Bu shaharlarda quyidagicha miqdorda zaharli moddalar saqlanadi:
CHirchiqda-1050 tonna ammiak saqlanadi;
Olmaliqda-2500 tonna ammiak va yana shuncha sulfat kislota bor.
Angren-14 tonna xlor.
Farg‘ona-700 tonna ammiak.
Samarqand-1000 tonna ammiak
Navoiy-137 tonna xlor, 2000 tonna nitril akril kislotasi, 96 tonna fosgen va bulardan tashqari ammiak va sinil kislotalar bor.
Bu kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning saqlanishi ularni saqlashda ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlarini ko‘rib qo‘yilganligi uchun uncha katta xavf manbasi bo‘lmasada, lekin biron bir avariya sodir bo‘lsa yoki tabiiy ofatlar: masalan, er qimirlashi yoki toshqinlar bo‘lishi natijasida bu zaharli moddalar saqlanayotgan idishlar va boshqa saqlash anjomlariga zarar etkazilishi natijasida bu idishlar o‘z zich yopilganligini yo‘qotib qo‘ysa, unda zaharli moddalar oqib ketishi ro‘y beradi va bu zaharli moddalar suv havzalariga borib quyiladi va ularning hududimizdagi daryolar suviga qo‘shilib ketishi juda katta maydonlarni zaharli moddalar bilan zaharlashga sababchi bo‘ladi.
Odam organizmining tashqi muxit xolatini baxolash tizimlari
Insonning mexnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga mehnat faoliyati davridagi ob-havo omillari har biri ayrim xolda yoki bir nechtasi birgalikda juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chikarish xonalarining mikroiqlimi xona xavosining xarorati, nisbiy namligi, xavo bosimi, xavoning xarakatlanish tezligi xamda issiq ish jixozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali xarakterlanadi.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog‘lig‘iga xam, ish qobiliyatiga xam salbiy ta’sir etadi.
Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari xavosi xaroratining yuqori bo‘lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning xarorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori xamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya tezligi susayadi.
Atrof-muxit xaroratining pasayishi xam inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki atrof-muxit xarorati sovushi tana xaroratini tushishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish yullarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Hayot faoliyati davrida inson organizmida tashqi muxit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo‘lib, u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi.
Tashqi muxitdagi xar qanday o‘zgarishlar xaqidagi axborot bosh miyaga etkazib beriladi va u erda taxlil qilinib, qanday javob reaksiyasi bo‘lishi ta’minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson xayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan xolatlardan chetlab o‘tiladi, ya’ni uning zarbalar va xalokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Odamning tashqi muxit bilan bog‘lovchi sezgi organlarining tashqi muxit ta’siriga nisbatan xolatlarini bir necha turkumga bo‘linadi:
mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy tanaga suyak va pay to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatilganda, teri va xarakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar xisoblanadi;
issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muxit issiqligini birdek ko‘rsatadigan sezgilar
kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta’siriga asoslangan sezgilar bo‘lib, o‘zida xid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan bo‘ladi;
foto sezgilar, bular yorug‘lik ta’sirida jumbushga keladigan sezgilar xisoblanadi;
og‘riq sezgilari, ular ma’lum turkumlarga bo‘linib, ba’zi birlari mexanik og‘riqlar sifatida, kimyoviy og‘riqlar va issiqlik ta’sirida vujudga keladigan sezgilar xisoblanadi.
Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko‘rish, eshitish, xid bilish, tam bilish, og‘riq sezgilari va inson tanasining fazodagi xolatiga taalluqli bo‘lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi. Ko‘rib o‘tilgan sezgilarning xammasi inson organizmini xayot faoliyatini meyorida kechirishini ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |