Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iktisod barcha tarmoklarida keng kullanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir kursatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik - global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chikindisiz texnologiyalarga utish fakat milliy iktisodni axborotlashtirish xisobiga kayta kurish asosidagina yulga kuyish mumkin.
Iktisodiy xavfsizlik. Milliy iktisodda axborotlarni yaratish, tarkatish, kayta ishlash va foydalanish jarayoni xamda vositalarini kamrab olgan YAngi tarmok vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi YAngi iktisodiy kategoriya bulib xizmat kilmokda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir kursatmokda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jaxon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iktisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bulmokda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa soxasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bulib, mamlakatning mudofaa potensialining axborot tarkibi va axborot resurslari xisoblanmokda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy kurollar va xarbiy texnikalar juda xam kompyuterlashtirilib yuborildi. Shuning uchun xam ularga axborot kurollarini kullash extimoli katta.
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini qimoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
“O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risida”gi qarori. FVDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
“Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarniig tasnifi to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteriga va o‘lchamlariga ko‘ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar xarakteriga ko‘ra tabiiy, texnogen va ekologik hamda o‘lchamiga ko‘ra lokal, mahalliy, respublika va transchegara favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar tayyorgarligi masalasi muhim o‘rin tutadi.
Aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 20 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda, shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolarimiz muhofazalanishning qoidalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini, jamoa va yakka tartibdagi muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalariny bilishlari zarur.
“Fuqaro muhofazasining himoya inshootlarini saqlash Yo‘riqnomasi” ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgust kuni qabul qilgan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasida “Korxona, birlashma, ishlab chiqarish ob’ektlari aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish maqsadida muhandislik himoya inshootlarini oldindan qurilishini ta’minlashlari va doimiy shay holatga keltirishni lozim” deb ko‘rsatilgan. Qonunda yozilgan mazkur talablarni lozim darajada bajarilishini ta’minlash hamda himoya inshootlarini zamonaviy jihozlash, ularning yanada himoyaviy mustahkamlik qudratini oshirish va maxsus jihozlar bilan ta’minlashning me’yorlari ushbu yo‘riqnomada mukammal yoritib berilgan.
“Ishlab chiqarish va iqtisodiyotning suv xo‘jaligi ob’ektlarida xavfsizlik deklaratsiyaning asosiy talablariga Yo‘riqnoma”si ishlab chiqildi.
Yo‘riqnomada xavfsizlik deklaratsiyasining asosiy vazifalaridan:
-aholi va hududlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vazyaitlardan himoya qilish;
-ob’ektlarning barqarorligini ta’minlashda xavfsizlik chora-tadbirlariga qattiq rioya qilishni nazorat qilish;
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus zahira bazalarini to‘g‘ri yaratilishiga baho berish;
-favqulodda vaziyat sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ob’ekt va hududlarda ishlovchilar va aholini ishonchli aloqa vositalari bilan ta’minlash va xabarlash tizimini takomillashtirish;
- ob’ektni favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan xavfsizligini yanada oshirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish va tadbiq qilish va boshqa tadbirlar majmuiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |