XULOSA VA TAKLIFLAR
Tashqi iqtisodiy faoliyatda turizmni rivojlanishi, ko’rib o’tilgan tahlillardan xulosa qilib oladigan bo’lsak, birinchi navbatda davlatlar olib borayotgan siyosat, geografik qulaylik, tarixiy obidalar, xushmanzara joylarning ko’pligi, turistik mahsulotning sifati, raqobatbardoshligi, barqaror iqtisodiyot, sayyohlarning xavfsizligi kafolatganligi, marketingning to’g’ri tashkil qilinishi va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Turizmning jahon iqtisodiyotidagi muhim tarmoq ekanligini hisobga olgan holda, O’zbekistonda ham tarixiy, madaniy, rekratsion rivojlantirish yo’nalishlarini hududiy rivojlantirish, uni o’rganish sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish va milliy turizm modelini shakllantirish zaruriy ishlardan biridir. Milliy turizm modelini shakllantirishda jahondagi turizmi rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq deb o’ylayman.
Jahondagi turizmi rivojlangan davlatlarda tarixiy va madaniy sayyohlikni rivojlantirish, sayyohlik yo’nalishini rejalashtirishni, turmahsulot reklamasini o’rganish ularning tajribasidan foydalanish muammolari Respublikamizda eng kam o’rganilgan yo’nalishdir. Bu sohaning rivojlanish asoslari mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, kelajakdagi rivojlantirish imkoniyatlarni bilishni taqozo etadi.
Shularni hisobga olgan holda jahon turizm boshqaruvini o’rganish va O’zbekistonda sayyohlikni qo’llash juda muhimdir. Asosiy maqsad turmahsulotlar reklamasini uni sotuvini rivojlantirish orqali O’zbekistonning jahon turizmida o’z o’rniga ega bo’lishni ta’minlash, iqtisodiyotda turizmni o’z o’rniga ega bo’lishiga va xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga erishishdir. Sayyohlik aloqalari dunyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda alohida ro’l o’ynamoqda. Turizm xalqaro munosabatlarni normallshtirish, dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik, o’zaro tushunish, do’stlik va hammkorlikni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. O’zbekistonda ham xalqaro turizmning rivojlantirish strategiyasi davlat tomonidan qabul qilingan qarorlar tomonidan va ilmiy nazariyalarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
O’zbekistonda xalqaro turizmning rivojlanishi nafaqat turistik resurslar, balki ilg’or davlatlar texnologiyasini qo’llashni ham ta’kidlash lozim.Zamonaviy sayyohlikning shakllanishida malakali kadrlar har doim kerak hisoblanadi.Shunga ko’ra,oily o’quv yurtlarida ushbu sohada mutaxassislar yetkazib berishni ko’paytirish lozim.
Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo’yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Xususan, O’zbekistonda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisodiyotini liberallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni moderinizatsiyalash, barcha sohalarni, xususan, xizmat ko’rsatish sohasining yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lgan turizmni ham barqaror rivojlantirish yotibdi
Yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish va uning samaradorligiini oshirishda jahonning ushbu soha bo’yicha yetakchi davlatlar tajribasidan foydalanish va bunda mamlakatimizda mavjud turistik soha bo’yicha iqtisodiy potensialdan, milliy urf-odatlarimiz, noyob an’analarimiz , madaniyatimizdan keng miqyosda foydalanish talab etiladi.
Sayyohlik firmalar o’z faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini aniqlab olishda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishlari, bunda sayyohlik bozoridagi mavjud holat, talab va taklif o’rganishlari, sayyohlarning ko’proq qanday tur xizmatlarga ehtiyoj sezayotganliklarini aniqlab olish zarur.
Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishning xorijiy tajribalaridan foydalanishda o’sha mamlakatning qaysi jihatlari bilan yurtimizdagi sayyohlik potensialiga o’xshashligi, mavjud shart-sharoitlarni iloji boricha yaqin ekanligini hisobga olish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, Yevropa mamlakatlari bugungi kunda ushbu soha bo’yicha o’zining katta tajribasiga ega bo’lgan hudud hisoblanib, dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga kiradi.
Ammo, O’zbekiston hali bu sohada ancha yosh davlat hisoblanadi, shu sababli Yevropa mamlaktlariga qaraganda madaniyati jihatdan O’zbekistonga yaqin bo’lgan turizmi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu sababdan, Yevropadagi turizm rivojlangan mamlakatlarning ayrim jihatlarini va Turkiya turizm sohasini o’rganib chiqdim va mamlakatimizda ularni turizm bo’yicha tajribalarini qo’llashni lozim deb topdim.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni xulosa qilib,quyidagi takliflarni beramiz:
turistik investitsiyani aynan potensiali bor hududlarga kiritish;
qo’shni mamlakatlar bilan transport aloqalari va infratuzilmani yaxshilash, turli xil xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini izlash, asosan qo’shni mamlakatlari bilan;
turizmni turlarining diversifikatsiyasi: sport, ov, termal, qishki turizm, festival, ekologik turizm va boshqalar;
mamlakatdagi turli tantanalar bayramlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish;
turistik imkoniyatlar boshqaruvini rivojlantirish, masalan, turizmda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga imkoniyatlar yaratish;
turistik gid assosiatsiyasini tashkil qilish, bundan ko’zlangan maqsad turizm sohasidagi professional ishchilar sonini oshirish;
yurtimizning diqqatga sazovaor joylarida urf-odatlarimiz an’analarimiz, milliy qadryatlarimiz boy merosimiz aks etgan hujjatli va badiiy filmalar ishlash va uni boshqa mamlakatlarga eksport qilish.
turizm amaliyotidagi qo’shilgan qiymat solig’i va maxsus iste’mol soliq stavkalarini kamaytirish;
Buyuk ipak yo’li turizmini boshlash;
stress free” va “relaxed environment” dasturlarini O’zbekistonda qo’llash.
har bir turistik zonalarida “ Information centre” lar ni tashkil etish va u orqali turistlar uchun bepul broshyura, xarita, turistik resurslar suratlar va boshqa zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash. Shuningdek, bu ma’lumotlarni ingliz, rus, xitoy, yapon, fransuz, nemis va boshqa tillarda chop etish.
Turkiyadagi kabi, mehmonxona, turfirma, investitsiyalar va boshqa turizm sohasi uchun maxsus assotsiasiyalar tashkil qilish. Ushbu assotsiasiyalarning vazifasi ularning faoliyatini, ya’ni ularda narxlar, xizmatlar sifatini nazorat qiladi.
Yuqoridagi turizm rivojlangan jahon mamlakatlari jumladan Yevropa va Turkiya turizm rivojlantirish dastur va tajribalarini o’rgangan holda, mamlakatimizda mavjud turistik potensialni va sharoitni hisobga olgan holda, yurtimizda soha rivoji uchun quyidagi yo’nalishlarni taklif qilishimiz mumkin:
maqsadli mamlakatlar guruhlari uchun viza rejimini soddalashtirish
sayyohlik sohasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida sayyohlik sohasida me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish
mehmondo’stlik sohasida infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun xalqaro tarmoqlarni jalb qilish uchun xalqaro tarmoqlarni jalb qilish, yangi tarmoq mehmonxonalarni yaratish
xalqaro yo’nalishlarga to’g’ridan-to’g’ri aviaqatnovlar sonini ko’paytirish, loukosterlarni ishga tushirish, temir yo’llarni qurish
milliy transport infratuzilmasini yagona raqamli inratuzilmasini joriy qilish
nogironlar uchun zarur infratuzilmani yaratish
xalqaro tarmoqlarni global sayyohlik tizimga integratsiyalash
shahar va shaharlararo aloqa uchun elektron tizimni joriy qilish
turistik investitsiyani aynan potensiali bor hududlarga kiritish;
qo’shni mamlakatlar bilan transport aloqalari va infratuzilmani yaxshilash;
turli xil xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini izlash, asosan MDH mamlakatlari bilan;
yo’l infratuzilmasini yaxshilash, xususan avtomobil yo’llarini
kengaytirish;
elektr tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini takomillashtirish;
turizmni turlarining diversifikatsiyasi: sport, ov, ziyorat, qishki turizm, festival, ekologik turizm va boshqalar;
ish bilan band aholini ta’tillari va dam olishlarini to’g’ri yo’naltirish;
mamlakatdagi turli tantanalar bayramlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish;
turistik imkoniyatlar boshqaruvini rivojlantirish, masalan, turizmda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish;
xizmat sifatini oshirish uchun maxsus sertifikatsiya tizimini yaratish;
turistik gid assosiatsiyasini tashkil qilish, bundan ko’zlangan maqsad turizm sohasidagi professional ishchilar sonini oshirish;
turizmdagi asosan marketing va havo transporti sohalarini rag’batlantirish;
turizm sohasidagi ishchilar sonini oshirish va ularni xalqaro standart asosida tayyorlash;
turizm amaliyotidagi qo’shilgan qiymat solig’i va maxsus iste’mol soliq stavkalarini kamaytirish;
Buyuk ipak yo’li turizmini takomillashtirish;
vizual, yozma va ommaviy axborot vositalarida syyohlik tashkilotlarini reklama qilish, turizmni rivojlantirish maqsadida yarmarkalar, konvensiya, festivallar va sport musobaqalarni o’tkazish;
har bir turist uchun to’g’ri keladigan kirim miqdorini oshirish va buni hal qilish uchun turli xil rejalarni ishlab chiqish.
mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish hamda ”O’zbekiston” brendini yaratish
O’zbekiston Respublikasini MDH davlatlari va Yevropaga tanitish va uni targ’ib qilish;
kino va seriallar orqali biz tarixda qanday buyuk davlat bo’lganligimizni va hozir ham Respublikamizni qanday kuchli davlat ekanligini butun jahonga tanitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |