Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet98/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

O`lchov so`zlar (hisob so`zlar, numerativlar)

Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o‘rtasida qo‘llanadigan o‘lchov birliklariga o‘lchov so‘zlari deyiladi. Masalan, o‘n kilo (gramm) un, uch tonna paxta, besh kilometr yo‘l kabi.

Yuqorida sanab o‘tilgan o‘lchov birliklarining ayrimlari o‘lcha­nayotgan, sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo‘ladi. Masalan, nafar shaxslarning, bosh hayvonlarning, litr suyuqliklarning, tup o‘simliklarning miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt (pomidor), o‘n bosh qo‘y, to‘rt nafar talaba kabi.

O‘lchov so‘zlar ichida ayrimlari faqat o‘lchov — hisob ma’nosini bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o‘lchov birligi ma’nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o‘lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka; xashak-o‘tinlarni o‘lchash uchun tutam, quchoq, bog‘; uzunlikni o‘lchash uchun qarich, qadam, yog‘och singari so‘zlar faqat matn ichidagina qo‘llaniladi. Masalan, besh shisha mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog‘; yuz bog‘ beda, bir quchoq o‘tin, bir tutam xashak, uch qarich gazmol, besh qadam yo‘l kabi.

Alohida olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi. Shisha, paqir, qarich, qadam kabi.
Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq qiladi. Solishtiring: Magazindan kitob oldim. (Miqdori bittami, undan ortiqmi, noma’lum.) Magazindan ko‘p kitob oldim. (Miqdori bittadan ortiq, lekin nechtaligi noma’lum.) Magazindan o‘nta kitob oldim. (Miqdorning nechtaligi aniq.)
Sonning tuzilishiga ko`ra turlari. 2 ga bo`linadi: sodda va qo`shma

Sodda son. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ko`p ishlatiladigan 23 ta sodda son mavjud: nol, bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard.

Qo`shma son birdan ortiq o`zakning birikuvidan hosil bo`ladi: o`n besh, uch yuz besh, to`rtdan uch, o`n olti yarim. Tarixan ayrim qo`shma son soddalashib borgan: sakkiz o`n → sakson, to`qqiz o`n → to`qson.

Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma son tarkibiy qismlarining qat’iy joylashish o‘rni bor: yuzgacha bo‘lgan sonlardan oldin katta son, undan so‘ng kichik son keladi. Masalan, o‘n bir, o‘ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o‘nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishi ham mumkin. Birlik va o‘nlik sonlar yuzlik, minglik sonlarning qayerida kelishiga ko‘ra ma’no juda kuchli farqlanadi:

Birlik va o‘nlik sonlar, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha bo‘lsa yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq ekanligi anglashiladi. Masalan, ikki yuz degani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o‘nlik sonlar yuzlik hamda undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning birlik o‘nlik sonlar bilan ortganligini bildiradi. Masalan, ikki yuz uch degani ikkita yuz-u va unga uchning qo‘shiluv deganidir.

Juft son. Bu son chama, taxmin ma’nosini bildiradi. Sanoq, dona va taqsim son juft qo`llanadi: bir­ikki joy, o`n­o`n beshta savol, uch­to`rttadan yostiq.

Takroriy son takroriy son jamlash, taqsimlash kabi ma’noni ifodalaydi. Sanoq, dona va taqsim son takroriy holda ham qo`llanadi: beshta­beshta, yuzta­yuzta, bir­bir (gapirib chiqdi), to`rtta­to`rttadan.
Birdan boshqa sonlarning barchasi predmet bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, uning bittadan ortiqligini, ko‘pligini ifodalaganligi uchun son bilan birga kelgan otlar ko‘plik shaklini olmaydi. Masalan, olma olmalar. Lekin ikkita olma, o‘nta olmani, ikkita olmalar, o‘nta olmalar deb bo‘lmaydi. Bu o‘zbek adabiy tili uchun me’yorning buzilishi bo‘ladi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish