Sifat yasalishi. Sifat qo`shimcha qo`shish va so`z qo`shish usuli yordamida yasaladi.
1)-li, -ser, -dor, -siz, no-, -chan, -ma, -iy, -viy, kabi q-chalar sifat yas q-chalardir
2) –li, -dor, ba-, ser-, -mand qchalari ifodalangan belgiga egalikni bildiradi: sersuv- ya’ni suvga egalik
3) no-, -siz, be- q-chalari asosda ifodalangan belgiga ega emaslikni bildiradi: beodob ya’ni obobi yo’q
4) har ikkala turdagi q-chalar bir-biriga zid ma’nolidir (-mand q-chasidan tashqari)
5) –gi(-ki) q-chasi payt bildiruvchi otlarga qo’shilib paytga xos belgini, -simon q-chasi o’xshashlik belgisini, -(u)iy q-chasi xoslikbelgisini bildiruvchi sifat yasaydi.
SON
Son necha, nechta, nechanchi, qancha, qanchadan, qanchalab kabi so`roqqa javob bo`ladi. Qancha so`roq olmoshi bir vaqtning o`zida ravishga ham xizmat qiladi: qancha – ko`p. Ba’zan otning so`rog`ini oladi: Ikki odamning biri (kim?) hali ham kutib turibdi. Necha so`rog`i esa faqat songa tegishli.
Son turkumining ma’no turini hosil qiluvchi barcha qo`shimcha – lug`aviy shakl yasovchi: (i)nchi, ta, tacha, lab, tadan, larcha, ov/ovlon, ala kabi.
Otlashish (Birinchi kishini chaqir – birinchisini chaqir) va otga ko`chish (yetti, qirq, yigirma, to`qqizto`qqiz kabi marosim oti) xususiyatiga ega. Bunda otga xos lug`aviy va sintaktik shaklni hamda uning sintaktik vazifasini qabul qiladi: o`ninchisini, o`ninchigacha. Otga xos shakl yasovchi qo`shimcha sonning hamma turiga ham birday qo`shila olmaydi: o`nlarcha(ni), uchala(ga) kabi.
Sonda shakldoshlik, ma’nodoshlik, ko`p ma’nolilik hodisasi mavjud.
Shakldoshlik: Ba’zi son boshqa turkum so`zi bilan omonim bo`ladi: uch (son) – uch (fe’l), qirq (son) – qirq (fe’l), yuz (son) – yuz (ot), yigirma (son) – yigirma (fe’l).
Urug` nomini bildiruvchi qirq, yuz, ming kabi otga ko`chgan so`z shu shakldagi songa omonim bo`ladi.
Ma`nodoshlik: Bu hodisa kam uchraydi: o`n ming – tuman, yuz ming – lak. Tuman, lak – eskirgan so`z.
Ba’zan bir soni o`rnida yakka, yolg`iz so`zi, birinchi so`zi o`rnida ilk, dastlabgi, avvalgi, to`ng`ich, bosh, asosiy, katta kabi so`z, ikki soni o`rnida qo`sh, juft so`zi, yarim o`rnida nol butun o`ndan besh, chorak o`rnida nol butun yuzdan yigirma besh ishlatilishi mumkin.
Antonimlik: Sonda bu hodisa yo`q. Ikki va besh soni bahoni bildirganda, nutqiy zid ma’nolilik kasb etadi, xolos.
Sondan ot, sifat, fe’l, ravish, olmosh yasalishi mumkin:
1) ot: birlik, to`rtlik; uchburchak, to`rtburchak, yettisuv, Oltiariq.
2) sifat: beshchi, to`rtsiz; ikkiyuzlamachi, qirqyamoq, beshotar.
3) fe’l: birik, birlash, ikkilan;
4) ravish: bittalab; ikkiyoqlama, bir kuni, birpas, bir zumda.
5) olmosh: bir kishi, bir nima, bir narsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |