aminokislotadan iborat. Shulardan biri bo‘lgan glutamin kislota valin bilan almashinsa, yarim oy
shaklidagi (o‘roqsimon) hujayrali anemiya (kamqonlik kasalligi) rivojlanadi. Glutamin kislota
manfiy zaryadli bo‘ladi. Glutamin kislota tufayli kislorodsizlangan gemoglobin molekulalari bir-
biridan itariladi, glutamin kislotaning o‘rnini egallagan valin esa neytral, ya’ni zaryadsizdir.
Gemoglobinning o‘zgargan molekulalari bir-birini itarish xususiyatini yo‘qotadi va natijada
kristalga o‘xshash struktura hosil qiladi. Eritrotsitlar o‘roqsimon shaklga kiradi, anemiya
rivojlanadi.
Shunday qilib, DNKning o‘zgarishi — mutatsiya, oqsilning o‘zgarishi esa mutatsiyaning
birlamchi namoyon bo‘lishidir; gemoglobin molekulalarining chirmashib qolishi mutatsiyaning
ikkilamchi zffekti hisoblanadi, organizmning anemiyadan nobud bo‘lishi esa mutatsiya ta’sirining
oxiri, tugallanuvchi bosqichidir.
Hozirgi vaqtda ikki xil mutatsiya isbot etilgan. Ba’zi hollarda bu o‘zgarish jinsiy
hujayralarning xromosomalari soniga ta’sir etadi, ya’ni xromosoma aberratsiyalari yuz beradi,
boshqa hollarda esa xromosomaning alohida gen strukturasi o‘zgaradi va bunda genli yoki nuqtali
mutatsiya hosil bo‘ladi.
Nobud qiluvchi mutatsiyalar organizmning yashash qobiliyatini keskin pasaytiradi. Shu
tufayli odamlarda amavrotik idiotiya, miopatiya, Gentington xoreyasi, leykodistrofiya va hokazo
kasalliklar yuz beradi.
Irsiy kasalliklarga olib boradigan gen mutatsiyalari va xromosoma aberratsiyalarining
kelib chiqishiga asosan rentgen nurlari, ionlashtiruvchi radiatsiya, harorat ta’siri, turli-tuman
kimyoviy (masalan, fosfororganik va xlororganik moddalar) va fizik omillar sabab bo‘ladi.
Kimyoviy birikmalardan iprit, formaldegid, xloralgidrat, asetofenon, teobromin, urotropin,
kofein, papaverin, uretan, simobning organik birikmalari ta’sirida o‘simliklar va bir qator
hayvonlarda mutatsiyalar vujudga kelishi tajribada aniqlangan.
Tabiatda organizmga ziyon yetkazadigan mutatsiyalardan tashqari, foydali mutatsiyalar
xam uchrab turadi. Masalan: seleksionerlar o‘simliklarning sovuqqa va turli kasalliklarga
chidamli bo‘lishiga, hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilashga, shuningdek hayvonot zotlarini
yaxshilashga yordam beradigan mutatsiyalarni kashf etganlar.
Bir necha g‘oyalar mavjud:
Mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi.
Mutatsiya natijasida xosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir.
Mutatsiyalar irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdan farqli o‘laroq, o‘zgaruvchanlikning o‘rta
me’yoriy shakli tevaragida uzluksiz qator xosil qilmaydi, chunki mutatsiya natijasida sifat
jixatdan o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Mutatsiyalar xar xil ko‘rinishlarda paydo bo‘lib, foydali va zararli bo‘lishi mumkin.
Mutatsiyalarning uchrash extimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq.
O‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: