariga o‘rnashgan mo‘g‘ullar asta-sekin o‘troqlashib mahalliy xalq urf-odatini qabul qila boshladilar. Ular mahalliy aholi bilan yaqinlashgan sari turmush tarzi ham o‘zg‘arb bordi. Mo‘g‘ullar bosib olgan erlaridagi muhit ularning tillarida ham ifodasini topdi. CHunki, mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoga kirib kelishlari bilan bu erda turkiylashuv yanada oshdi. Turkiylar Tyanshan dalalaridan va Oltoy tog‘laridan bu erlarga mo‘g‘ullarning ittifoqchilari va yordamchilari bo‘lib kelgan edilar. Jayhun sohilida o‘zlarining hamqabilalari va qarindoshlarini - ilgari zamonlarda kelib o‘rnashib qolgan turklarni topdilar. Keyinchalik bu tilning kengayishida va yoyilishida Markaziy Osiyoga kelib o‘troqlashgan mo‘g‘ul zodogonlarining turkiy tilni saroy tili hamda jonli so‘alashuv tili sifatida ishlatilishi ham muhim bo‘ldi. Mo‘g‘ullar o‘zlarining madaniy-manaviy rivojida bosib olgan xalqlar, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlariga nisbatan orqada edilar. Ularning o‘ziga xos san’ati mavjud bo‘lsa ham, lekin uning bosib olgan erlariga tasiri deyarli yo‘q, tasviriy san’at va me’morchilikda esa tasir etishdan ko‘ra ta’sirlanishga moyillik kuchliroq edi. Mo‘g‘ul xonlari boshqargan dastlabki yillarda Markaziy Osiyo erlarida buddaviylik ibodatxonalari barpo etilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra Mervda(Turkmaniston) shunday ibodatxona qoldiqlari ochilgan bo‘lib Uzoq sharq va maxalliy san’at an’analari uyg‘unligida yaratilgan , bezak san’atida esa O‘rta Osiyo girix va koshinlar qo‘llanilgan. Mo‘g‘ullar o‘troqlashib mahalliy urf-odatlarni o‘zlashtirganlari sari o‘zlari ham san’at buyurtmachisiga aylanabordilar. 1321 yili mo‘g‘ul xoni Tarmashirin islom dinini rasmiy din sifatida qabul qildi. SHu davrdan boshlab shu din bilan bog‘liq qurilmalar ko‘paya boshladi. Mo‘g‘ul xonlari shu din bilan bog‘liq qurilishlarga pul ajrata boshladilar. Mamlakatda osoishtalik fan va madaniyatning jonlantira boshladi. SHu davrda pochta xizmati yo‘lga qo‘yildi, qog‘oz pullar chiqarildi, Naqshbandiylikka asos solindi. Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389) uning asoschisi edi. Mashhur sayoh Ibn Batuta mo‘g‘ul xoni Tarmashirin davrida Kuxna Urganchda bo‘lib u erdagi yog‘ochdan qurilgan saroyda ko‘p xonalar va ikkita qabulxona bo‘lganligini, boy zodagonlarning uylarining xonalari turli gilam va palaklar (so‘zanalar) bilan bezatilganligini, devor sathida juda ko‘p tokchalar , ularda turli idishlar qo‘yilganligi haqida yozgan. Bu davrda mo‘g‘ul xonlari masjid, madrasa, maqbaralar qurishga xomiylik qildilar, mablag ajaratganliklari davr yodgorliklarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan mo‘g‘ul xoni Munkening (1251-59) onasi mablag‘iga Xoniyo madrasasi qurilgan, Duvaxon (1282-І306) Andijon shahriga asos soladi, Kepakxon(1306-1326) esa qadimgi Nasaf shahri yonida hashamatli saroy qurdiradilar. Keyinchalik bu saroy atrofida Qarshi shahri vujudga kelgan. Bu davrda eski shaharlar tamirlanadi, yangi shaharlar qurildi. Xunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari jonlana boshladi. Istelo davridagi madaniy jonlanishda mahalliy zodagonlar ham ishtirok etaboshladilar. Jumladan Mahmud YAlovochning o‘g‘li Masudbek (1238-89) epchil, ishbilarmonligi bilan tanildi. Uning davrida katta qurilishlar amalga oshirildi. Qurilishda me’morlikning mo‘g‘ullar kelgunga qadar O‘rta Osiyoda shakllangan me’morchilik uslubi etakchi o‘rnni egallab mazmunan boyidi. Peshtoqli gumbazli binolar, sirli koshin va bezaklar bilan pardozlandi. Bu davrdan yana koshinsozlik, me’morchilik bezaklarini ishlash san’ati rivojlana boshladi. Ma’sudbek qurdirgan binolar ichida so‘zsiz, Masudbek madrasasi alohida o‘rinni oldi. Tarixchilarning yozishicha bu madrasa o‘z vaqtida 1000 dan ortiq talabalar o‘qigan. Bu davrda qurilish murakkablashib borganligini qo‘sh gumbazli, chodirgumbazli va markaziy peshtoq gumbazli binolarda ham ko‘rish mumkin. SHu yillarda madrasalar qurilishiga asos solindi. Dastlab Buxoroda, so‘ng musulmon dunyosining Eron, Iroq.,Suriya, Kichik Osiyo, Misr va boshqa o‘lkalariga yoyildi. Buning sabab, islom dini aynan shu zaminda, zardo‘shtiylik va buddizmning kuchli ta’siriga to‘qnash kelgani, diniy g‘oyalar o‘rtasida kuchli raqobat islomni targib qiluvchi malakali da’vatchilarni tayyorlovchi oliy maktablarga ehtiyojni ko‘chaytirib yuborgan edi. Mo‘g‘ul xonlari, ayniqsa, Qutlug‘ Temur davrida Xorazm poytaxti Urganch gullab yashnadi. Uning jo‘g‘rofiy o‘rnining qulayligi, SHarqni Evropa bilan bog‘lovchi buyuk Ipak yo‘li ustiga joylashganligi shu rivojda muhim bo‘ldi. Bu shahar sergavjum va go‘zal edi. Keng ko‘chalar, gavjum bozorlarda turli mamlakat odamini uchratish, xoxlagan molni harid qilish mumkin edi. Bu davrda fan va madaniyat ham jonlana boshladi. Mahalliy zodagonlarning rolini ortib bordi, mo‘g‘ul istelosi davrida yashab ijod etgan, unga ochiq yoki zimdan kurash olib borgan shaxslar Najmiddin Qubro(14 asrning 30 yillari, Turkmaniston), To‘rabek xonim(14 asrning 60 yillari, Turkmaniston, Kuxna Urganch), Jalodiddin Rumiy, Burxoniddin Rabg‘o‘ziy, Sayfi Saroyi uchun maqbaralar qurildi. 13-14 asrlarda me’morchiligida bir qator uslubiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Me’morchilik kompozitsiyasida hajm va fazoviy kenglik echim murakkablashdi. Murakkab me’moriy majmualar barpo etildi. Maqbaralarda ziyoratxona, darvishlar zikr tushadigan xona va xo‘jalik uchun kerak bo‘lgan qurilmalar ishlandi. Bu xususiyatlar shu davrda qurilgan Buyon Qulixon, Sayid Alovuddin, SHayh Muxtor Vali maqbaralari majmuasida ko‘rish mumkin. SHu bilan birga bu asrlarda me’moriy bezak san’atining o‘rni ortib bordi. Xandasiy va islimiy naqshlar kitobalar bilan uyg‘unlikda qurilgan majmualarning ko‘rinishini belgilab yangi estetik muxitni yarata boshladi. Binoning tashqi va qisman ichki pardozida rang etakchi o‘ringa chiqa boshladi. SHu davrda SHohi zinda me’moriy majmuasi shakllana boshlandi, bezakdor maqbaralar yaratildi. SHunday yodgorliklardan biri Sayfiddin Boharziy maqbarasidir. Baland peshtoqli, tuxumsimon qo‘shgumbazli bu maqbara shu tomonlari bilan avvalgi davr yodgorliklaridan ajralib turadi. XIV asrlarda Samarqand, Xiva shaharlarida, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston erlarida ham muhim yodgorliklar yaratilgan. SHulardan Buxorodagi Buyan kuli xon, Kuxna Urganchdagi To‘rabek xonim maqbaralari va ularning badiiy echimi,Tojikistondagi Duva xon maqbaralari mashhur. SHuni ta’kidlash kerakki, XIII asr oxri XIV asr boshlarida me’morlik san’ati birqator yangi uslub va texnologik jarayonlar bilan boyib mukammallashdi. Qubbali, qo‘shgumbazli va chodirsimon gumbazli binolar qurildi. Bu davrda turli dinga sajda qiluvchilar bo‘lganligi sababli u dinlar bilan bog‘liq qurilmalar mavjud bo‘lgan. Mashhur sayyoh Marko Poloning yozishicha Samarqand, Tabriz, Qashg‘arda xristianlarning cherkovlari bo‘lgan. Bu davrda me’morlik uchun sirli koshinlar ishlash, ularning yuzasiga islimiy va handasiy naqshlar chizish shu davrdan bizgacha etib kelgan sopol parchalari va koshinlar keng uchraydi CHingizxon barpo qilgan imperiya XSH asr oxirlariga kelib qator mustaqil, bir-biriga alohasi bo‘lmagan davlatlarga ajrala boshladi. Buning ustiga CHingizxon vorislari tomonidan taxt uchun bo‘lgan kurashlar ham bu davlat qudratini susaytira boshlagan edi. Ana shu davrda Markaziy Osiyoda yangi hukmdor Amir Temur maydonga chiqa boshladi. Temur o‘z mavqeini mustahkamlab borib, 1370 yili butun Mavorounnaxrni egalladi va Samarqand shahrini o‘z saltanatining poytaxti etib tayinladi. Asta-sekin bu davlat kengayib O‘rta SHarqda yirik davlatga aylandi. Bu davlat Temur davlati nomi bilan tarixga kirdi. Temur va uning sulolasi davrida O‘rta SHarqda fan, san’at va madaniyat rivoj topdi. SHu davrda ajoyib saroylar, masjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. Buyuk olimu-fozillar bu davlat shuhratini olamga tanitdilar. Buyuk Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Abdurahon Jomiy, Kamoliddin Behzod kabi olimlar, shoirlar va miniatyura ijodkorlari shu davrda yashab ijod qildilar. SHu davrda bu ulug‘ saltanatda yashagan ko‘p xalq, va elatlar san’ati, madaniyati urf odatlari chatishib rivojda bo‘ldi, SHu san’at hududida shakllangan yangi an’ana va jarayonlar esa tezda boshqa erlarda o‘z davomini topib yangi maktab va yo‘nalishlarga turtki berdi. PІu xususda ispan elchisi Klavixo Temur saroyida bo‘lganida oltin va kumushdan ishlangan buyumlarning ko‘pligi, Temurning oltin taxti va stoli, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan daraxt, undagi mevalar, mevada o‘ltirgan ajoyib qushchalar bo‘lganligini yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |