LABORATORIYA ISHI № 2.
MA’LUMOTLARNING AXBOROTLI MODELLARI. AXBOROTLI
MODELLARNI YARATISH BOSQICHLARI
Ishning maqsadi.
Talabalarda ma’lumotlarning axborotli modellari va ularni
yaratish bosqichlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi.
1)
ma’lumotlarning axborotli modellari bilan
tanishish;
2) axborotli modellarni
yaratish bosqichlarini
o‘rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tabiatda biz uchratadigan barcha modellarni ikki sinfga ajratish mumkin:
material (moddiy) model
va
axborotli (nomoddiy) model
.
Juda katta yoki juda kichik obyektlarni, shuningdek, juda tez yoki juda sekin
jarayonlarni bevosita kuzatish yo‘li bilan o‘rganib bo‘lmaydi. Shu bois ularning
maketi tuziladi va barcha tadqiqot ishlari shu maketlar vositasida amalga oshiriladi.
Ushbu maketlar o‘z
navbatida
material modellar
yoki
predmetli modellar
deb
yuritiladi.
Predmetli modellardan biz ta’lim jarayonida ko‘p foydalanamiz, masalan,
geografiya
kursida globus, kimyoda molekula va kristall panjara modellari,
biologiyada odam anatomiyasi, fizikada dvigatellarning ichki yonish modellari va
boshqalar predmetli model vazifasini bajaradi.
Axborotli modellarda obyekt va jarayonlar muayyan obraz (ko‘rgazmali) yoki
belgilar
shaklida, shuningdek, jadval,
blok-sxema, graf va boshqa ko‘rinishlarda
tasvirlanadi.
Ko‘rgazmali shakldagi axborotli modellarga rasmlar,
fotosuratlar, o‘quv
plakatlarini misol keltirish mumkin.
Grafik ko‘rinishdagi axborotli modellarga misol sifatida geografik xaritalar,
chizma va sxemalarni keltirish mumkin.
Belgi ko‘rinishidagi axborotli modellar turli tillarga tegishli bo‘lgan belgilar
sistemasidan foydalanib yaratiladi. Bunday turdagi axborotli modellar matn (mas.,
biror dasturlash tilidagi dastur matni) yoki formula (mas.,
Nyutonning ikkinchi
qonuni:
F
=
ma
ko‘rinishida) shaklida ifodalanishi mumkin.
Axborotli modellarning eng ko‘p uchraydigan turi – bu uning jadval
ko‘rinishidir. Masalan, Mendeleyevning elementlar
jadvali aynan jadval
ko‘rinishidagi axborotli modelga misol bo‘la oladi.
Axborotli modellarning jadval ko‘rinishi odatda uch xil bo‘ladi:
•
“obyekt-xossa”
tipidagi
jadvallar,
“obyekt-obyekt”
tipidagi jadvallar
•
sonli
jadvallar
(ikkilik
matritsa).
Masalan, quyida “obyekt-xossa” tipidagi jadval namunasi keltirilgan:
Obyekt va uning xossalari orasidagi munosabat