mikrometrdan (mkm) 180-190 mkm. gacha o‘zgarib turadi. Novvoylik
unida zarrachalarning taxminan yarmisining o‘lchamlari 40- 50 mkm. dan
kichik, qolganlari esa 40-50 dan 190 mkm oralig‘ida bo'ladi. Yumshoq
bug'doydan olingan un zarrachalari qattiq bug‘doydan olingan un
zarrachalari ga qaraganda o‘lchami kichik- dir.
Unning keragidan kam yoki ortiqcha maydalanishi
uning novvoylik
xossalarini yomonlashtiradi. Juda katta zarrachali undan tayyorlangan
nonning hajmi kichik, g‘ovaklarining pardalari qalin, qobig‘i
oq rangda
va aksincha. Keragidan ortiqcha maydalangan un nonning hajmi kichik,
qobig‘i qoraygan, mag‘zi qora bo‘lib, bunday undan tayyorlangan
tagdonli non yoyilgan bo'ladi.
Optimal o‘lchamdagi undan sifati yaxshi non olinadi.
Bu donda- gi
kleykovinaning miqdori va sifatiga ko‘ra belgilanadi. Kleykovi na
qanchalik kuchli bo‘lsa, un shunchalik ko'p maydalanishi kerak.
Novvoylik uchun o‘lcharnlari bir xil bo‘lgan undan foydalangan ma’qul.
Rnevmoseparatatsiyalash yordamida un zarrachalarini o'lcham - lariga
qarab ajratish shuni ko‘rsatdiki, kichik o'lcnamli fraksiyalar oqsilga boy,
yuqori kullikga, qand va gaz hosil qilish qobiliyatiga ega ekan. Bunday
unda kleykovinaning miqdori ko'p va cho‘ziluv- chanligi past bo'ladi.
Unning katta zarrachali fraksiyasi tarkibida oqsil miqdori ancha kam.
Shunday qilib, un zarrachalarini pnevmoseparatsiyalab, birgi - na
bug‘doy donining o‘zidan unli qandolat mahsulotlari, keks va pechenelar
uchun oqsili kam un ham, oddiy un kuchini oshirish
uchun ishlatiladigan
oqsilga boy un ham olish mumkin.
Namunaviy pishirish - bug‘doy unining novvoylik xossalarini
bevosita baholash usuli. Bug'doy unining novvoylik xossalarini baholash
uchun unning kuchi, gaz hosil qilish qobiliyati
va rangini aniqlashdan
tashqari yana shu undan non namunasini pishirish usul - idan ham
foydalaniladi.
Tegirmonlar va non ishlab chiqarish korxonalarining laboratori -
yalarida tekshirilayotgan un miqdoridan namunaviy tekshiruv
163
pishirishi bajarilib, namuna tayyorlanadi. Un xususiyatlari to‘g‘ri - sida
non
namunasining sifati - hajmi, shakli, qobig‘ining rangi, mag‘zining
rangi, g‘ovakligi, elastikligi, ta’mi va hidi bo‘yicha xulosa chiqariladi. 0‘z
navbatida nonning bu ko‘rsatgichlari unning yuqorida bayon etilgan
xossalari kompleksi bilan belgilanadi.
Namunaviy laboratoriya tekshiruv pishirishida non sifati - ni baholash
uchun 100 ballik sistema ishlab chiqilgan. U barcha ko‘rsatgichlar
asosida, ballar bilan ifodalash imkonini beradi. Bu esa bug'doy uni
xossalarini baholashda, non sifatini yaxshilash
uchun tavsiya etiladigan
texnologik tadbirlarning samaradorligini aniqlashda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: