© “Ijod-Press” nashriyoti, 2019 © S.
Tursunov va boshqalar, 2019
KIRISH
lnsoniyat qadimgi davrlardan boshlab o‘zini yaxshi yashashi uchun
tinimsiz izlangan. Izlanishlar mobaynida juda ko‘p kashfiyot- larni
amalga oshirgan.
Insoniyatni
eng
buyuk
kashfiyotiaridan
biri
don
ekinlarini
madaniylashtirib, ularni urug‘ini dalaga ekib, ko‘p miqdorda don
yetishtirishni o'rgandi. Insoniyatni yana bitta buyuk kashfiyoti bug‘doy
donidan un tayyorlab, bu undan non va non mahsulotlar- ini tayyorlash
bo‘ldi. lnsoniyat izlanishlarni davom ettirib, dondan yorma tayyorlasbni
o'rgandi. Bugungi kunda donlardan tayyorlan- gan yormalar odamlarni
kundalik ozuqasi boMib hisoblanadi. Sho- li donidan tayyorlangan guruch
inson organizmiga nihoyatda mos keladi. Guruchning 96% odam
organizmida hazm bo‘ladi. Hozirda Xitoyda kishi boshiga 120 kg,
Yaponiyada 104 kg, Pokistonda 98 kg va Hindistonda 66 kg guruch
istemol qilinadi. Bugungi kunda dun- yo bo‘yicha juda ko‘p don
mahsulotlari yetishtiriladi. Yetishtirilgan donni nes-nobud qilmasdan
saqlash va uni qayta ishlash juda katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikdan qat’iy nazar hozirgi kunda har bir
xo'jalik rahbari, muhandis, mutaxassis, ishchi-xodimga xomashyo,
mahsulot sifati va uning yaxshilanishi haqida jiddiy ta - lablarni
ko'ndalang qo‘ymoqda. Agrar sohada boshqaruv tizimi tubdan
o‘zgartirilib fermerlik harakatini shakllantirilishi davlat tomonidan
mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholi- ni oziq-ovqatga
bo
£
lgan ehtiyojini miqdor va sifat darajalari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash mu- taxassislari tomonidan nazariy
bilim va amaliy tajribalarni chuqur o‘zlashtirish davr talabiga
aylanganligini dunyo tajribalari ko‘rsat-
moqda. Fermer xo‘jaliklariga o‘zi yetishtirgan xomashyoni saqlash va
qayta ishlash uchun davlat tomonidan me’yoriy-huquqiy baza va zarur
shart-sharoitlar yaratildi. Yetishtirilayotgan meva -sabzavot, poliz, paxta
va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga nafaqat yarim
fabrikat, balki sifatli tayyor mahsulotlarni eksport- ga chiqarish
imkoniyatlari mavjud. Yaratilgan bazalardan to‘laroq foydalanish uchun
qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda chet elning
ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqarishda qo‘llash yuqori samara beradi.
Fan va texnikani shiddatli ravishda rivojlanishi ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish, texnologiyalarini mukammallashuvi, sifatga boigan
talablarni oshirib, olingan hosil- ni saqlash va uni qayta ishlashda
texnologiyani yangi usullarini qo‘llash ishlab chiqarish talabiga
aylanmoqda.
Yildan yilga g'alla yetishtirish ko‘payib respublikamizda ichki bozor
to'liq don va don mahsulotlari bilan ta’minlanib, g‘alla eks- port qilishga
erishildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifat samarasi, iqtisodiyotning
asosiy strategiyasi boiishi shart. Joylarda xomashyoni saqlash va qayta
ishlashni yo‘lga qo‘yib yirik va kichik ishlab chiqaruvchilami qo‘llab
quvatlash, yangi innovatsion texnologi- yalarni q о "11 ash iqtisodiy
samaradorlikni va sifatni taminlashga imkon yaratadi. Xomashyo
yetishtirish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni xususiyatlarini
yaxshi biladigan, ishtimoiy-iqtisodiy va huquqiy bilimlar bilan
qurollangan malakali, mutaxassislarga bozor iqtisodiyoti sharoitida talab
kuchayib boradi. Bu yo‘nalishda kursni chuqur o‘qish, o‘rganish
mukammal bilish muhim ahamiyat kasb etadi. “Donni saqlash va dastlabki
ishlash texnologiyasi” fani don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
jarayonida mahsulot si- fatini oshirish, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik,
don resurslaridan oqilona foydalanish, innovatsion texnologiyalarni ishlab
chiqarish tizimida keng qo‘llash afzalliklari va sifatli mahsulot ishlab
chiqarish asoslarini yoritib beradi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |