Reja:
1. Statistik jadvallar, ularning turlari va ularga quyiladigan talablar.
2. Statistik grafiklar, ularning afzalliklari va turlari.
3. Chiziqli diagramma va gistogramma.
1. Statistik jadvallar, ularning turlari va ularga quyiladigan talablar.
Biz boshqa fanlardan jadval degan so‘zlarni o‘qiganmiz, masalan, ko‘paytirish jadvali, logarifmik jadval, tasviriy sonlar jadvali va hokazo. Bu mavzuda gap statistik jadval ustida boradi. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik jadvallarda amalga oshiriladi.
Statistik jadvallar boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Statistik jadvallarning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularni birinchi bo‘lib, rossiyalik olim N.K.Kirilov o‘zining “Butun Rossiya davlatining gullash darajasi” (1727 y.) kitobida qo‘llagan. Daniyalik olim Anxserson 1747 yilda statistik jadvallar to‘g‘risida yozib ketgan. Demak, statistik jadvallar 18 asrlarda paydo bo‘lgan.
Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Statistik jadval deb, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rinarli, tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun katakchalarga tartib bilan joylashtirilishga aytiladi.
Tashqi ko‘rinishidan statistik jadval gorizontal va vertical, ya’ni yotiq va tik to`g’ri chiziqlarning kesishmasidan iborat bo‘lgan tuzilmada ifodalinadi. Gorizontal chiziqlar - qatorlar, vertikal chiziqlar - ustunlar deyiladi. Ularda o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhaga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Eng avvalo statistik jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Qatorlar va ustunlar kesishgan katakchalarga statistik ma’lumotlar joylashtiriladi. Ma’lumotlar tahlil qilishga ung‘ay bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |