Dori vositalarining sanoat texnologiyasi



Download 2,21 Mb.
bet129/131
Sana09.11.2022
Hajmi2,21 Mb.
#862814
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
HFX o\'quv-uslubiy majmua 16.06.2016 ox

Radiatsiyaviy avariya- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning hatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi.
Kollektiv himoya vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va ob’ektlari kiradi. Ushbu inshootlar odamlarni yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga mo‘ljallangan.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik mohiyati. Bu ijtimoiy ongning bir shakli bo‘lib, odamlar yurish-turishda, muomalada amal qiladigan tamoyillar, me’yorlarning majmuidir. Bu me’yorlar odamlarning bir-biriga va insoniy birlikning turli shakllari (oila, mehnat jamoasi, millat)ga muayyan ifodasidir.
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, aholini va hududlarni muhofaza qilishga, mamlakat iqtisodiyotiga etadigan zararni kamaytirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarning majmuidir.
YOng‘in, bu-kuchli issiqlik natijasida moddiy va madaniy boyliklarni bir necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir.
Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak.
Avariya shamollatish sistemasi, avariya natijasida yoki texnologiyani buzilishi natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga ko‘p miqdorda kimyoviy zararli va portlash xavfli bo‘lgan moddalar yig‘ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Gidrodinamik shovqinlar. Gidrodinamik shovqinlarga suyuqliklarni nasoslar yordamida bir joydan ikkinchi joyga yuborishda hosil bo‘ladigan shovqinlar asosan nasosning harakatlanuvchi qismlarining nosozligi va gidravlik zarbalar ta’sirida kelib chiqadigan shovqinlarni keltirish mumkin. Bu shovqinlarni yo‘qotishda mana shu shovqinlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni, ya’ni nasoslarning harakatlanuvchi qismlarining mutanosibligini ta’minlash, gidravlik zarbalar kelib chiqishini yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarur.
Elektromagnit shovqinlar. Elektromagnit shovqinlarning kelib chiqishi elektr motorlarida stator va rotorning o‘zaro magnit maydonlari hosil qilishlari natijasida rotor aylanib magnit maydonini kesib o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan to‘lqinlar elektromagnit shovqin sifatida tarqaladi.
Lazer nurlari. Lazer energiyasining birlamchi manbalari sifatida gaz razryadli impuls lampalaridan, doimiy yonuvchi lampalardan, SVCH lampalaridan foydalaniladi, bularni ishlatish o‘z navbatida qo‘shimcha har xil xavf manbayi hisoblanadi.

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish