8.Bug’doy elita urug’ligini yetishtirish va urug’chiligining xususiyatlari
Elita urug’lig’ini ishlab chiqarish ikki bosqichdan iborat:
1.urug’chilikning birlamchi bo’g’inlarida urug’likni o’stirish;
2.ularning yuqori navdorlik tozaligini, hosildorlik hususiyatlari va
ekishga yaroqlilik sifatlarini saqlagan holda ko’paytirish.
Donli ekinlarning birlamchi urug’chiligiga birinchi yilgi bo’g’inlarni
sinash pigomnigi, ikkinchi yilgi bo’g’inlarni sinash pitomnigi va ko’paytirish
pitomnigi kiradi.
Birlamchi urug’chilik boskichlarining vazifasi elita ishlab chiqarish
uchun yuqori sifatli urug’lik yetishtirish. Elita urug’lariga juda katta talablar
ko’yiladi. Shuning uchun elita ishlab chiqarish jarayonida birlamchi
urug’chilikning hamma pitomniklarida tegishli usullar va uslublar
qo’llaniladi. Bulardan eng asosiysi-tanlashdir. Sistematik va sinchiklab
o’tkaziladigan tanlash elita o’simliklarining navdorligini, kasalliklarga
chidamliligini va yuqori mahsuldorligini ta’minlaydi.
Urug’chilik ishlarini to’g’ri va sifatli o’tkazilishi yangi navning
qimmatli xo’jalik biologik xususiyatlari va belgilarini uzoq vaqt saqlanib
kelishini ta’minlaydi. Turli ekinlarning birlamchi urug’chiligi har xil o’ziga
xos tartibda o’tkaziladi.
Elita urug’liklarni ishlab chiqarish usullari ekinlarning va navlarning
biologik xususiyatlari, yaratilish usullari, irsiy o’zgaruvchanlik xususiyatlari,
ko’p yillar davomida eqilib kelishi, ishlab chiqarishdagi ekin maydonining
kattaligi. tuproq-iqlim va tashqiliy xo’jalik sharoitlariga bog’liq. Donli,
dukkakli-don
va
boshqa
o’zidan
changlanuvchi ekinlarning elita
urug’chiligini yetishtirish quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-navni rayonlashtirishda hisobga olingan hamma qimmatli xo’jalik-
biologik belgi va xususiyatlarini saqlab qolish;
-yuqori nav tozaligi va tipikligini saqlash;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
-ekinboplik va hosildorlik xususiyatlari yuqori fiziologik mukammal
qimmatli urug’liklarni hosil qilish;
-zamburug’ kasalliklaridan urug’liklarni sog’lomlantirish;
-urug’liklarni ishlab chiqarish va sotish rejalarini, hamda talab
darajasida tegishli extiyot va o’tuvchi fondlarni hosil qilish;
-nav
almatirishni
tezlashtirish
maqsadida
yangi
navlarning
urug’chiligini ko’paytirishni jadallashtirish.
Bu ekinlarning elita urug’larini ishlab chiqarishda yakka tanlash va
ommaviy tanlash qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |