I-yorug‘lik kuchi, kd;
ω -moddiy burchak, sr;
YOritilganlik (E). 1 lm nur oqimi bir hilda tarqalib, 1 m2 yuzasiga tushsa, bu yoritilganlik bo‘ladi. Xonaning tabiiy yoritilishidagi asosiy ko‘rsatkichi yoritilganlik "E" bo‘lib, o‘lchash birligi lyuks (lk) qabul qilingan.
E=F/S,
bu erda:
E-yoritilganlik, lk;
F-yorug‘lik oqimi, lm;
S-maydon yuzasi, m2;
Ravshanlik (V) o‘lchov birligi kd/m2 deb qabul qilingan. U shunday bir tekislikni yoritgan yassi sirtning yorqinligi, bunda uning har bir kvadrat metridan unga perependikulyar yo‘nalishda 1 kd ga teng yorug‘lik kuchi olinadi.
V=I/S ,
bu erda :
V-ravshanlik, kd/m2;
I-yorug‘lik kuchi, kd ;
S-maydon yuzasi, m2;
YOrituvchanlik (R) birligi lm/m2 ga teng. YOrituvchanlik maydon yuzi m2, tushirilayotgan yorug‘lik oqimi lm nisbatiga teng.
R=F/S ,
bu erda :
R-yorituvchanlik, lm/m2;
F-yorug‘lik oqimi, lm;
S-maydon yuzasi, m2;
Qaytish koeffitsienti () yuzadan qaytayotgan yorug‘lik oqimining, yuzaga tushayotgan yorug‘lik oqimining nisbatiga teng. Ularni o‘lchov birliklarida yoki foizlarda ifodalaniladi.
=Fqayt /Ftush· 100% ,
bu erda:
-qaytish koeffitsienti, %;
Fqayt-yorug‘lik oqimining yuzadan qaytishi, lm;
Ftush-yorug‘lik oqimining yuzadan tarqalishi, lm;
Tabiiy yoritilganlik-xonaning tashqi to‘suvchi qurilmalaridan shaffof to‘siqlar orqali (to‘g‘ri yoki akslanish) tushgan quyosh yorug‘ligi bilan yoritilishi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TEK) e bu xona ichidagi berilgan yuzaning biror nuqtasida (to‘g‘ri yoki akslanish) quyosh yorug‘ligi hosil qilgan tabiiy yoritilganlikni osmon yorug‘ligining shu vaqtda tashqaridagi gorizontal tushayotgan yorug‘lik nisbatiga teng.
e=Eichk/Etash · 100%
bu erda :
e- tabiiy yoritilganlik koeffitsienti, %
Eichk-xona ichidagi yoritilganlik, lk;
Etash-bino tashqarisidagi yoritilganlik, lk;
Kuzatish ob’ekti bilan fonning farqliligi (K)- kontrast deb ularning yorqinliklari orasidagi farqiga aytiladi.
K=Vo-Vf/ Vf , ,
bu erda:
V0-ob’ekt ravshanlik, kd/m2
Vf-fon ravshanlik, kd/m2
Farqlikning optimal kattaligi 0,6-0,9 oliniladi.
O‘rganilayotgan yuzaning ob’ektga tegib turuvchi qismi bilan farq qilib fon deb ataladi. Nur qaytish koeffitsienti 0,4 dan ortiq bo‘lsa yorug‘ fon deyiladi, 0,2 dan 0,4 gacha bo‘lsa o‘rtacha fon va 0,2 dan kichik bo‘lsa qora fon deyiladi.
Bino ichidagi xonalarda bir tekis yorug‘lik hosil qilish uchun, shift va devorning qaytish koeffitsienti 0,8 atrofida, pol va jihozlarniki esa 0,3 ga teng bo‘lishi kerak.
Tabiiy yorug‘lik etishmaganda kombinatsiyalashtirilgan yoritish usulidan foydalanadi, ya’ni sun’iy yorug‘likdan foydalanadi. Tabiiy yoritish odamlar doimiy bo‘ladigan xonalar uchun mo‘ljallanadi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.
Sanoat korxonalarini tabiiy yorug‘lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali, juda katta sanoat korxonalarining yuqori tomonida maxsus qoldirilgan oynalari - framugalar va bu ikki holatni kombinatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sun’iy yorug‘lik o‘z navbatida quyidagilarga: ishchi, avariya yoritilishi, navbatchi va evakuatsiya yoritilishlariga bo‘linadi. Ishchi yoritilganlik ham o‘z navbatida umumiy (shiftda joylashtirilgan yoritigichlar), maxsus (ish joyini o‘zinigina yorituvchi yoritgich) va kombinatsiyalashganlarga (umumiy va maxsus) bo‘linadi. Faqat ishchi va avariya yoritilish sanitariya me’yorlari bilan me’yorlanadi.
YOritish qurilmalari. Hozirgi zamon yoritish qurilmalari ishlab chiqarish xonalarini yoritishga mo‘ljallangan bo‘lib, yoritish manbalariga cho‘g‘lanma lampalar, galogenli va gaz razryadli lampalar kiradi.
Volfram tolalari yuqori haroratgacha qiziganda cho‘g‘lanma lampalar yorug‘lik bera boshlaydi, galogenli lampalarda esa volfram tolalari bilan bir qatorda trubkaning ichida galogenli bug‘ (yod) bo‘lib, u haroratni oshirib tolalarni qizdirishga hizmat qiladi. Lampaning kuchi 20-22 lm/Vm ga teng. CHo‘g‘lanuvchi lampalar hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan nur tarqatish manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi, ularning sodda tuzilganligi, ekspluatatsiya vaqtida qulayligi, yonish davrining tezligi va ularni ishlatish uchun qo‘shimcha qurilmaning kerak emasligidir. Kamchiliklari lampadan tarqalayotgan nurlar tarkibida qizg‘ish va sarg‘ish nurlarning bo‘lishi, ularning quyosh nurlariga nisbatan spektrlarining tarkibi boshqacha bo‘lganligi sababli ranglarni buzib ko‘rsatadi va ba’zi bir ishlarni bunday nurlar ostida bajarib bo‘lmaydi. Sanoat korxonalarini yoritish maqsadida cho‘g‘lanuvchi lampalarning bir necha xillaridan: vakuumli lampalar (NV), gaz to‘ldirilgan bispiral lampalar (NB), krepto-ksenon to‘ldirilgan bispiral lampalardan (NBK) foydalaniladi.
Oxirgi vaqtlarda tarkibiga qisman yod qo‘shilgan - yodli cho‘g‘lanuvchi lampalardan foydalanilmoqda. Bu lampalarning xizmat muddati tarkibidagi yodning qaytaruvchanlik xususiyatiga asosan 3000 soatga uzaytirilgan va bu lampalarning nur berish qobiliyati ham 30 lm/Vt ga oshgan.
Gazlarning razryadlanishiga asoslangan lampalar - bu lampalarda elektr tokining inert gazlar, metall parlari yoki ularning aralashmalari muhitida razryadlanishidan hosil bo‘ladigan yorug‘likning optik diapazoni sifatida vujudga keladi. Gaz razryadli lampalar yuqori (lyuminessentli) va past bosimliga ajratiladi. Bu lampa kolbasining ichki qavati yaltiroq moddalar bilan-lyuminofora, ko‘rinuvchi yorug‘likni elektr razryadlar orqali yuboriladi. Bunday lampalarning yorug‘lik kuchi 500-700 lm/Vm ga teng. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan gaz razryadlanish lampalari cho‘g‘lanuvchi lampalarga nisbatan ba’zi bir ijobiy xususiyatlarga ega; lampalarning nurlanish darajasi ancha katta bo‘lib, 50 dan 100 lm/Vt gacha boradi (masalan, natriyli lampalarning nurlanishi 100 lm/Vt, lyuminissent lampalarniki esa 75-80 lm/Vt ni tashkil qiladi), tabiiy yorug‘lik spektriga yaqin nurlanish spektri. Bundan tashqari, ularning xizmat qilish muddati ham birmuncha ko‘p bo‘lib, ba’zi birlariniki 8000-4000 soatga boradi. Bu lampalarda to‘ldirilgan inert gazlar, metall parlari miqdorlarini o‘zgartirish hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish imkoniyati bor.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:
YOritishga qo‘yilgan umumiy talablar nimalardan iborat?
Tabiiy yoritish koeffitsienti deb nimaga aytiladi ?
YOritilganlik formulasini keltiring va undagi parametrlarga izox.
YOritilganlikni meyorlashni engillatish uchun ishlar aniqlik darajasi nechta razryadga bo‘linadi?
YOrug‘lik oqimining o‘lchov birligi qanday?
Ravshanlikning o‘lchov birligi qanday?
Pulsatsiya koeffitsienti nima?
Tabiy yoritilganlikning qanday turlarini bilasiz?
Sun’iy yoritilganlikning qanday turlarini bilasiz?
YOritgichlarning qanday turlarini bilasiz?
Qaysi asosiy parametrlar yoritgichlarning sifat ko‘rsatgichlarini ifodalaydi?
Ish unumdorligi ish joylaridagi yoritilish sharoitlariga qanday bog‘liq?
Tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlari qanday?
Ultrabinafsha va infraqizil nurlarni inson organizmiga tasiri.
MAVZU BO‘YICHA TEST SAVOLLARI
1. Ko‘zning qorong‘idan yorug‘likka adaptatsiyasiga qancha vaqt kerak bo‘ladi:
a) 2min
b) 0,5min
v) 5min
g) 1min
2. Lyumenlarda nimani o‘lchanadi:
a) yorug‘lik kuchi
b) ravshanlik
v) yorug‘lik oqimi
g) yoritilganlik.
3. Lyukslarda nimani o‘lchanadi:
a) yorug‘lik kuchi
b) ravshanlik
v) yorug‘lik oqimi
g) yoritilganlik.
4. YOritilganlik qanday o‘lchov birliklarda o‘lchanadi?
a) lm;
b) dB;
v) g/m2;
g) lk.
5.YOritish turlarini ko‘rsating?
a) tabiiy yoritish;
b) sun’iy yoritish;
v) uyg‘unlashgan;
g) a, b va v javoblar to‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |