Dori vositalarining sifat standartlarini belgilash va ro’yxatga olish
UFM, FM, VFM va KFM tasdiqlangach, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligining Farmakopeya qo’mitasi tomonidan tegishli belgi berilib, ro’yxatga olinadi.
Ularga belgi berilganida, dastlab O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining indeksi, so’ng hujjatga berilgan tartib soni va tasdiqlangan yili ko’rsatiladi.
Masalan: UFM (ОФС), VFM (ВФС), FM (ФС)
42Uz-0985-2001, bunda 42-standartlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan indeks; 0985-hujjatning reestrdagi soni, 2001-hujjat tasdiqlangan yil.KFM belgilanganda, korxonaning kodi ham ko’rsatiladi.
Masalan: KFM (ФСП)-42Uz-14346847-0183-2000
Bu belgida 14346847-korxonaning kodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |