Oqlash bo‘limidagi texnologiyaning asosiy mahsuloti bo‘lgan yormani
aniqlash asosida dondagi tashqi, ichki qobiqlarni
aleyron qavat va
murtakni ajratish bo'yicha jarayonlar kompleksini amalga oshirish kerak.
Shu bilan birga don va tayyor mahsulot turining anatomik
tuzilishidagi o‘zigaxosliklar, fizik xossalarga bog‘liq holda yo‘qotish
darajasi turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zi
anatomik qismlar umuman
yo'qolmasligi mumkin. Shuning uchun turli xil yormalar ishlab
chiqarishdagi texkologik jarayonlar taqqoslanganda, ular farqlanishi
mumkin.
Oqlash bo‘limidagi jarayonlarning‘ prinsipial ketma-ketligi 76-rasmda
keltirilgan.
Yirikligiga ко‘ra
saralash, donni geometrik o‘lchamlariga ko‘ra
ma’lum darajada fraksiyalarga bo’lishni taqozo qiladi.
Oxirgisi keyingi jarayonlar masalan, oqlash va yorma ajratish (donni
va mag‘izni oqlanadigan mahsulotlarni saralashda ajratish) jarayonlarini
o‘tkazishni optimallashtirish kerak.
Oqlash - bu donning meva, aleyron qismlarini to‘liq
yoki qisman
ajratish jarayoni. Oqlangan mahsulotlarni saralash aralashmalarning sifati
va fizik xossalariga ko‘ra o‘xshashroq fraksiyalarga ajratishni ko‘zda
tutadi. Bunda texnologiyaning oxirgi mahsulotlari qovuz, kepak,
maydalangan mag‘iz ajratib olinadi. Ajratilgan fraksiyalarga qo‘shimcha
ishlov beriladi: don qaytaoqlanadi,mag4ztexnologiyaga bog‘liq
holda
jilolanadi yoki maydalanadi, oxirgi mahsulotlar nazorat qilinadi.
Maydalash - bu maydalangan yormalar texnologiyasida yormabop donlar
mag‘zini nisbatan yirik bo‘laklarga parchalash. Maydalanadigan
mahsulotlarni saralash qo‘shimcha maydalash
talab etiladigan yirik
fraksiyani va kepak ko‘rinishdagi mayda mahsulotni ajratish bilan
maydalangan mahsulotning o'xsbashroq fraksiyalari hosil qilishni ko‘zda
tutadi.
Jilo berish - tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatgichlarini yax- shilash
uchun mag‘iz yoki uning qismlaridan meva qobiq, aleyron qavat va
murtakni chiqarib tashlash (qisman yoki to‘liq) ga asos- langan texnologik
jarayon.
209
Silliqlash - yormaning sifati va uning ko‘rinishini yaxshilash
maqsadida sayqallangan mag‘izga keyingi ishlov berish jarayoni.
Sayqallash yoki silliqlash mahsulotlarini saralash texnolopiyaning
oxirgi mahsulotlarini ajratishni ko‘zda tutadi. Yormani nazorat qilishda
tasodifan tushib qolgan aralashmalar ushlab qolinadi. Qovuz oqlanmagan
donlarni chiqarib tashlashda majburiy jarayon sifatida amalga oshiriladi.
Maydalanadigan yormalar texnologiyasidagi
nazoratda yorma raqami va
uning bir xilligi shakllantiriladi.
Yormani joy lash, qadoqlash va qop-qanorsiz saqlash yorma
zavodining oqlash bo‘limi tarkibiy qismi bo'lib oladigan maxsus tayyor
mahsulotlar sexida yoki tayyor mahsulot bo‘limida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: