Dnk dagi nukleotidlar ketma ketligi bo‘lib, u organizmdagi ma’lum bir



Download 414,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana26.03.2022
Hajmi414,61 Kb.
#511008
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu 0b8ea991f67e652d8171cb72efeea3be



Gen
— DNK dagi nukleotidlar ketma ketligi bo‘lib, u organizmdagi ma’lum bir 
funksiyani bajaradi yoki boshqa genga traskripsiyasini ta’minlaydi. Ayrim genlar ko‘zning 
rangini, boshqalari esa burunning shaklini, uchinchilari yuzning bichimini belgilaydi va hokazo. 
Lekin hamma genlar faol holatda bo‘lavermaydi. Ko‘z rangini belgilaydigan genlar jigar 
hujayralarida, suyaklarning o‘sishini belgilaydigan genlar esa yurak hujayralarida faol bo‘lmaydi. 
Genlar ham xromosomalar singari juft-juft bo‘ladi. Har bir juft gendan biri otadan, boshqa biri 
onadan o‘tgan bo‘ladi. Juft genlar bir xil belgini ifodalasa g o m o z i g o tali, turli belgilarni 
ifodalasa g e t e r o z i g o t a l i organizm deyiladi. Turli ko‘rinishlarni namoyon qiladigan juft 
genlar a l l e l l ar deb ataladi. Masalan, agar ona ko‘k ko‘z va ota qo‘y ko‘z bo‘lsa, tug‘iladigan 
bola faqat qo‘y ko‘zli bo‘ladi, chunki bolaga o‘tgan ikki xil (qarama-qarshi) genlar allel bo‘lgani 
sababli ko‘k ko‘zlik belgisi r e t s e s s i v (recessus — chekinish), qo‘y ko‘zlik belgisi esa 
dominant (dominans — ustun turish) belgilardir.
Insonning xar bir somatik xujayralarinig yadrosi 23 juft xromasoma tutadi. Ularning xar 
biridan bir molekula DNK utadi. Bitta xujayradagi 46 ta molekula uzunligi deyarli 2 metrga teng 
bo‘ladi. Agar katta odamda taxminan 5×10
13
xujayra bo‘lsa, unda organizmdagi DNK 
molekulasining umumiy uzunligi 1×10
14
m yoki 1×10
11 
kmga teng bo‘ladi. Bu yerdan 
kuyoshgacha bo‘lgan masofadan ming marotaba ortik deganidir. Bitta xujayradagi barcha DNK 
molekulasi 3,2 mlrd juft nukleotid tutadi. 
Genom organizmdagi genlarda yoki xujayra genetik tarkibida joylashgan umumiy genetik 
informatsiyadir. Genom termini ba’zan xromosomalarni gaploid to‘plamini ta’riflash uchun xam 
qo‘llaniladi. 
2003 yilda (14 aprelda) “Odam genomi” proekti muvofakiyatli yakunlandi. 99% genom 99.99% 
aniklikda sekvenirlandi. Press-reliz Human Genome Project 2003 yil 14 aprel. 
2008 yil 1000 ta odamni genomi rasshifrovkasi buyicha xalkaro proekt boshlandi.
Organizmning jami genlari yig‘indisi uning g e n o t i p i n i tashkil qiladi. Genotipning 
tashki qiyofasi, ya’ni teri va. soch rangi, gavda tuzilishi, aqliy faoliyati, kon gruppasi va boshqa 
belgilari f e n o t i p deb ataladi. Fenotipning xususiyatlari genotipga va tashqi muhit 
sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Organizmga nasldan o‘tgan ko‘pgina belgilar, masalan, kon gruppasi, quloq, burun, 
bosh va boshqa organlarning shakli odamning butun hayotida o‘zgarmay koladi. Lekin 
iste’dod, ijodiy qobiliyat, fe’l-atvor va boshka shu kabi sifatlar nasldan o‘tishi bilan bir 
qatorda atrof-muhitga ham bog‘likdir.
Kim’yoviy jixadatdan qaraganda, genlar asosan nukleotid (nuklein kislota) dan tuzilgan. 
irsiy belgilarning nasldan-naslga o‘tishida nuklein kislotalar nihoyatda muhim o‘rin tutadi. 
Nukleotidlar o‘z navbatida uchta molekuladan: fosfat kislota, qand va azotli asosdan tashkil 
topgan
Azotli asosning to‘rt turi aniqlangan: bular ikkita purin — adenin va guanin hamda 
ikkita piramidin —timin va sitozindan iborat. Fosfat kislota hamisha bir xil holatda uchraydi, 
qand esa ikki turdan: dezoksiriboza va ribozadan iborat bo‘ladi. Bu ikki turdagi qand bir 
nukleotid kislota molekulasining o‘zida. hech qachon bir vaqtda uchramaydi. Ikki turdagi 
qandga nukleotid kislotaning ikki turi — dezoksiribonuklein kislota — DNK va ribonuklein 
kislota RNK to‘g‘ri keladi. 
DNKning tuzilishida hammasi bo‘lib to‘rt xil nukleotid (azotli asos) — adenin, guanin, 
timin va sitozin ishtirok etadi. RNKda esa timinning o‘rnini uratsil egallaydi
DNK asosan hujayra yadrosida, RNK ko‘proq sitoplazmada bo‘ladi. DNK molekulasi 
ko‘sh zanjirdan tuziladi va xuddi aylanma zinaga o‘xshash shaklda ko‘rinadi. Zinaning tashqi 
kismi fosfat kislota bilan qanddan tashkil topadi, 
azot 
asoslari esa spiral ichida, zinaning 
pillapoyalari shaklida o‘rin oladi. Bir zanjirdagi azotli 
asoslar 
ikkinchi zanjirdagi asoslar bilan 
vodorod bog‘lari yordamida birikadi. 
Adeninning ro‘parasida faqat ikkinchi zanjirdagi timin bo‘ladi, guaninning ro‘parasida 
esa sitozin joylashadi va buning aksicha bo‘ladi. Shunday kilib, A-T, T-A, G-S va S-G bilan 


juftlashgan bo‘ladi. DNK qarama-qarshi zanjirlarining bir-biri bilan komplementar tarzda 
to‘ldirilishi sxemalarda tasvirlangan. 
DNK zanjiriga 200000ga yaqin nukleotid kirishi mumkin. Ular efir bog‘lari orqali bir-
biri bilan bog‘lanadi. Nukleotidlar dastlabki zanjirda kanday tartib bilan joylash-gan bo‘lsa, 
yangi xosil bo‘lgan zanjirlarda ham o‘sha tartib-da o‘rin oladi. DNK ikki hissa ortishi tufayli, 
uning doimiy miqdori saqlanib qoladi-va yangi hosil bo‘lgan yosh hujayralar bab-baravar 
miqdorda DNK oladi
Hujayra 
oksillarining 
sintezida 
DNK 
asosiy 
vazifani 
o‘taydi. 
Oqsillar 
aminokislotalardan tuzilgan. Oksil tarkibida 20 xil aminokislota bo‘lib, ular quyidagilardir: 
alanin, fenilalanin, valin, glitsin, leysin, izoleysin, asparagin kislota, aspargin, glutamin kislota, 
glutamin, serii, treonin, lizin, arginin, gistidin, tirozin, triptofan, sistein, metionin va valin. 
Oqsildagi aminokislotalar ham nukleotidlarning joylashish tartibi singari o‘ziga xos 
izchillikda joylashadi. Turli xil oqsillar o‘zidagi aminokislotalarning tarkibi jihatidan ham, 
shuningdek aminokislotalarning zanjirda joylashish tartibi jihatidan ham o‘zaro fark qiladi. 
DNK da bir-biriga ergashib keladigan har uch xil azotli asos, ya’ni tripletlar (uchliklar) 
ma’lum bir axborotni tashib yuradi. Masalan, G-A-T tripleta asparagin kislotaning, G-S-T 
tripleti alanin aminbkislotaning joylashuv tartibini ifodalaydi va hokazo. 
Shunday qilib, azotli asoslar (nukleotidlar)ning izchilligi, aminokislotalarning joylashish 
tartibi haqidagi axborotni o‘zida aks ettiradi. 
Oqsil modda juda katta tezlikda sintezlanadi. Masalan, 146 aminokislotadan iborat oqsil 
modda hosil qilish uchun chorak sekund vaqt ketadi, xolos. 
Bordiyu azotli asoslarning DNK dagi joylashish tartibi o‘zgarsa, ya’ni bitta asos 
yo‘qolsa yoki o‘rni almashsa, yangi tripletlar vujudga keladi. Natijada aminokislotalar izchilligi 
buziladi va bu hol oqsil moddaning noto‘g‘ri sintezlanishiga olib keladi. 
Demak, aminokislotalarning tartibi DNK kodi bilan boshkariladi va oqsillar uch xil 
RNK: informatsion RNK — n-RNK, transport (tashuvchi) RNK — t-RNK va ribosoma RNK 
— r-RNK yordamida sintezlanadi. 

Download 414,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish