Aprobasiya o’tkazilib, barcha urug’chilik ekinlarning navdorlik sifati
aniqlanadi. Ekinlarning nav sofligi ajratish qiyin bo’lgan madaniy o’simliklar
va begona o’tlar bilan ifloslanishi, kasallik va zararkunandalardan zararlanish
darajasi aniqlanib, xo’jaliklarda sifatli urug’lik yetishtirishni ta’minlovchi
barcha tadbirlarning tashkil etilishi (parvarish texnologiyasi, nav o’tog’i,
urug’lik hosilini yig’ishtirib olish) tekshiriladi.
Navdor ekinlar aprobasiyasi maxsus ko’llanma asosida o’tkaziladi.
Dala aprobasiyasi quyidagi ishlardan iborat:
-aprobasiya o’tkazishga tayyorgarlik;
-namuna olish;
-namunani tekshirish (taxlil qilish);
-o’tkazilgan aprobasiya hakida hujjat tuzish va uni topshirish.
Aprobasiyani oldindan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va tegishli hujjati
bo’lgan
agronom-aprobator
o’tkazadi.
Aprobasiya
quyidagi
ekin
maydonlarida o’tkaziladi:
-urug’chilik fermer xo’jaliklarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining,
qishloq xo’jalik o’quv yurtlari o’kuv-tajriba xo’jaliklarining, elita urug’chilik
xo’jaliklarining urug’lik olish uchun ekilgan barcha dalalarida;
-har yili belgilangan kamyob (defisit) va istiqbolli navlar ekilgan
barcha dalalarida;
-seleksiya va tajriba muassasalari hamda elita - urug’chilik va
urug’chilik
xo’jaliklarida
ko’paytirish
maqsadida
ekilgan
o’zidan
changlantirilgan liniyalar va oddiy duragaylarning barcha maydonlarida;
-navdor urug’liklar ekilgan umumiy maydonlarning navdor urug’liklar
yetishtirish davlat rejasini bajarish uchun zarur bo’lgan qismida.
Elita urug’liklari yetishtirish bilan shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqot
muassasalari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quv-tajriba
xo’jaliklari hamda elita - urug’chilik xo’jaliklaridagi ekinlar ko’paytirish
pitomnigidan boshlab aprobasiya qilinadi.
Dala aprobasiyasi ilmiy - tadqiqot muassasalarida seleksioner,
urug’chilik bo’limining agronomi, qishloq xo’jalik ekinlari urug’liklarini
sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish viloyat markazining vakilidan
(agronomidan) komissiya tuziladi. Elita urug’chilik xo’jaliklarida seleksion
tajriba muassasasi va viloyat nazorat markazi agronomi tuman nazorat
markazi aprobatorlari, fermer xo’jaliklarida esa xo’jalikning agronomlari
o’tkazadi.
Agropom-aprobator shaxsan o’zi ekinlardan namuna oladi, uni tahlil
qiladi va aprobasiya aktini tuzadi.
Aprobasiyani to’g’ri o’tkazish ustidan nazorat olib borish va agronom-
aprobatorlarga yo’l - yo’riq ko’rsatish viloyat va tuman markazlarida
tasdiqlanadi va ularning inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi.
Inspektorlarga aprobatorlarning ishini tekshirish xuquqi beriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Agronom-aprobator aprobasiyagacha quyidagi ishlarni o’tkazishi
kerak:
-xo’jalik dalalariga ekilgan urug’liklarning hujjatlarini tekshirish, agar
hujjatlar bo’lmasa, ularni qayta tiklash;
-xo’jaliklardagi aprobasiya qilinayotgan navning (duragayning)
urug’ligiga boshqa navlarningurug’i aralashib qolganligini aniqlash;
-ekinni joyida borib ko’rish va o’tmishdoshlarni aniqlash, lozim bo’lsa
aprobasiya vaqtigacha nav va tur sofligi bo’yicha o’toq o’tkazishni tashkil
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: