5-SINF INFORMATIKA FANIDAN
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
O’quvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart :
kompyuterga oid eng asosiy tushunchalarni bilish;
axborotlarni qayta ishlashga oid sodda amallar va usullarni bilish, aniq vaziyatda qo’llay olish;
zamonaviy kompyuterlarning asosiy qurilmalari va vazifalarini bilish;
kompyuter savodxoni va mustaqil foydalanuvchi talablariga javob berish;
keyingi ta’lim bosqichida uchraydigan o’quv yoki boshqa xildagi masalalarni yechish uchun ba’zi dasturiy vositalardan foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lish.
2. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI INFORMATIKA TA’LIMI MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI
Do'stlaringiz bilan baham: |