8.Shaklko`rinish sifati: dumaloq, yassi, uzunchoq, cho`zinchoq, qiyshiq, to`garak, do`ng, tekis, do`mboq, do`ndiq, qabariq, botiq, jingalak, jikkak, lo`nda, lo`ppi, miqti, silliq, g`adirbudir, egri, adil (qomat), naysimon, sharsimon;
Sifatni lug`aviy ma’no turiga ajratish nisbiy. Ma’no ko`chishi natijasida ma’no turi ham o`zgaradi: achchiq gap (mazata’m emas, xilxususiyat), qizil so`z (rangtus emas, xilxususiyat).
Sifat darajalari: Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar (daraja qo’shimchalari) esa daraja shakli deyiladi. Sifatning quyidagi daraja shakllari bor:
I.Oddiy daraja – belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiradi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi shaklidir: qizil, shirin, nordon.
II.Orttirma daraja – belgining me’yordan ortiq ekanini bildiradi. Quyidagi yo`llar bilan hosil qilinadi:
1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, tim, jiqqa, liq, to`q, g`oyat, nihoyatda, juda, rosa, zap, bag`oyat, hammadan so`zlarini qo`shish bilan: juda qiziq, eng katta;
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo`g`inini ajratib (ba’zan tovush o`zgarishi mumkin) juftlash yo`li bilan: bus-butun, kap-katta, yam-yashil, sip-silliq, to`ppa-to`g`ri, tep-tekis; (Bunday sifatlarda urg’u 1-bo’g’inda bo’ladi )
3) urg`u berish bilan: qaaari, maayda, uzuun;
4) ayrim sifatlarni chiqish kelishigida juftlash bilan: kattadan katta, shirindan shirin, azizdan aziz.
5) sifatlar aynan bir shaklda takrorlanishi mumkin: baland- baland binolar
III.Qiyosiy daraja – belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydi. Maxsus shakli – roq: Nomus jondan ham qimmatliroq (F.Shiller).
IV.Ozaytirma daraja – belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi. Quyidagi yo`llar bilan hosil qilinadi: 1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal, biroz, xiyla, picha, uncha, u qadar, birmuncha, nim so`zlarini qo`shish bilan; 2) -(i)sh, -(i)mtir shakllarini qo`shish bilan: qoramtir, ko`kish, ko`kimtir.
Uslubiy belgilari. -(i)sh, -(i)mtir shakllari faqat rang-tus bildiruvchi sifatlarni darajalab ko`rsatadi. Hatto rang-tus sifatlarining ham barchasiga qo`shila olmaydi: qora, ko`k, yashil va boshqalar.
Imlosi. Sifat oldidan qo`shilib, daraja hosil qilishda ishtirok etadigan sal, biroz, xiyla, picha, uncha, u qadar, birmuncha, eng, tim, jiqqa, liq, to`q, g`oyat, nihoyatda, juda, rosa, zap, bag`oyat, hammadan so`zlari doimo keyingi so`zdan ajratib yoziladi: biroz kichik, juda uzun bundan mustasno. Fors-tojik tilidan o`zlashgan bu so`z keyingi so`zga qo`shilib yoziladi: nimpushti, nimyashil.
O`rin va paytga bog`liq belgini bildiruvchi sifat darajalanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |