2.2. Ark me’moriy obidasining qurulish tarixi
Davrning ajoyib me’moriy qurilmasi bo‘lgan somoniylar maqbarasi haqli ravishda jahon me’morlik san’atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorlik dastlab o‘zining soddaligi va tuzilishining aniqligi, nisbatlarining mutanosibligi va me’morlik shakl bezagining bir-biri bilan nihoyatda nafis uyg‘unlashib ketganligi bilan ajralib turadi. Maqbara asosi kvadrat bo‘lib, uning hajmi katta emas (7,20x7,20 m.), to‘rt tomonida nayzasimon arkali eshik mavjud. Maqbara tashqi tomondan tepaga bir oz torayib boruvchi kub va uning ustiga o‘rnatilgan yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning tashqi devor yuzasi pishiq g‘ishtning turlicha taxlanishi hisobiga badiiylashtirilgan. g‘ishtning goh yon, goh burchak qilib qo‘yilishi yuzada yorug‘-soya o‘yinini oshirib, uning xushmanzarali bo‘lishini ta’minlagan. Bu yorug‘-soya o‘yini esa quyosh no‘rining o‘zgarishi bilan turlanib boradi va binoga har safar qaytarilmas joziba kiritadi. Bir oz mungli ko‘ringan bino abadiy uyqudagilar uchun sokin va mungli sukut saqlayotgandek tuyuladi.
X1-X11 asrda minora qurilishi ham keng odat tus oldi. O‘rta Osiedagi eng baland minora Buxorodagi Kolon maschiti minorasi bo‘lib uning badandligi 60 m,ga etadi. Bularda ham g‘ishtning badiiy imkoniyatlari ularning tashki bezagini belgilashda muhim rol uynagan. Aslida g‘isht minora yuzasi naqshini tashkil etuvchi birdan bir element bo‘lib qolgan. Ularning taxlanishi va turish xolati hisobiga yuza o‘ziga xos ko‘rinish va latofat kashf etgan. Jarqo‘rg‘on minorasi (1108-09 yillar) o‘ziga xos uslubda yaratilgan va harakteri jihatidan avvalgi U1-USH asr me’morchilik uslubini davom ettiradi( rasm). Bu minora usta Maxmud ugli Ali tomonidan qurilgan. Keyinchalik shu Jarko‘rgon minorasiga o‘xshash qurilma Delida (Kutb-Minor), Xurosondagi minorali maqbarada o‘z aksini topgan. Va bu minoralar rivojiga O‘rta Osiyo memorligi uslubini tasiri borligini etirof etish kerak.Kalon maschit va uning ajoyib minorasi (1127) O‘rta Osiyo megmorligida g‘ishtdan bezak berish, san’atining yuksak namunasi sifatida mashhurdir. 1196-1211 yillarda qurilgan Vobkentdagi minora nisbatlarining nozik topilganligi va nihoyatda yuqoriga intiluvchan ajoyib konussimon shaklining mustaxkam va mag‘rurligi bilan harakterlanadi. Quruvchi Sadr Burxonidin Abdulaziz 2 nomi minora bezak ichida yozib koldirgan. Bu davrda marhumlar ruhini abadiylashtirishga qaratilgan maqbaralar qurilishi ham o‘ziga xos shakllarni yaratdi.
XULOSA
Toshkent va boshqa shaharlar loihalarining qayta ko‘rib chiqildi. an’anaviy milliy me’morlik san’ati an’analari, jahon va Evropa me’morlik san’atining uyg‘unligi asarlar yaratila boshlandi. Avvalgi davrlarda qurilgan binolarning ta’mirlash va qayta qurish va modernizatsiyalash ishlari olib borildi. Bu xususiyat ma’muriy va madaniy binolar, ularning badiiy konstruktiv echimida o‘z ifodasini topdi. Turkiston saroyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Toshkent shahar hokimligi, SHeraton mexmonxonasi, Me’moriy majmualar al Buxoriy, al Farg‘oniy, Xotira va qadrlash, SHohidlar xotirasi va b me’moriy yodgorliklarda shu me’morlikdagi yangi jarayonlar o‘zini yaqqol ko‘rsatdi. Bu yillarda Park - bog‘ san’ati rivojlandi. O‘zbekiston milliy bog‘i, Akva park, Hayvonot bog‘ilari qaytadan ishlandi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashni o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiy jarayon deb hisoblaymiz. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda madaniy-ma’naviy merosni tiklash va yanada rivojlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu milliy ongning o‘sishida muhim ahamiyatga egadir. Madaniy merosning tiklanishi quyidagi muhim jihatlarda namoyon bo‘lmoqda:
- xalqimizning qadimiy madaniy-ma’naviy merosiga, qadriyatlari va ideallariga qayta nazar solish, yangicha anglash, tiklashning zarurligi va muhimligi e’tirof etildi;
- merosimizni tiklashga saralash nuqtai nazardan yondashildi, milliy madaniyatning umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni yangilash va insonparvarlashtirishga xizmat qiladigan eng muhim, ahamiyatli yutuqlari, jihatlari tiklanmoqda;
- keng xalqaro aloqalar rivojlanmoqda, umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashib borilmoqda;
- o‘z tafakkuri bilan mustaqillik ruhini belgilab beradigan ziyolilarning yangi avlodi shakllanmoqda;
- shaxs va ijtimoiy ongda yangicha dunyoqarash, gumanistik tafakkur shakllanib bormoqda.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda umuminsoniy demokratik qadriyatlarga mos ochiq fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad YAssaviy, Ahmad al-Farg‘oniy, Amir Temur, Burxoniddin Marg‘inoniy, Moturudiy kabi ko‘plab, nafaqat bizning milliy madaniyatimiz, balki butun jahon sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomi, xayrli ishlari o‘z o‘rnini topdi, ularning unutilgan asarlari nashr etildi, etilmoqda. Xalq qahramonlari, buyuk shaxslar nomlari oqlandi, ular xotirasini namoyon etuvchi yodgorlik majmualari, haykallar bunyod etildi. Milliy madaniyatimiz va san’atimizning tiklanishida yuqoridagi fikrlar muhim o‘ringa ega. Aynan madaniy-ma’naviy sohalardagi unutilgan qarashlarni, zo‘rovonlarcha paymol etilgan qadriyatlarni aniqlash, qayta tiklash va yangi ma’no-mazmun bilan boyitish kabi faoliyatga ko‘maklashadi. Bugungi kunda gumanistik idealarni, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni tiklash umumbashariy ahamiyatga ega. SHu ma’noda Prezident Islom Karimov: «Kirib kelayotgan XXI asrda dunyoni madaniyat va ma’naviyat qutqaradi» degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir (Asarlar t.7, 194-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |