MASHG‘ULOT № 5
MAVZU: FARMATSEVTIK KORXONALARDA CHANGLANGAN HAVONI TOZALASH VA UNDA ISHLATILADIGAN QURILMALAR
Mavzuda qo‘llanilgan tayanch iboralar; Hayot faoliyat xavfsizligi, surunkali zaxarlanish, namlik, chang, gazlar va bug‘larni, shamollatish, chang tozalash kamerasi, matoli filtrlar, siklonlar.
Mashg‘ulot maqsadi: sanoatda va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarida ajratiladigan juda ko‘p miqdordagi changlarni atrof muxitga chiqarib yuborilishi tabiatga xalokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrim sanoat tarmoqlarida xususan kimyo sanoatida ajraladigan shunday xavfli sanoat changlarini tozalamasdan atrof-muxitga chiqarib yuborish oqibatida fojiali xolatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Havoni changdan tozalash qurilmalari nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir. Talabalarga sanoatda hosil bo‘ladigan changlarni zararsizlantirish yoki ularni havo tarkibidan ajratib olish xaqida ma’lumot berish.
Seminar mashg‘ulotini yoritishda “Klaster” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi.
Mavzuning ahamiyati. Sanoat changi atrof muxitni ifloslantiruvchi antropogen manbalarga kiradi. CHang - bu qattiq moddalarning mayda zarrachalarini havodagi aralashmasidir. Ishlab chiqarishda chang qattiq moddalarni maydalashda, saralashda, sochiluvchan moddalarni aralash-tirishda, transportirovka qilishda hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi chang havo va asbob-uskunalarni iflos qilib statistik zararlarni hosil bo‘lishiga va elektr simlarni qisqa tutashuviga olib keladi. Shu bilan bir qatorda insonni ko‘ziga, quloq va terisiga, nafas olish yo‘llariga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘pincha mineral changlar nafas olish yo‘li bilan ichki organlarga tushib pnevmokonioz kasalini keltirib chiqarishi mumkin. CHang zarralarining adsorbsion xususiyatlari ba’zida ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan zaharli gazsimon moddalarning chang bilan kirishiga sabab bo‘ladi. Havo muhitining changli bo‘lishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan ko‘p urug‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta’sirisiz xosil bo‘ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va xayvonot dunyosida paydo bo‘ladigan changlar va boshqa xollarda xosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muxitidagi miqdori tabiiy sharoitga xavoning xolatiga yilning fasllariga va aniqlanayotgan zonaning kaysi mintaqaga joylashganligiga bog‘liq.
Sun’iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida xosil bo‘ladigan changlar kiradi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra changlar organik (o‘simlik, yog‘och, torf, ko‘mir, plastmassa) va noorganik changlarga (kvars, asbest, oxak va turli mineral moddalar changlari) bo‘linadi. CHanglarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-kichikligi (dispersligi), zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf), elektr zaryadlanish xossalari organizmga ta’sir qilishida ahamiyatga molikdir.
CHangning zararli tasirining xarakteri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. CHangning asosiy salbiy ta’siri eng avvalo nafas olganda yuzaga keladi, ya’ni o‘pkada biriktiruvchi to‘qimalarda fibrozli o‘zgarishlar vujudga keltiradi. Zaxarli changlar (uran, berilliy, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin, sink, simob, margimush va b) yuqori nafas yo‘llarini shikastlashi bilan birga, organizm umumiy zaxarlanishga olib keladi. Oltingugurt o‘pkalarda kumulyasiya xossasiga ega bo‘lib, natijada saraton kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Anilin bo‘yoqlari changlari quyosh nurlari ta’sirida dermatitlar keltirib chiqarishi mumkin. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollar bo‘lishi va xavodagi gazlar ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini yanada kuchaytiradi.
Kremniy (II) oksid (ayniqsa uning kristall turi, ya’ni kvars changi), silikatlar (kremniy kislotasining turlari), ko‘mir, ba’zi bir metallar (alyuminiy va boshqalar)ning changlari hamda xar xil changlar aralashmasi kimyoviy tarkibiga ko‘ra xavfli bo‘ladi. CHangning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan kasalliklarni keltirib chikaradi. Bundan xalloslash, yo‘tal ko‘krakda og‘riq xosil bo‘lishidan xosil bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi chang faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmay, balki nafas yo‘lari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.
CHanglar kattaligi, ya’ni dispersligiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi:
1. Kattaligi 10 mkm.dan katta bo‘lgan yirik changlar odatda bunday changlar o‘z gravitatsion og‘irligi tasirida erga qo‘nadi.
2. Kattaligi 10 mkm.dan 0,25 mkm.gacha bo‘lgan changlar. Bu changlar mayda yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Bunday changlar juda sekinlik bilan qo‘nadi.
3. Kattaligi 0,25 mkm.dan kichik bo‘lgan changlar bunday changlar ultramikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar Broun xarakati qoidalariga bo‘ysungan xolda uchib yuradi, uzok muddatda bir-biriga qo‘shilishi natijasida massasi og‘irlashib qo‘nishi mumkin.
CHangli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas yo‘larida ushlanib qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik bo‘lgan chang zarralari nafas yo‘larining chuqur bo‘limlariga tushadi. Organizmda ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og‘ir ish qilganda, shuningdek, havodagi chang miqdori ortib ketganda ko‘payadi.
Ishlab chiqarishdagi changning ishchilar salomatligiga zararli tasiri ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi navbatda chang zarralarining fizik-kimyoviy xossalari, kattaligi va shakli xavodagi chang miqdori, smena davomida tasir etish muddati va kasb staji, muxit va mexnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda tasir etishi kiradi.
Masalan, tashqi xarorat ko‘tarilganda yoki kishi jismoniy mexnat bilan shug‘ullangan tez-tez nafas olish natijasida organizmga chang kirish darajasi ortadi. CHangning gigienik tasiridan tashqari boshqa salbiy tomonlari xam bor. U texnologik jixozlarning emirilishiga olib keladi. Qimmatbaxo materiallarni ishdan chiqarib iqtisodiy zarar etkazadi.
Ishlab chiqarish muxitini umumsanitariya xolatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza, yorituvchi asboblarni ifloslanishi oqibatida tabiiy va sun’iy yorug‘likni kamaytiradi. CHangning ba’zi turlari ko‘mir, yog‘och changlari yong‘in va portlashning kelib chiqishiga sharoit yaratadi.
Xavoli muxitni nazorat qilish usullari.
Xavoli muxitni nazorat qilish uchun laborator, indikatsion va ekspress usullar ishlatiladi. Laborator usullar aniqligi yuqori, ular xavoda toksik moddalar mikromiqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu maqsadlarda turli kimyoviy (xajmiy va og‘irlik) va fizik-kimyoviy (fotokolorimetriya, spektroskopiya, kulonometriya, xromatografiya) usullardan foydalaniladi. Ekspress usullar ishchi zonada zararli moddalarni sifat va miqdoriy aniqlashda ishlatiladi, bunda UG markali gazanalizatorlar, kimyoviy gazaniqlagich GX lardan foydalaniladi.
Indikatsion usullar soddaligi bilan farqlanadi, ular orqali ifloslantiruvchilarni miqdoriy tarkibi tezda aniqlanadi. Bu usuldan ishchi zonada xattoki oz miqdor toksik moddalar bo‘lmasligi talab etilgan va ular bo‘lganda esa tegishli xavfsizlik choralari (avariyaviy ventilyasiyani ishga tushishi, tashkiliy va shaxsiy ximoya vositalari) talab qilingan xolatlarda ishlatiladi.
SHuni aytish lozimki, changlarning salbiy ta’siri uning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasidan oshgan taqdirda vujudga keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibidagi zaharli changlarni konsentratsiyasini aniqlash va uni norma bilan solishtirib chang miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘ri tanlaganligi tekshiriladi.
Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi chang konsentratsiyasini tortish (gravitatsion) va sanash usullari bilan aniqlanishi mumkin. Tortish usulda oldindan tortib olingan toza filtr orqali ma’lum miqdordagi chang aralash havo o‘tkazilib va qaytadan chang bilan birgalikda filtr tarozida tortiladi. CHanglangan va toza filtr og‘irliklari ayirmasi ma’lum miqdordagi havo tarkibidagi chang miqdoriga teng.
Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash uchun sinama odamlar nafas olish balandligi (ya’ni, 1,5 metr) darajasida olinadi. Sex bo‘ylab changning tarqalishini baholash uchun neytral nuqtalar deb ataladigan, ya’ni chang hosil bo‘adigan erdan ma’lum masofada (1-3-5 m va undan ortiq), shuningdek, o‘tish yo‘laridagi havo muhitidan sinama olinadi.
Ba’zida ishlatilayotgan tozalovchi qurilmaning yoki ular qayta jihozlangandan keyin samaradorligini aniqlash uchun havo sinamasi qurilma o‘rnatishdan oldin va o‘rnatilgandan keyin, ularning ishlamayotgan va ishlayotgan holatlarida olinadi. Havo sinamasini olish davridagi sharoitlar: ish joyidagi harorat, bajarilayotgan ish turi, havoning changligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar (deraza va eshiklarning ochiq yoki yopiqligi, shamollatishning ishlayotgan yoki ishlamayotganligi va boshqalar): havo sinamasi olish vaqti va muddati, havoning so‘rilish tezligi albatta yozib boriladi.
Havodagi chang miqdorini aniqlashda havoning hajm birligida (1m3) changning og‘irligi milligramlarda belgilanadi va uning dispersligiga har xil kattalikdagi chang zarrachalarining foiz nisbatiga ta’rif beriladi.
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og‘irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so‘rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og‘irligini, shuningdek, so‘rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo‘gan chang miqdorini aniqlash mumkin.
Filtrlarni tayyorlashda ko‘pincha perxlorvinil mato ishlatiladi (AFA filtrlari, FPP matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar havoni katta tezlik bilan o‘tkazishga imkon beradi (100 1/min gacha). Bundan tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va emiruvchi muhitga chidamli bo‘lib, har qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi.
Bundan tashqari xavo tarkibida chang miqdorini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
-aspiratsion-xavoni g‘ovak materiallar yoki suyuqliklar (suv, moy) orqali so‘rilishi.
-sedimentatsion-changni tabiiy shisha plastinkalariga qo‘nishi va sirt yuzasida changni xisoblash
-changni elektrcho‘ktirish-yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan maydon xosil qilib, bunda chang zarrachalari elektrlanib elektrodlarga tortiladi.
-fotometrik usul-kuchli yorug‘lik nuri orqali chang zarrachalarini aniqlaydi
-radioizotop usuli- changlanishdan oldin va keyin filtr orqali o‘tkazilgan β-zarrachalari oqimini ssusayishi darajasi xisobiga filtrda ushlanib qolgan chang og‘irligini o‘lchashga asoslangan.
Ish xonalarining xavosini changdan tozalash changni maxsus qurilmalarda tutib qolish va to‘plash bilan chambarchas bog‘liq. CHang tozalash qurilmalari o‘zining tuzilishi va ishlash usuli bilan xilma-xildir. CHang havo tarkibidan o‘z og‘irligi asosida, markazdan qochma kuchlardan foydalangan holda, inersiya kuchiga asosan, materiallar orqali filtrlash yo‘li bilan va elektr toki, ultratovush apparatlari yordamida, ajratib olinishi mumkin. CHang tozalash qurilmalaridan yuqorida sanab o‘tilgan kuchlar ayrim holda yoki bir necha usulni o‘ziga jamlagan holda ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari quruq va namlanuvchi chang tozalash qurilmalari mavjud. quruq chang tozalash qurilmalari asosan changga aylangan moddaning qimmatbaho bo‘lgan hollarda (masalan, un, metall va tolasimon changlar) va shuningdek, organik moddalardan tashkil topgan changlarni (masalan, yog‘och, paxta tozalash sanoati changlari) tozalash maqsadida qo‘llaniladi. CHunki organik changlarning suv bilan birikmasi achib qo‘lansa hid chiqarishi va uni boshqa maqsadlarda ishlatilishida qiyinchiliklarga olib keladi.
Namlangan chang tozalash qurilmalaridan mineral moddalardan tashkil topgan keraksiz changlarni (masalan, kul, tosh va qum changlari) tozalashda qo‘llaniladi. Mexanik chang ajratuvchilarga chang tozalash kameralari va siklonlarni misol keltirish mumkin, o‘z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.
Filtrlar bularda changlangan xavo g‘ovakli, elektrofiltrlar va moyli filtr qurilmalari orqali o‘tkaziladi. Filtrlar samaradorligi yuqori bo‘lib, o‘lchami 10 mkmdan kam bo‘lgan zarrachalarni ushlab qolish imkonini beradi. Matoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato orqali sizib o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi, havo esa tozalanib, chiqarib yuboriladi. Matoli filtrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik to‘qilganligiga uning tolalari tarkibiga bog‘liq.
Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash qurilmalari ichida eng sodda tuzilgani va shuning uchun keng ommalashgani siklondir. Siklonlardan deyarli hamma sanoat korxonalarida foydalaniladi. Siklonlarda changlangan havodan changni ajratib olish markazdan qochma kuchga asoslangan. Siklonlar 10 mkm dan yuqori zarrachalarni ushlab qolib, ko‘p xollarda birlamchi tozalash bosqichda ishlatiladi, samaradorligi 85-95%.
Sanoat korxonalarini loyixalash sanitariya me’yorlari SN 245-71 da ishlab chiqarish xonalari xavosida changning yo‘l qo‘yilgan chegaraviy miqdori - ruxsat etilgan chegaraviy me’yor RECHM belgilangan, xar bir changning RECHM iga qat’iy rioya etish lozim. Bu chang turlariga qarab 1-10 mg/m3 gacha oraliqda belgilanadi. Masalan: xavodagi chang tarkibida:
- erkin kremniy IV oksid 70% dan ortiq bo‘lganda xonada chang miqdori 1mg/m3;
-kremniy IV oksid miqdori 10 - 70% oralig‘ida bo‘lganda, chang miqdori 2mg/m3; 10% dan kam bo‘lganda esa 3-4 mg/m3;
-shisha va mineral tola changi uchun RECHM 4 mg/m3;
CHanglarning inson organizmiga tushgandan so‘ng erishi mumkin bo‘lgan va erimaydigan turlari mavjud. Eriydiganlari inson tanasidagi qonga so‘rilgan xolda ta’sir ko‘rsatishi mumkin, erimaydiganlari esa o‘pka faoliyatini buzadi. Shuning uchun xam changdan ximoyalanish chora tadbirlarini belgilash muxim xisoblanadi.
Turli xil changli ishlab chiqarish sharoitlarida ularni me’yorlashtirish qiyin bo‘lgan xollarda ishchilar respiratorlar, dokali maskalar yordamida ximoyalanadilar.
Ishlab chiqarishda chang xosil bo‘lishiga va uning inson organizmiga zararli ta’sir qilishiga qarshi kurash tadbirlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
-chang xosil bo‘lishini butunlay yo‘qotadigan texnologik jarayonlarni takomillashtirish;
-apparatlar, reaktorlar, jixozlar, elevatorlar, trasportyorlar, shneklar, bunkerlar, idishlar va xokazolarni germetiklash;
-qo‘l mexnatlarini mexanizatsiyalashtirish;
-ishlab chiqarishda gidrochangsizlantirish, pnevmotransportdan keng foydalanish;
-changni olib ketadigan shamollatish qurilmalarini o‘rnatish, chang chiqadigan qurilmalarni, uchastkalarni izolyasiyalash;
-xavoli muxit xolati bo‘yicha domiy nazorat olib borish;
-xonani nam usulda tozalash;
-ishlovchilarni changsizlantirish xonalarining to‘liq kompleksi bilan ta’minlash;
-ishlovchilarni SHXV changdan saqlaydigan jomakor, respiratorlar, shlemlar, ko‘zoynaklar, ximoya mazlari bilan ta’minlash, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zararli muxit bilan kontakt davomiyligini kamaytirish.
Korxona va tashkilotlarda changga qarshi kurash choralaridan xonani shamollatish qurilmalari, qo‘shimcha mo‘rili shkaflar o‘rnatilishi zarur. CHanglarni kamaytirish uchun yomg‘irlatib suv berish usulidan foydalanish xam mumkin.
YOnuvchi moddalar changlari me’yoridan ortiq bo‘lgan xollarda ular yonishi mumkin. Bunday xolatdagi xona xavosini almashtirishda o‘zidan uchqun yoki alanga chiqaruvchi moddalardan foydalanish mumkin emas. Bunday changlardan tozalashda zarrachalarni suv bilan yuvish yo‘li bilan tozalash uskunalarida (skrubberlar, ventil, forsunkali, markazdan qochma) foydalaniladi. Xattoki xavo almashtirgichlar, xonani sun’iy ravishda yoritgichlar berk kamera xolida, ya’ni xona xavosidan izolyasiyalangan xolda ishlatiladi. Bunda xattoki ularni yoqib-o‘chirgichlar iloji bo‘lsa, xonadan tashqariga o‘rnatiladi.
Talabalarni bilimini tekshirish uchun savollar:
1.CHanglar haqida umumiy tushuncha.
2.CHanglarning o‘lchamlari, inson organizmiga zararli ta’siri.
3. CHanglarning kelib chiqish sabablari.
4. Ishlab chikarish xavosi tarkibida changning normalari.
5.CHanglangan xavoni tozalashda ishlatiladigan asboblar.
6. Filtrlar. Ishlash prinsipi.
7. CHangli xavo qanday tozalanadi? Moyli, g‘ovakli, elektrofiltrlar-ning ishlash prinsiplari.
8. CHang konsentratsiyasini aniqlashning usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |