II BOB. DIZARTRIYA NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO’LGAN BOLALAR MOTORIKASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI.
2.1 Dizartriya nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar motorikasini rivojlantirish yo`llari
Mujassam (murakkab) nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning rivojlanishi kо‘p tomonlama oiladagi hayoti yoki ta’lim muassasasida orttirilgan malakalariga bog‘liq, chunki, ularning kо‘pchiligi ulardagi qobiliyatlarni shakllanishini pasaytiruvchi va rivojlanishini susaytiruvchi omillarga duchor bо‘lishi mumkin.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda sо‘z yasash va sо‘zli ijod jarayonlari kech paydo bо‘lishi kuzatiladi. Bu toifa bolalarning nutqiy faoliyati xususiyatlarini tahlil qiluvchi R.D.Triger, YE.S.Slepovich ishlarida, ularda nutq asosan vaziyatli xarakterda ekanligi ta’kidlanadi. Bu katta miqdorda shaxs olmoshlari va kо‘rsatish olmoshlarida, ularni nutqda kо‘p qо‘llashida, shuningdek, lug‘at boyligini chegaralanganligida aks etadi. Bu bolalarda lug‘at boyligining kambag‘alligini S.G.Shevchenko ham kо‘rsatib о‘tgan (1976). N.Y.Boyarskiyning tadqiqotlarida nutqiy ifodalashning, xususan, ichki dasturlash va grammatik qurilishni shakllanmaganligi qayd etilgan. Nutqiy nuqsonlarning xilma-xilligini kо‘pchilik olimlar kо‘rsatishgan. YE.M. Malseva (1990) nutq nuqsonlarining xarakteriga kо‘ra, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni uch guruhga bо‘ladi. Birinchi guruhga, olim, alohida fonetik nuqsonlilarni kiritadi , bunda faqatgina bir guruhga tegishli tovushlarning notо‘g‘ri talaffuzida namoyon bо‘lib, bu artikulyatsion apparat qurilishidagi nuqsonlar va nutqiy motorikaning rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhni fonetiko- fonematik nuqsonga ega bо‘lgan bolalar tashkil etadi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar ikki – uch guruh tovushlarning buzilishini qamrab oladi va fonetik jihatdan yaqin tovushlarni farqlay olmaslikda, shuningdek, tovushlarni eshituv differensatsiyasining va fonematik tahlilning buzilganligida aks etadi. Uchinchi guruhga nutqning hamma tomonlari tizimli rivojlanmagan bolalar kiritiladi. Ularda fonetik-fonematik nuqsonlardan tashqari, nutqning grammatik qurilishini rivojlanishiga xos kamchiliklar –lug‘at boyligining kabag‘alligi va farqlanmaganligi, gaplarning sodda tuzilishi, agrammatizmlar kuzatiladi. Og‘zaki nutqning buzilishi yozma nutqda ham aks etadi.Nutqiy nuqsonlarning xarakteriga kо‘ra, ruhiy rivojlanishi sustlashgan birinchi sinf о‘quvchilari besh guruhga bо‘linadi: monomorf dislaliyali; polimorf dislaliyali ; funksional dislaliyadan tashqari, fonematik analiz va sintez shakllanmagan, shuningdek, о‘qish va yozish kamchiliklariga ega dislaliyali va disleksiyali bolalar va nihoyat, yedirilgan (stertaya) dizartriyali bolalar. (Smirnova I.A., 1981).
Tayanch-harakat apparatidagi nuqsonlar bilan nutq buzilishlarining qо‘shilib kelishi mujassam tibbiy- pedagogik- psixologik muammolardan biri hisoblanadi.Bunday mujassam nuqsonli bolalarni о‘rganish bо‘yicha kо‘pgina maxsus tadqiqotlar olib borilgan( YE.F.Arxipova, L.A.Danilova, M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova, M.V. Panchenko va boshqalar). Nutq buzilishining xususiyatlari va uning namoyon bо‘lish darajasi miya jarohatining tarqalganligi va og‘irligiga bog‘liq. BSFdagi nutq buzilishlari asosida nutqiy va psixologik faoliyatda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bosh miya qobig‘idagi bо‘limlarning shakllanmaganligi yoki rivojlanmaganligi yotadi.
Serebral falaj bolalarda kо‘p uchraydigan nutq buzilishlari dizartriyaning turli shakllari bо‘lib, bu nutqiy va harakat nuqsonlarining birligi hisoblanadi.
Serebral falajlikdagi dizartriyaning aniq klassifikatsiyasini M.B.Eydinova va YE.N. Pravdina-Vinarskayalar keltirishgan.Ular bolalar serebral falalajining quyidagi turlarini tavsiflashgan: paretik, spastik. Giperkinetik, aralash, rudiment(stertaya( yedirilgan)). Keltirilgan shakllar u yoki bu simptomni mavjudligiga asoslanadi. Olimlar harakat va artikulyatsion motorikaning jarohatlanish mexanizmi umumiyligini kо‘rsatishdi.
K.A.Semenova (1979), YE.M.Mastyukova (1985)lar tadqiqotlari BSF da nutqiy va harakat buzilishlarining patogenetik umumiyligi haqidagi tasavvurlarni aniqlashtirdi va kengaytirdi.
BSF li bolalarda kо‘pincha dizartriya kо‘rinishidagi tovushlar talaffuzining buzilishi kо‘p aniqlanadi (L.A.Danilova, M.V.Ippolitova, I.I.Panchenko). Ayniqsa, markaziy nerv sistemasining og‘ir jarohatlanishida artikulyatsion apparat faoliyatining yaqqol buzilishlari namoyon bо‘lib, bu anartriyaga- tovushlar talaffuzining nutq-harakat muskullarining falajligi natijasida umuman yoki deyarli yо‘qligiga olib keladi( Ippolitova M.V, Mastyukova YE.M , 1984). Bunday bolalar odatda kam hollarda umumta’lim muassasalariga bordi, asosan uyda bо‘ladilar. Kо‘pchilik ota –onalar mutaxassislarga murojaat qiladilar. Bu holatda an’anaviy logopedik ish usullari ijobiy natija bermaydi, shuning uchun noverbal aloqa usullarini izlash zarur.
BSFli bolalarda dizartriya bilan birga boshqa nutq nuqsonlari ham mavjud: sensomotor nutq buzilishlari-alaliyaning turli shakllari ( M.V.Ippolitova, YE.M.Mastyukova, N,N.Traugott, M.B. Eydinova, YE.N.Pravdina-Vinarskaya). M.V. Ippalitova, N.N.Malofeyev,N.V.Simonova, L.B.Xalilovalar tomonidan tayanch-harakat apparatida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni tekshirib, ularning kо‘pchiligida turli xil nutq nuqsonlarini aniqlashagan. Nutq faoliyatlarini tizimli yondoshuv tamoyili asosida о‘rganish nutq nuqsonlarini ularning tizimli va semantik butunligi aspektida kо‘rish imkonini beradi. Kо‘pgina tadqiqotlarda lug‘at boyligini shakllanishi, nutqning grammatik va leksik tomonlarini о‘ziga xos egallashlari kuzatilgan.
Serebral falajli bolalarning nutqiy nuqsonlari muammolariga va aniqlangan nuqsonlarning korreksiyalashga I.Y.Levchenko va O.G.Prixodko (2001)larning ishlari bag‘ishlangan. Qо‘llanmada BSFli bolalardagi nutq nuqsonlariga tavsif berilgan, dizartriyaning turli shakllari va ularning paydo bо‘lishini tizimlashtirishga, shuningdek, bu toifa bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning о‘ziga xosligini ochib berishga harakat qilinagan.
Nutq holati, uning rivojlanish darajasi- inson psixikasida mavjud va о‘ziga xos kо‘p tomonlarining kо‘rsatkichidir.
Nutqiy nuqson tabiati yetarlicha mujassam bо‘lib, nutqni amalga oshirishda kо‘pgina organik tizimlar о‘zaro aloqada bо‘ladi. Ulardan birining buzilishi yoki faoliyatining pasayishi jiddiy oqibatlarga olib keladi,bu nutqiy faoliyatda va bolaning umumiy rivojlanishida aks etadi. Ma’lumki, bunday holatlarda biz rivojlanishdagi kо‘p faoliyatli nuqsonlarini о‘rganamiz. Uning barcha tarkibiy elementlarini tarqalaganligi nutq buzilishlarida, intellektual yetishmovchilikda, analizatorlar ishining kamchiliklarida aks etib, о‘zida bir-biriga о‘zaro ta’sir etuvchi, nuqsonni tо‘laligicha yanada chuqurlashtiruvchi kompleks nuqsonlarni aks ettiradi. Yana shu narsa ham ma’lumki,nutq nuqsoni, kо‘rishida nuqsonga ega bо‘lgan, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bо‘lgan, intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalarda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, shuning uchun mujassam nuqsonlarni bartaraf etish bо‘yicha maxsus ish yо‘nalishlarini topish talab etadi.
Eshitmaydigan nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda dizartriya xarakteridagi nutq nuqsonlari aniqlangan. Bu nuqson ayniqsa, og‘zaki nutq ustida ishlashda yaqqol namoyon bо‘ladi.Adabiyotlarda keltirilishicha, dizartriya nerv sistemasinin markaziy va periferik jarohatlanishining tarqalganligiga va nuqsonning og‘irligi darajasiga bog‘liq ravishda turli darajada namoyon bо‘ladi . Dizartrik buzilishlarning sababi homiladorlik va rivojlanishning ilk bosqichlarida salbiy ta’sir etish oqibatida markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi hisoblanadi. Dizartriya kо‘pincha, bolalar serebral falajida kuzatiladi.Qator yaqqol namoyon bо‘lgan artikulyatsiya buzilishlari bilan bir qatorda , masalan, BSFda unchalik yaqqol namoyon bо‘lmagan yedirilgan dizartriya (stertaya) shakli, hozirgi kunda kо‘pincha minimal dizartrik buzilishlar deb nomlanayotgan, maxsus tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar kuzatilayotgan shakllar ham kuzatilishi mumkin .
Kar va zaif eshituvchi о‘quvchilar ichida artikulyatsion motorika buzilishlari, lab, til muskullarining tortishishi, artikulyatsion harakatlarning noaniqligi, ma’lum artikulyatsion pozitsiyalarni saqlashda va bir harakatdan ikkinchi harakatga о‘tishdagi qiyinchiliklar kuzatiladi.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda bunday nuqsonlar tashqi kо‘rinishga qarab aniqlanadi: og‘izni ochiq holati, tilni о‘rtasidan bir tomonga og‘ishi, sо‘lakni oqib turishida.
Kо‘p hollarda bolalar bir qancha tovushlarni alohida tо‘g‘ri talaffuz qiladi, ammo iboraviy nutqda ular buzib talaffuz qilinadi. Artikulyatsion mashqlarni bajarishning sekinligi va ovoz tarqalishining zaifligi xos. Talaffuz ustida ishlashda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlar: sirg‘aluvchi, affrikat va titroqli tovushlarni nutqga kiritishda katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularni tо‘g‘ri talaffuz qilish uchun kuchli havo oqimi, nutq organlarining harakatida muskullar bosimi, masalan: til uchini miklarga qadash, til о‘rtasini kо‘tarish va hakazo.
Keltirilgan nutqiy nuqsonlar va dinamikasi tahliliga asoslanib, ularni bartaraf etishda bizning fikrimizcha, ularni dizartrik buzilishlar qatoriga kiritish tо‘g‘ri bо‘ladi. Umuman bunday nuqsonli bolalarga nutqiy motorikaning buzilganligi xos bо‘ladi. Buzilishning namoyon bо‘lish darajasi nevrologik holat anamnezining og‘irligiga kо‘ra turlicha bо‘lishi mumkin. Nutqiy nuqsonni aniqlash va dizartrik nuqsonlar qatoriga qо‘shishda biz yaqqol namoyon bо‘ladigan artikulyatsion apparatdagi funksional buzilishlarni,logopediyada tavsiflangan dizartriya shakllarini hisobga olgan holda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tekshiruvdan о‘tkazdik.
Dizartriya kо‘rinishidagi nutq nuqsonlari va eshitiu nuqsonlari qо‘shilib kelgan bolalarning nutqiy faoliyatini baholay turib, birlamchi nuqsonning о‘ziga xosligi va namoyon bо‘lishiga , shuningdek, eshitish darajasiga e’tibor qaratish kerak. Aynan shu ma’lumotlar bu toifa bolalar muhtoj bо‘lgan korreksion-tayyorlov, logopedik ishlarni tashkil etish va qayta ishlashga asos bо‘lishi kerak.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda ochiq rinolaliya asorati bо‘lgan tanglay rivojlanishidagi kamchiliklar, tanglaydagi yoriqliklarni aniqlash mumkin.
Shuningdek, tovushlar talaffuzida artikulyatsiyaning buzilishi oqibatida, akustikaning meyordan chiqishi, gipo yoki gipernazallik (burunlanish) kuzatiladi. Nutqning ravonligiga ta’sir etuvchi karlardagi talaffuz nuqsonlaridan biri ochiq yoki yopiq manqalanish bо‘lib, unlilarni dimog‘da tallaffuz qilinishida, yoki ularni til orqa undoshlar bilan birga dimog‘da , huddi inglizcha “ng”(ng) kabi tallaffuz qilinishida namoyon bо‘ladi. Bunday nuqsonni paydo bо‘lishi talaffuz paytida artikulyatsiya organlarining noaniq faoliyatida va eshituv nazorati imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan tushuntiriladi. Kо‘rilayotgan holatda talaffuz nuqsoni nutq apparatining anatomo-fiziologik kamchiliklariga bog‘liq bо‘lib, bunda fonatsiya, tovushlar artikulyatsiyasi meyordan farq qiladi. Bu nutq nuqsonlariga ega bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqi ustida ishlashni qiyinlashtiradi.
Bunday bolalar bilan ishlash malakasi unchalik katta emas, chunki bunday holat amaliyotda kam uchraydi.Ammo , shu narsa ma’lumki, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda rinolaliya kabi nutq nuqsoni qо‘shilib kelganda olib boriladigan korreksion ishlarda saqlangan analizatiorlarni kompleks holda qо‘llashga tayanish, shuningdek, ta’limda zarur texnik vositalardan keng foydalanish mumkin, masalan, vibroskoplar, “Kо‘rinarli nutq” kompyuter dasturi va boshqalar.
Boshqa ahamiyatli guruhni alaliya turidagi nutq buzilishlariga ega bо‘lgan bolalar tashkil etiladi.Bu nutqiy nuqsonni eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda aniqlash ikoniyati nuqtai nazaridan qaraganda, aniqlash imkoniyati ancha qiyin. Differensial tashhis qilishning murakkabligi alaliya va karlikdagi nutqiy hodisalarini tashqi о‘xshashligi bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda mavjud nutqiy klassifikatsiyalarni – tibbiy va psixologik-pedagogik tavsifni e’tiborga olgan holda biz “ alaliya” atamasini tibbiy klassifikatsiyasiga kiritib, ongli ravishda “ nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi”, “nutqiy rivojlanishning sustlashuvi” atamalaridan qochdik, bunday nuqsonni eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning ikkilamchi nuqsonlariga kiritdik. Avvaliga, eshitmaydigan bolalarda bunday nutq nuqsonlaridagi belgilar, shubhasiz, lug‘atni boyitish va faollashtirish bо‘yicha ishlarni natijalariga ta’sir kо‘rsatdi. Daktil nutqni idrok etish, nutq ma’nosini , qaratilgan nutq mazmunini tushunishda о‘ziga xos qiyinchiliklar kuzatildi.Shunga о‘xshash ma’noviy xatoliklar bolalarning predmetlarni, ular bilan faoliyatni, savollarga javob berishdagi daktil nutqlarida ham kuzatildi. Daktil nutqda ham, yozma nutqda ham sо‘zlarni buzilishiga xos bir qancha xatoliklar mavjud bо‘ladi.
О‘quv jarayonida bolalar boshqalarga qaraganda nutq materialini sezilarli darajada sekin egallashadi.Bunday nutq nuqsoniga ega eshitmaydigan bolalarda ba’zi neyrofiziologik, elektroensefalografik buzilishlar ham aniqlandi.
Eshitmaydigan bolalardagi alaliya nutq nuqsoni asosida suzning daktil-tovush-harf tarkibiniegallash jarayoninig buzilishi yotadi. Bu о‘quvchilar sо‘zni aytishda katta qiyinchiliklarga uchraydi, uning tug‘ri belgili obrazini о‘zlashtira olmaydi. Ularning og‘zaki nutqini tekshirish va tovushlar talaffuzining shakllanishinii kuzatishlar bu talaffuz kamchiliklari artikulyatsion apparat nuqsonlari hisobiga kelib chiqmayotganligi haqida xulosa qilish imkonini beradi (Bu ba’zi hollarda kuzatilmaydi). Aniqlanishicha, о‘quvchilarning asosiy e’tibori biror bir tovushni talaffuz qilish uchun artikulyatsiya a’zolarini zarur holatga qо‘yishni uzoq izlashga qaratilgan.Buning sababi, aniq artikuyatsiya obrazlarini yaratishadagi qiyinchiliklari hisoblanadi. О‘quvchi kо‘rsatishi karak bо‘lgan artikulemalarni, ularning elementlarini ham, butun bir birlikda jamlangan atikulemalarni ham kо‘rsatishda bajarilayotgan nutqiy harakatlarni tushuna olmaydi. Shunga kо‘ra, bunday bolalarda о‘z nutqiy harakatlarini analiz va sintez qilishda yaqqol namoyon bо‘lgan qiyinchiliklar haqida gapirish mumkin.
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning sо‘zli xotirasini yangi sо‘zlarni о‘zlashtirish misolida baholay turib, nutqiy jarayonning ba’zi xususiyatlarini birlamchi xarakterdagi alaliya nutq nuqsoniga ega bо‘lmagan va shu nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga qiyoslaymiz.Eshitmaydigan alaliya nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda nutqiy hotiraning yetarli emasligi aniq namoyon bо‘ladi, bu shubhasiz, ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.Yangi sо‘zlarni о‘zlashtirish jarayoni va yod olingan sо‘zlarni eslab qolishdagi individual kо‘rsatkichlarini qiyoslash bizga bunday birlamchi nutqiy nuqson ba’zi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda ham kuzatilishi mumkinligi xaqida asoslanib gapirish imkonini beradi.Ularda nutqni sezilarli darajada rivojlanmaganligi kо‘pchilik eshitmaydigan bolalar kabi faqatgina eshitish nuqsoniga bog‘liq bо‘lmasdan balki mustaqil tabiatga ega. Kuzatilayotgan nutq buzilishi idrok jarayonlari kabi nutqning paydo bо‘lishiga ham ta’sir kо‘rsatadi.
Bu bolalar boshqa eshitmaydigan bolalrdan kо‘ra, nutqiy rivojlanishda sezilarli darajada sekin rivojlanadi. Sо‘zlarni о‘zlashtirishda mavjud “yо‘qotishlar” ularga о‘quv materialini tushunishni qiyinlashtiradi, ular xatto tanish materialni ham yetarli darajada о‘zlashtira olmaydi va yangilarin qayta ishlay olmaydi.
Shuni tan olish kerakki alaliya nutq nuqsoniga ega eshitmaydigan bolalarda nutqini rivojlantirish bо‘yicha ishlar olib borish juda qiyin.Bu yо‘nalishdagi tadqiqotlar davom etirilishini talab etadi.
Tadqiqot natijalari bizni turli toifadagi mujassam nuqsonli bolalar haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarni о‘qitish nazariyasida yana bir muhim ish bо‘g‘ini paydo bо‘lib, u differensial yondashuv bilan bog‘liq, bunda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashdagi maxsus metodlar va logopediya metodlari birlashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |