1.2 Dizartriya nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarni nutq kamchiliklarini tekshirish va aniqlashning sistemali usullari
Og‘ir nutq nuqsonlarini kompleks korreksiyalashda kо‘rsatilgan refleksoterapiya metodlaridan samarali foydalanish namunasi sifatida S.A. Ignatyeva, Y.A.Blinkovlar tomonidan bolalar va о‘smirlarda duduqlanishni bartaraf etish bо‘yicha ishlab chiqilgan va sinovdan о‘tkazilgan korreksiya usuli xizmat qiliо‘shshi mumkin. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: har bir duduqlanuvchi bola yoki о‘smir bilan chuqur tibbiy- psixologo- logopedik tekshirishdan keyin har biri uchun tekshirish natijalari hisobga olinib ishlab chiqilgan uch kurs refleksoterapiya о‘tkaziladi ( nuqtali uqalash va aurikuloelektropunktura). Har bir kurs 10 kunlik seanslardan iborat bо‘lib, duduqlanishni qaytalanishini oldini olish va refleksoterapiyaning samaradorligini mustahkamlash maqsadida I va II kurs oralig‘ida 10 kun; II va III kurs oralig‘ida 3-6 oy tanaffus qilinadi.
Tinchlantiruvchi( tormozlovchi) senslar vaqtida nuqtali uqalash olib borilib, bemorning boshi va tanasidagi 3-4 ta biologik faol nuftalar(BFN) uqalanadi, keyin, elektroreflesodiagnostika va terapiya uchun zarur asboblar yordamida 1-3 minut davomida og‘riqsiz mikrotok bilan quloq suprasidagi 4 akpunktur nuqtalarga ta’sir kо‘rsatiladi. Har bir seans nuqtali uqalash va aurikuloelektorpunktura ta’siri bilan birga 50- 60 daqiqaga chо‘ziladi. Davolash kurslarini ishlab chiqishda va ta’sir etish nuqtalarini tanlashda duduqlanuvchini uzoq tekshirish natijalari, ularning nutqiy va nonutqiy simptomatikasi, shuningdek, qо‘llanilayotgan refleksoterapiyaning kо‘rsatmalari va tavsiyalari hisobga olinadi.
Nuqtali uqalash jarayoni turli xil biologik faol nuqtalar birgalikda qо‘llaniladi.(G.Luvsan tavsifi bо‘yicha BFN, 1990).
Maktab yoshidagi nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar nutqiy nuqsonining og‘irlik darajasidan qat’iy nazar logopedik yordamni umumta’lim maktablaridagi logopedik punktda yoki og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar uchun mо‘ljalllangan maxsus maktablarda olishlari mumkin. Maktab logopunkti logopedining vazifasiga о‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqidagi kamchiliklarni bartarf etish, korreksion-logopedik bilimlarni pedagoglar va ota- onalar о‘rtasida tadbiq qilish, kamchiliklarga о‘z vaqtida ta’sir kо‘rsatish va bola nuqsonining oqibatida kelib chiqishi mumkin bо‘lgan ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish ham kiradi. Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalrning nutqiy faolligini oshirish haddan tashqari muhim bо‘lib,ularning kо‘pchiligi muloqotchanlikning pastligi bilan ajralib turadi. Shunga bog‘liq ravishda logopedik mashg‘ulotlarda turli xil muloqot vaziyatlari yaratilib, ular nafaqat nutqiy faollikni oshiradi, balki, bolalarning fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Nutqni rivojlantirishning barcha bо‘g‘inlari ustida ishlar olib boriladi: о‘quvchilarda nutqiy faoliyatga qiziqish rivojlantiriladi, uni yakuniy natijasini bashorat qilish qobiliyati shakllantiriladi. Korreksion ishlar yakka va guruhli logopedik mashg‘ulotlarda butun о‘quv yili davomida olib boriladi. Logopedik mashg‘ulotlarda tovushlar talaffuzi tuzatiladi, fonematik idrok rivojlantiriladi, lug‘at va nutqning grammatik qurilishi , bog‘langan nutq, о‘qish va yozuv ustida ishlar olib boriladi.
Nutq nuqsoni yorqin namoyon bо‘lsa va maktab logopunkti sharoitida baratarf etish imkoni bо‘lmasa, bola nutqiy nuqsonining og‘irligi tufayli ommaviy maktabda о‘qiy olmasa, ta’lim og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bollaar uchun mо‘ljallangan maxsus maktabda davom ettiriladi. Bunday maktablarda ikki xil bо‘lim faoliyat yuritadi: Nutqiy nuqsonlari yorqin namoyon bо‘lgan bollar uchun ( Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligining turli kо‘rinishlari: alaliya, afaziya, dizartriya) va og‘ir darajadagi duduqlanuvchi bolalar uchun. Bunday maktablarda ta’lim muddati ancha davomli bо‘lib, korreksion yо‘nalganlik yorqin namoyon bо‘lgan maxsus dasturlar bо‘yicha, korreksion- tarbiyaviy ta’sirlarning turli usullari va metodlari bilan, bir vaqtda nutqiy va nonutqiy kо‘nikmalarni meyorlashtirish asosida olib boriladi. Nutqi og‘ir buzilganlarning refleksoterapiya kompleksli korreksiya ishlari.
О‘smir va bolalarda ONB asosan deyarli hamma organ tizimlarining faoliyatini buzilishi bilan namoyon bо‘ladi. Sо‘ngi paytlarda kompleks davolash va proflaktik tarzda inson organizmiga ta’sir etishda reflekso terapiyadan keng kо‘lamdafoydalanib kelinmoqda.
Bular asosan quydagilardan iborat:
Bu tadbirlar asosan nutq buzilishilarining og‘ir formalari hamda duduqlanishda, dizartiriya, rinolaliya,afaziya va tovush buzilishlarida foydalaniladi. Shu narsalar aniq isbotlanganki nuqtali uqalash va aurikuloelektropunktura (quloq suprasiga qisqa tо‘lqinli tо‘k yubopish ) butun inson organizmiga orgon va tizimlarga nutqiy faoliyatiga ta’siri barcha nutqiy jarayonlarini samarali tiklashda olib boriladigan korreksiya ishlarini 2-3 barobarga kamaytiradi va bu bolalar, о‘smirlarni og‘ir nutqiy faoliyatni tiklashda yaxshi samara berishlari isbotlangan. Na’munali yuqorida keltirilgan usullardan refleksoterapiya kompleks korreksiya og‘ir nutq nuqsonli bolalar va о‘smirlarni duduqlanishini S.A.Ignatyeva, Y.A. Blinkovlar tomonidan ishlab chiqilgan bunda asosan medik-psihologik-logopedik tekshiruvlar asosan 3 kurs refleksoterapiya har bir bola uchun alohida-alohida о‘tkaziladi va tekshiruv yakuni inobatga olib boriladi.
Murakkab nuqsonga ega bolalar, masalan,zaif eshituvchi yoki zaif kо‘ruvchilikka ruhiy rivojlanishi sustlashganlik, aqli zaiflik qо‘shilib kelganda, tayanch-harakat apparati buzilishi bilan birga alaliya, afaziya, rinolaliya, og‘ir darajadagi dizartriya bilan aziyat chekayotgan bolalar mutahassislar bilan ta’minlangan, texnik sharoit yaratilganda, tibbiy xulosalarga kо‘ra, yakka dasturlar asosida tо‘liq yoki qisman ta’limda о‘quvchilar jamoasiga qо‘shilishi mumkin. Integratsiya darajasi, uning shakli va davomiyligi shifokor, psixolog, о‘qituvchi-logoped, defektolog va maktab uslubchilari maslahatlariga kо‘ra belgilanadi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni metodologik о‘rganish turli ilmiy sohalar bilan bog‘lqlikda kechadi: psixologiya, pedagogika, tibbiy sohadagi qator fanlar, ijtimoiy pedagogika. Bolalarga ta’limiy va tarbiyaviy yordam yagona pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanib, ta’lim va tarbiya metodlari, shakllari, vazifalari va maqsadini belgilovchi umumiy pedagogika bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga, umumiy pedagogikadagi ilmiy asoslarni rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga pedagogik yordam kо‘rsatish jarayonida qо‘llash aniq metodikalar, ta’lim texnologiyalari va mazmuni nuqson tabiatini hisobga olgan holda, qayta tuziladi, maxsus pedagogikaning turli sohalarida – tiflopedagogika, surdopedagogika, logopediya va olgofrenopedagogikada mavjud metodikalar va korreksion ta’sir metodlari takomillashtiriladi, yangi usullar ishlab chiqiladi.
Umumiy va maxsus psixologiyadan asosiy bilimlar nuqson tabiatini, bolani ruhiy rivojlanishi qonuniyatarini ochib berishga,mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni individual tarbiyasi va farqlangan ta’limini tashkil etishga yordam beradi.
Mujassam nuqson asosida markaziy nerv tizimining (MNS) jarohatlanishi, sensor sohalarning buzilishi, shuningdek, turli genetik omillar yotar ekan, ularni tushunish va hisobga olish uchun tibbiyotning turli sohalari - nevropatologiya, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, psixopatologiya, psixiatriya, odam genetikasi, oftalmologiya, foniatriya, otoriolaringologiya, surdodlogiya, pediatriya, ortopediya va boshqa sohalari bо‘yicha ma’lum bilimlar talab etiladi.
Ijtimoiy fanlar bilan ham uzviy aloqa kuzatilib, u butun hayotiy hodisalarni kechishi darajasini va insonni rivojlanishini tо‘liq qamrab oladi.Umumiy maxsus ta’lim tizimiga nisbatan rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning korreksion –pedagogik ta’lim va tarbiyasi qator sifatlarga ega integrallashgan kichik tizim hisoblanadi: uni tashkil qiluvchi elementlarni birligi va tо‘liqligi, kо‘p modullilik, ma’lum о‘zgaruvchanligi.
Hozirgi vaqtda rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalarga yordam kо‘rsatish rivojlanish bosqichida. Ammo u, maxsus korreksion muassasalarda, turli dasturlar, turli ta’lim boshqaruv organlari boshchiligida va metodik, meyoriy materiallarga tayanib amalga oshirilmoqda.
Dizartriyaning asosiy simptomlari ovoz va tovush talaffuzi kamchiliklarini artikulyatsion motorika, nutqiy-nafas olish nuqsonlari bilan birga kechishi sanaladi. Artikulyatsion motorikaning buzilishida lab, yuz-bо‘yin muskullarining spastikligi, gipotoniya-distoniya-muskulni о‘zgaruvchan tonusga ega bо‘lishi kuzatiladi. Dizartriyaning xususiy belgilari asosiy harakatlar, orol sinkinziyalar sanaladi. Ranololiyada anatoma-fiziologik nuqsonlarga asoslanuvchi ovoz va tovush talaffuz nuqsonlari kuzatiladi. Rinolaliya ochiq-yopiq va aralash turlari tasniflanadi.
Psixik rivojlanishi sust bolalarning kommunikativ hulqi xususiyatlari atrof-olamni anglash, odamlar bilan muloqotga extiyojni kamligi bilan asoslanadi. Bolalar muloqatga zaif undash sababli savollarga javob beramaydi, ovoz chiqarmay о‘ynashadi, lekin muloqotga undash keng doirada о‘z fikrini bayon etishga olib keladi.
Ilk bolalar autizmida kommunikativning hulq-atvorning qa’tiy va о‘ziga xos buzilishlar, verbal va noverbal muloqotning barcha shakllarini nuqsonlari uchraydi. Autizmli bola normal eshitishga ega bо‘lsa ham, kattalarning nutqiy topshiriqlariga javob bermaydi, ochiq negativlikni namoyon qiladi. Autizmli bola uchun odamlar muloqatidan qochish, suhbatdoshiga qaramaslik, undan qochish, psixomotor buzilishlari xosdir. Bola nutqni muloqot vositasi sifatida qо‘llamaydi, shu bilan birga unda nutqning potologik hususiyatlari (exologiya, nutqni skandirlash, prosodikaning buzilishi) kuzatiladi. Alaliyadan farqli ravishda, autizmda nutq 18-30 oylar davomida rivojlanishi mumkin, sо‘ng uning kommunikativ funksiyasi buziladi, bola atrofidagilar bilan muloqatni yо‘qotadi, ifodali artikulyatsiya jarayoni buziladi.
M. A. Povalyayeva (2001) bolalar nutqiy rivojlanish darajasini о‘rganib, diagnostik metodikalar nafaqat vrachlar balki defektolog, psixolog va logopedlar bilan olib borilishi kerak deb ta’kidlanadi. Qо‘llanilayotgan diagnostika samarasizligi, zaifligi klinik, pedagogik, logopedik tekshiruv ma’lumotlari bilan asoslanadi. Mavjud amaliyotda nutq nuqsonlarining differensial diagnostikasi tavsiya etilayotgan metodlar verballigi uchun murakkablashadi.
Diagnostik va korreksion metodikalarga quydagi talablar qо‘yiladi: bolalarga barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha bо‘lgan material tanlanadi, vazifalar bir-hil topshiriqlardan iborat bо‘ladi.
M.A Povalyayeva tomonidan qо‘yilgan talablarga asosan nutq diagnostikasi va korreksiyasi bо‘yicha metodika tanlanadi, moslashtirildi va modifikatsiya qilindi. Diagnostik va korreksion metodikalar о‘zaro bog‘langan bloklardan tashkil topuvchi sistem ta’sirga ega. Uning har biri о‘z maqsadi, metodi, vazifa, usul strategiyasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |