I BOB. DIZARTRIYA NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO’LGAN BOLALAR ALOHIDA HUSUSIYATLARI
1.1 Dizartriya nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilan pedagogik faoliyatni tashkil etish
Dizartriya- nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi oqibatida nutqning talaffuz tomonidan buzilishi. Bunda artikulyatsiyaning buzilishi, nutqning motor faoliyatida ishtirok etuvchi muskullardagi parezlar, tortishishlar, giperkinezlar yoki mushaklar ataksiyasi sababli nutqda undosh tovushlarni talaffuz qilish qiyinlashadi. Nutq tushunarsiz, noanik yoki chо‘zilgan, sekinlashagan, uzulishli bо‘ladi . Dizartriya jarohatlanish о‘chog‘iga qarab farqlanadi: bulbar, psevdobulbar, ekstrapiramidali, miyachali, qobiq osti.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar toifalari yetarlicha xilma -xil bо‘lib, unga alaliya, dizartriya, afaziya,rinolaliya va yaqqol namoyon bо‘luvchi duduqlanish kiradi. Ularning umumiy о‘ziga xos xususiyatlari - nutqning turg‘un tizimli buzilishi hisoblanib, odatda ular nevrologik va psixologik simptomlar, turli xil ruhiy faoliyatlarning orqada qolishi bilan qо‘shilib keladi. Davolovchi – pedagogik ish va logopedik korreksiya bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, nutqiy nuqsonning tuzilishi va namoyon bо‘lishi darajasini hisobga olgan holda, differensial holda tashkil etiladi.
Kommunikativ hatti -harakatlar yaxlit jarayon sifatida rivojlanishida turli xil nutqsonlarga ega bо‘lgan bolalarda buzilgan bо‘ladi. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar kabi, nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar ham hayotining birinchi yillaridan boshlaboq kommunikativ hatti -harakatlarni rivojlantirish bо‘yicha maxsus korreksion ishlar olib borilishiga muhtoj bо‘lishadi. Nutqning rivojlanishi- bu ona tili grammatik qonuniyatlari asosida turli xil muloqot vositalarining egallashdir.
Nutqning rivojlanishi va kommunikativ hatti -harakatlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar juda murakkab va tushunarsiz. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda kommunikativ hulq -atvor yetarlicha saqlangan yoki aksincha, duduqlanuvchi , tovushlar talaffuzida qо‘pol nuqsonga ega bо‘lgan bolalar deyarli atrofdagilar bilan muloqot qilmasliklari mumkin.
Motor alaliyali bolalarni tekshirishda nutqiy rivojlanmaganlikning qator о‘ziga xususiyatlarini hisobga olish zarur. Eng birinchi navbatdagi yaqqol qiyinchilik sо‘zlarning tovushli obarzini shakllanishida namoyon bо‘ladi: bunda bola passiv lug‘atga ega bо‘lishiga qaramasdan, bola sо‘zni talaffuz qila olmaydi, bunda yaqqol artikulyatsion motorikadagi buzilishlar namoyon bо‘lmasada, nutqiy praksis qiyinchilik bilan shakllanadi.
Motor alaliyada sо‘zning bо‘g‘in tuzilishini shakllanishidagi qiyinchiliklar hatto yaxshi tanish va sodda bо‘g‘inli sо‘zlarni faollashtirish, kattalar ketidan sо‘zlarni takrorlashda ham namoyon bо‘ladi
Tovush va bо‘g‘inlarning tushirib qoldirilishi,ularning noturg‘un va xilma xil о‘rin almashishlari, soddalashuvi hisobiga sо‘zlarning bо‘g‘in tuzilishining buzilishi xarkaterli xususiyatdir. Nutqiy muloqotda sо‘zlarni faollashtirishdagi qiyinchiliklar hisobiga tez -tez tо‘htamlar va tutilishlar kuzatiladi. Motor alalik bolalar nutqiy faolligining haddan tashqari pastligi bilan ajralib turadi. Kattalarni bolalar bilan muloqot qilishga urinishlarida kо‘pincha negativizmlar namoyon bо‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari motor alaliyada kommunikativ muloqotdagi qiyinchiliklar nutqiy faoliyat sifatida nutqiy jarayonni yuqori darajada avtomatlashuvini talab qilishi hisobiga ortadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda motor alaliyani vaqtinchalik qaytar holat hisoblanadigan , nutqiy rivojlanishning sustlashuvidan farqlash lozim,bu toifa bolalarda ona tilining grammatik meyorlarini о‘zlashtirish imkoniyatining muhim tashxislash meyori hisoblanadigan, motor alaliyada ular turg‘un buziladigan bо‘ladi.
Bolalar gapni, uning qismlarini grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzishda katta qiyinchiliklarga uchraydi. Nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda motor alalik bolalarga xos va ularda tug‘un bо‘lgan sо‘zning bо‘g‘in tuzilishining buzilishi va agrammtizmlar kuzatilmaydi.
Nutqning shakllanganlik darajasini tekshirishda nutqning impressiv va ekspressiv tomonlarini tekshirish uchun maxsus metodiklar qо‘llaniladi.
Motor alaliyali bolalarning impressiv nutqini tekshirishda asosiy e’tibor bola tomonidan aniq kо‘rsatmalar, predmetlar va harakatlarni bildiruvchi sо‘zlarning ma’nosini, turli murakkablikdagi gaplarning mazmunini tayanch rasmlar va rasmlarsiz tushunishlariga qaratiladi.
Bolaning ekspressiv nutqini tekshirishda boladan oddiy savollarga javob berish, predmetlar va harkatlarnining nomlarini aytish, bola imkoniyatiga qarab turli murakkablikdagi gaplar tuzish sо‘raladi.
NTR bolalar nutqini tekshirishda bolalarning psixologik rivojlanganlik darajasini yosh meyorlariga qarshi qо‘yadigan nutqiy kо‘nikmalar kо‘lami, nutqiy va bilish faolligi, nuqson va kompensator munosabatlari aniqlanadi.
Tekshirishning uchta bosqichi farqlanadi. Birinchi bosqich – mо‘ljal oluvchi. Logoped bolaning rivojlanish xaritasini ota- onalar sо‘ziga asoslanib tо‘ldiradi, hujjatlarni о‘rganadi, bola bilan suhbatlashadi. Ikkinchi bosqichda til tizimi komponentlari asosida tekshiriladi va olingan natijalar asosida logopedik xulosa chiqariladi. Uchinchi bosqichda bola ustidan ta’lim jarayonida dinamik kuzatish olib boriladi va nuqsonning namoyon bо‘lishi aniqlanadi.
NTR I darajali bolalarni tekshirishda nutqni tushunish, bolaning faol lug‘ati, nutqiy taqlid qilish imkoniyati,tovushlar talaffuzining о‘ziga xosligi, artikulyatsion apparatning holati aniqlanadi.
“ Yaqin rivojlanish zonasi”- sodda gaplarda ikkita sо‘zni baholay olish imkoniyati baholanadi.
NTR II darajali bolalarni tekshirishda ham nutqni tushunish,gaplarning grammatik qurilishi va kо‘lami, sо‘zlarning bо‘g‘in tuzilishi tekshiriladi.
NTR III darajali bolalarni tekshirishda gaplar tuzilishi va kо‘lami, seriyali syujetli rasmlar asosida hikoya tuza olish imkoniyati, qо‘shimchalardan foydalanish, sо‘z yasash kо‘nikmalari, tovushlar talaffuzi va fonematik idroki tekshiriladi.
Bolalarda tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar tekshirilayotganda funksional va mexanik dislaliya va dizartriya farqlanadi. Mexanik dislaliyada tovushlar talaffuzidagi buzilishlar artikulyatsiya a’zolaridagi anotomik nuqsonlar oqibatida kelib chiqadi. Dizartiyada esa, markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi hisobiga nutqning harakat mexanizmi aziyat chekadi, tovushlar talaffuzi bilan bog‘liq buzilishlar artikulyatsion motorikaning ( muskullar tonusining о‘zgarishi, ixtiyoriy harkatlar kо‘lamining chegaralanganligi, sinkineziya, tremor), tovushlarni hosil qilish va nutqiy nafasning yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‘liq bо‘ladi.
Duduqlanishda nutqning ritmi, tempi va ravonligi buzilib, bu kommunikativ hatti- harakalarning buzilishiga olib keladi. Tekshirish jarayonida nevrotik va nevrozga о‘xshash duduqlanish, evolyusion va pol-tern (qoqilishli) duduqlanish farqlanadi.
Nevrotik duduqlanish о‘tkir va yarim о‘tkir psixik travmalar natijasida paydo bо‘lib, unga quyidagi omillar sabab bо‘lishi mumkin: bola organizmining о‘ziga xos nevropatik tuzilishi, jismonan zaifligi, oiladagi nosog‘lom nutqiy muhit, bolaga haddadan tashqari kо‘p ma’lumotlar yuklash.
Duduqlanish odatda 2-6 yoshda aniq, yorqin tarzda nutqning erta va jadal rivojlanishi bilan birga paydo bо‘ladi. Tortishishli tutilishlar duduqlanuvchining nutqiy muloqoti sharoitidagi emotsional holatiga bog‘liq ravishda kuzatiladi.
Nevrozga о‘xshash duduqlanish markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi natijasida( anamnezada homiladorlikdagi og‘ir taksikozlar, homilaning tushushish havfi, asfiksiyalar, tug‘ruq paytidagi travmalar va boshqalar qayd etiladi ) paydo bо‘ladi. Bolalada duduqlanish 3-4 yoshda asta- sekin hech qanday tashqi sababalarsiz paydo bо‘la boshlaydi. Bunday bolalarning nutqi kechikib shakllanadi ( birinchi sо‘zlari-1,5 yoshda, iboralari -3-3,5 yoshda).Bu toifa bolalarda ravon nutq va nutq sifatiga bog‘liqlik davrlari kuzatilmaydi. Nutqiy vaziyatga bog‘liq ravishda nutqning sifati jismoniy yoki psixik charchaganda yomonlashadi.
Duduqlanishni namoyon bо‘lish shartlari orasida nutqiy va motor funksiyalarning konstitutsional–genetik xususiyatlari bilan, somatik –vegetativ xususiyatlarni emotsional soha xususiyatlari bilan rivojlanishining bir meyorda emasligi katta ahamiyatga ega. Tashqi shartlar orasida yetakchi rolni bolani noqulay atrof -muhit ta’siri ostidagi emotsional va nutqiy yuklamalarning kо‘pligi о‘ynaydi.
Duduqlanishning muhim shartlari: о‘ziga xos nutqiy hulq -atvorning asta -sekin shakllanib borishiga bog‘liq ravishda uni turlicha namoyon bо‘lishi, uning tuzilishi nafaqat duduqlanish bilan, balki, emotsional – shaxsiy va somatik – vegetativ buzilishlar bilan belgilanadi; uning о‘ziga xos kechishi (tо‘lqinsimon); shaxsning umumiy asabiylashuvi bilan birgalikdagi logofobiya ( muloqotdan qо‘rqish); yorqin tashqi duduqlanish belgilari kompleksi- nutqda ishtirok etuvchi muskullarning tortishishli harakatlari, qо‘shilib keladigan harakatlar va “tutilishlar” kuzatiladi .
Duduqlanishni nutqiy buzilishidan farqlash lozim. Bu kasallik bosh miyaning organik jarohatlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, nutqni tushunarsizligi, takroriyligi, uzilishliligi, keraksiz tо‘htamlar, doimiy bо‘lmagan va turli xil artikulyatsion buzilishlar, о‘z nuqsoniga nisbatan tanqidiy munosabatning yо‘qligi bilan xarakterlanadi.
Duduqlanishdan farqli о‘laroq, kо‘rsatib о‘tilgan kamchiliklar noturg‘un namoyon bо‘ladi, nutqiy vaziyatning murakkablashuviga bog‘liq bо‘lmaydi, nutqdagi uzilishlar duduqlanishdagi kabi nutqning avvalida emas, balki doimo va kо‘pincha artikulyatsion buzilishlar bilan qо‘shilib namoyon bо‘ladi.
Nutqiy buzilishlarning qо‘shilib kelishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bunday holatlar, dizartriya, nutq rivojlanishining sustlashuvi, nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, motor alaliyada kuzatiladi.
Dizartriyaning asosiy belgilari tovushlar talaffuzi va ovoz buzilishlarini artikulyatsion motorika, nutqiy nafas nuqsonlari bilan qо‘shilib kelishi hisoblanadi. Artikulyatsion motorika buzilishlarida til, lab, yuz va bо‘yin muskullarining spastikligi, gipotoniya kuzatiladi.
Rinolaliya ovoz tembri va tovushlar talaffuzining nutq apparatidagi anatomo – fiziologik nuqsonlariga bog‘liq ravishda buzilishi bilan farqlanadi. Kо‘pincha, ochiq organik rinolaliya tug‘ma yumosh va qattiq tanglay yoriqliklari, yumshoq tanglayning kaltaligi oqibati hisoblanadi. Tanglaydagi yoriqliklar bо‘lganda rinolaliya quyidagicha namoyon bо‘ladi:
1. Tilning holati va faolligi о‘zgaradi. Uning tansa orqaga bо‘g‘izga tortilgan, ildizi va beli esa, kuch bilan yuqoriga tortilgan bо‘ladi. Odatda til uchi yaxshi rivojlanmagan, falajlangan bо‘ladi.
2. Yumshoq tanglay harakatlarini tashkil etuvchi muskullar harakatining buzilishi passiv va kamharakat bо‘lib, og‘iz va burun bо‘shlig‘ini ajratmaydi.
3. Nutq analizatorlarining periferik bо‘limlari muskullarining о‘zaro faoliyatlarining buzilishi oqibatida sinkeniziyalar, tana a’zolarining pir- pir uchishi, nutqiy nafasning buzilishi paydo bо‘ladi.
4. Tovushlar talaffuzining total buzilishi. Barcha tovushlar burunli ottenka bilan talaffuz qilinadi.
Ochiq rinolaliyadagi buzilishlar mexanizmi burun – halqum tо‘sig‘ining yо‘qligi , kо‘pgina tovushlarni artikulyatsiya uslubi va о‘rnining almashinishi bilan belgilanadi.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda turg‘un tizimli nutq buzilishlari kо‘pincha bu toifa bolalarni ommaviy maktabda о‘qishga tayyor emasligini kо‘rsatadi. Maktab ta’limiga tayyorgarlikni shakllantirish bolaning ruhiy – asab faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq bо‘lib, u о‘z navbatida organizmning, eng avvalo, markaziy asab tizimining yetilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Yetarlicha tо‘laqonli nutqiy muloqotga, savod о‘rganish uchun zarur bо‘lgan turli darajadagi nutqiy materialni analiz va sintez qilishni о‘zlashtirmagan, nutq nuqsoniga ega bо‘lmagan bolalar maktabda о‘zlashtirmovchi bolalar qatorida bо‘lishi aniq. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarni maktabga tayyorligini aniqlashda qator kо‘rsatkichlar bilan birga klinik va ensefalografik tekshirishlar, kognitiv faoliyat xususiyatlarini hisobga olish zarur.
YE.M.Mastyukova (1997) ta’kidlashicha, nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi odatda, nevrologik va psixopatologik simptomatikalari qо‘shilib kelgan og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda kuzatiladi: bolalarning aqliy qobiliyati, ixtiyoriy faoliyati va xulq- atvor buzilishlari, qо‘zg‘aluvchanligi, harakatlarining chegaralanganligi, tez charchashi namoyon bо‘ladigan gipertenzion-gidrotsefal sindromda yaqqol kо‘rinadi. Bu bolalar issiqlik, dim havoga chidamsiz bо‘lishadi, ba’zan transportda yurganda bosh og‘rig‘i va bosh aylanishidan shikoyat qilishadi. Ularda yana serebrastenik sindrom ham kuzatilib, ba’zi hollarda umumiy hissiy va harakat havotirligi belgilari , boshqa vaqtlarda passivlik, bо‘shashish, tormozlanish holatlari qо‘shilib keladi.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bolalarning kо‘pchiligida nevrologik tekshirishda yaqqol kо‘zga tashlanmaydigan harakat buzilishlari aniqlanadi: muskullar tonusining о‘zgarishi, yengil gemi va monoparezlar, muvozanatni va harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, kо‘l barmoqlari muskullari harakatlairining buzilishi, umumiy va oral praksisnining shakllanmaganligi.
Ba’zi og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarga bilish faoliyatlarining buzilishi xos bо‘lib, ular nutqiy nuqsonning о‘ziga, shuningdek, aqliy qobiliyatning pastligiga ham bog‘liq bо‘ladi. Kо‘pchilik og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar hissiy - emotsional sohasining yetilmaganligi, hissiy bо‘shligi, affektiv qо‘zg‘aluvchanlikning yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tekshirishda diqqati yaqqol buzilgan vi giperfaol hulq- atvorli bolalarni ajaratish muhim ahamiyatga ega, chunki ,bu bolalar disleksiya va disgrafiya paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan havf- hatar gururuhini tashkil etadi. Amerika psixiatrlari assotsiatsiyasining ( 1987) belgilashicha erta tashxis mezonlariga quyidagilar kiradi: bolaning ortiqcha harakat faolligi; bolani tinch о‘tira olmasligi; tashqari ta’sirlardan о‘zini muvozanatini oson yо‘qotishi; sabrsizligi va tengdoshlari bilan о‘ynashda oson qо‘zg‘aluvchanligi, о‘yinda о‘z navbatinikutishda qiynalishi; savollarga savolni oxirigacha eshitmasdan javob berishi; о‘yi
Topshiriqlarini bajarishda diqqatini tо‘play olmaslik; о‘yin qoidalariga qiynchilik bina bо‘ysunadi, ammo negativizmlar kuzatilmaydi; о‘yinda “ sekin gapira” olmaydi; kо‘pincha boshqalarni gapini bо‘ladi yoki boshqa bolalarning о‘yinlarini buzadi. Meyoriy lateriallashuvdan chetga chiqish kо‘pincha nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar va ta’lim olishda qiynaladigan bolalarda kuzatiladi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni tekshirishda sog‘lom tengdoshlariga qaraganda bu toifa bolalarda chap qо‘l( chapaqay) bolalar ulushi kо‘pligi aniqlangan. Bu toifa bolalarning elektroensefalogramma (EEG) natijalari sog‘lom tengdoshlar tubdan farq qiladi.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar bosh miya qobig‘idagi da lateralizatsiya faoliyatining tо‘laqonli emasligi bilan qо‘shilib keladigan nutq zonalari va assotsiotiv zonalarining rivojlanishining sustlashganligini aniqlanishi mumkin.
Asosiy e’tiborni miyaning chap bosh yarim sharining nutq zonasida EEGda turg‘un nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi yoki sensor alaliyada epiletiformali faollikning mavjudligiga qaratish kerak.
Elektroensefalografik tekshirish shuningdek, intellektual yetishmovchiligiligining alohida shakli nutq nuqsoni va autik hulq-atvor bilan qо‘shilib keladigan- X- xromosomalarning sinish sindromini aniqlash imkonini beradi.
Maktabgacha yoshdagi og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarni neyropsixlogik tekshirish uni diagnostik- ta’limiy yondoshuv yordmida ichki imkoniyatlarini aniqlash imkonini beradi. U quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:
1) individual asimmetrik tuzilishini aniqlash:
A) yetakchi qо‘lni aniqlash;
B) yetakchi oyoqlar;
V) yetakchi kо‘z;
G)yetakchi quloq.
2) kо‘ruv gnozisi, analiz va sintez, fazoviy tasavvurlarini tekshirish:
A) predmetli gnozis;
B) harfli gnozis;
V) simultan gnozis;
G) optik-fazoviy gnozis.
3) mnestik faoliyatni tekshirish:
A) kо‘ruv xotirasi;
B)nutq- eshituv xotirasi;
4) diqqatni tekshirish;
5)Tafakkurni tekshirish:
A) predmetlarni guruhlarga ajratish;
B) notо‘g‘ri vaziyatlarni tushunish;
V) voqealar ketma- ketligi tasvirlangan syujetli rasmlar mazmunini tushunish;
G) matnni qayta sо‘zlash.
6) motor faoliyatlar holatini tekshirish. Logopedik tekshirish quyidagi bо‘limlardan tashkil topadi:
1) umumlogopedik amaliyot metodlari bilan tovushlar talaffuzi holatlarini tekshirish ;
2) sо‘zning tovush- bо‘g‘in tuzilishi holatini aniqlash;
3) fonematik idrok va fonematik tasavvurlarini tekshirish;
4) til analizi va sintezini tekshirish;
5) nutqning leksik grammatik qurilishini tekshirish;
6) monologik bog‘langan nutqni tekshirish.
Shu tariqa, klinik ma’lumotlar, elektroenetsefalografik kо‘rsatkichlar , og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarning neyropsixologik va logopedik tekshirish natijalari, birgalikda klinik tashxis, logopedik xulosa chiqarish uchun, bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligini tekshirish, maktab ta’limi va ijtimoiylashuvini oldindan bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar bilan davolovchi- pedagogik ishlar differensila tarzda, bosqichma- bosqich nutqiy nuqson tuzilishi va uni namoyon bо‘lishi darajasiga bog‘liq ravishda tashkil etiladi. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarning katta guruhini nutqni tо‘liq rivojlanmagan(NTR) maktabgacha yoshdagi bolalar tashkil etadi.
Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi osti meyoriy eshitish va intellektdada bolalarda nutq tizimining barcha komponentlarini:fonetik, fonematik va grammatik tomonlarini shakllanishini buzilishi tushuniladi. Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bolalar nutqniy patologiyasining ancha murakkab shakllarida kuzatilishi mumkin:alaliya, afaziya,rinolaliya, dizartriyada, bunda bir vaqtda lug‘atning , nutqning grammatik qurilishi va fonetik – fonematik rivojlanishning buzilishi aniqlanadi.
NTR bolalar uchun quyidagilar xos: nutqning kech rivojlanishi; nutqiy faollikning pastligi;kundalik og‘zaki nutqni tushunish saqlangan holda ekspressiv nutqning orqada qolishi; diqqatning tarqoqligi; verbal xotiraning pastligi; nutqiy- mantiqiy tafakkurning rivojlanishini orqada qolishi; harakat sohasining rivojlanishini orqada qolishi; affektiv- iroda sohasining о‘ziga xosligi.
R.YE. Levina va uning labaratoriyasi hodimlari tomonidan (1969) nutqning tо‘liq rivojlanmaganligining namoyon bо‘lishi davrlari ishlab chiqilgan. Har bir daraja nutqiy komponentlarni shakllanishini orqada qoldiruvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsoning о‘zaro munosabatda namoyon bо‘lishi bilan xarakterlanadi. Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini namoyon etuvchi uchta nutqiy rivojlanish darajasi farklanadi.
Nutqning tо‘liq rivojlanmagligining birinchi darajasi. Bolalarning faol lug‘ati noaniq talaffuz qilinadigan bir nechta kundalik ishlatiladigan sо‘zlar, tovushlarga taqlid va tovushlar kompleksidan iborat bо‘ladi. Mimika va kо‘rsatish jestlaridan keng foydalaniladi. Bolalarda idrok va bо‘g‘ilar tuzilishini takrorlash qobiliyati cheklangan bо‘ladi.
Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligining ikkinchi darajasi. Bu darajaga о‘tish bolaning nutqiy faolligini ortishi bilan xarakterlanadi. Muloqot doimiy qо‘llaniladigan vositalar orqali amalga oshiriladi, lug‘ati hali chegaralangan, tovushlar talaffuzi buzilgan bо‘ladi. Bolalar faqatgina 2-3 , ba’zan 4 ta sо‘zdan iborat sodda gaplardan foydalaniladi. Lug‘at boyligi sezilarli darajada yosh meyoridan orqada qoladi: bolalar predmetlarning rangini, shaklini, hajmini, tana a’zolarining nomlarini, hayvonlar va ularning bolalarini nomlarini, kiyimlar, mebellar, kasblarni bilmaydi. Grammatik qurilmalardan foydalanishda qо‘pol xatoliklar kuzatiladi . Nutqning fonetik tomoni kо‘p tovushlarning buzilishi, ularni almashtirilishi va qorishtirilishi bilan xarakterlanadi. Bu darajada ham sо‘zlarning tovush- bо‘g‘in tuzilishini о‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar va fonematik idrokning yetishmasligi о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘lishda davom etadi.
Nutqning tо‘liq rivojlanmaganligining uchinchi darajasi yoyiq iboraviy nutqning leksik-grammatik va fonetiko- fonematik rivojlanmaganlik elemetlari bilan mavjudligi bilan xarakterlanadi va quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: tovushlar talaffuzining farqlanmaganligi, tovushlarni almashtirilishining turg‘un emasligi, tovushlarni о‘rnini almashtirilishi, ketma- ket kelgan undoshlarni tushirib qoldirilishi. Faol lug‘atda otlar va fe’llar mavjud bо‘ladi. Nutqda asosan keng tarqalgan yoyiq gaplar otlarni sonlarga, fe’llarni shaxs-songa moslashtirishdagi va kelishik qо‘shimchalaridan foydalanishdagi kamchiliklar bilan qо‘llaniladi. Qaratilgan nutqni tushunish meyorga yaqinlashadi.
NTR bolalarning korreksion ta’limi asoslari qator olimlarning psixologik-pedagogik tadqiqotlarida ishlab chiqilgan(R.YE.Levina,L.F.Spirova, N.A.Nikashina, G.V.Chirkina, T.B. Filicheva, A.V.Yastrebova va boshq.).
Bolalar nutqini shakllantirish quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
- NTRning belgilarini va uni bolning umumiy psixologik rivojlanishiga ta’sirini erta aniqlash;
- Nuqsonli va saqlangan nutqiy faoliyatlar bо‘g‘inlarining о‘zaro munosabatlari asosida kelib chiqishi mumkin bо‘lgan kamchiliklardan о‘z vaqtida ogohlantirish;
- Nutqiy muloqot taqchilligi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy oqibatlarni hisobga olish;
- Bolalar nutqini meyorda rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish;
- Tilning fonetiko- fonematik va leksik- grammatik komponentlarini о‘zaro uzviy bog‘liqlikda shakllanishi;
- Turli darajadagi NTR bolalar bilan logopedik ishlarda differensial yondoshuv;
- Nutqiy jaryonlar, tafakkur va bilish faoliyatlarining shakllanishining birligi;
- Bir vaqtda bolaning intellektual, sensor va iroda sohasiga korreksion- tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish. (42.)
Bola hayotining birinchi yilidagi har qanday nuqson eng avvalo, nutqiy orqada qolishda namoyon bо‘ladi, keyin bolada muloqot bilan bog‘liq qо‘shimcha boshqa muammolar paydo bо‘ladi.
Bolani odamlar qurshaydigan muhitdan ( bolalar guruhlar, oila va hakozo) ajratib qо‘yishga bolani psixik rivojlanishini orqada qoldiruvchi deprivatsion vaziyat sifatida qaraladi. Ayniqsa, bola nutqini rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi emotsional deprivatsiya, bu bola tug‘ilganidanoq, mehr-muhabbat,iliqlikni his etmasligidir.
Nutqnning tо‘liq rivojlanmaganligida logopedik ishning vazifasi bola nutqining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda muloqot vasitalarini bosqichma- bosqich shakllantirish hisoblanadi.
Ta’limning birinchi bosqichida bola deyarli gapirmaydi, bu davrda logopedik nutqni tushunishni rivojlantirishdan boshlanadi. Mashg‘ulotlar о‘yin shaklida tashkil etilib,albatta nutqiy materialni kо‘p marta takrorlanishi va nutqiy muloqotga ehtiyoj uyg‘otishni kо‘zda tutadi. Shu bilan bir vaqtda bolada tovushlarga taqlid qilish va amorf- sо‘zlar yordamida muloqot qilish shakllantiriladi.
Nutqni tushunish bо‘yicha ishlar о‘yin metodlari va tovushlarga , hayvonlar ovozlariga taqlid qilish usullarini qо‘llash orqali amalga oshiriladi. Bolalar predmetlar va ularning harakatlarini sо‘zli nomlanishiga moslashtirishga о‘rgatiladi, ularning passiq lug‘ati predmetli vaziyatlarni, musiqa mashg‘ulotlari, tasviriy faoliyat, ekskursiya, sayrlar va boshqalarni qо‘llash orqali boyitiladi.
Ta’limning keyingi bosqichida bolalarning mustaqil nutqini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Bolalar yaqinlarini va oson ismlarni aytishga, iltimoslarini jistlar bilan birgalikda namoyon qilishga о‘ratiladi. Avval bir bо‘g‘inlik, keyin ikki, uch bо‘g‘inli sо‘zlarni aytish о‘rgatiladi. Bu sо‘zlar sodda gaplarda qо‘llaniladi. Logoped bolalarni nutqiy muloqot qilishga undaydi va savollarga qisqa javob berishga о‘rgatadi, bolani nutqni idrok etishi rivojlantiriladi. Asta- sekin bola о‘zlashtirgan sо‘zlarini ikki sо‘zli gaplarda qо‘llashga о‘rgatiladi.
Ishning keyingi bosqichida ikki sо‘zli gaplarni tuzish va nutqni tushunishni rivojlantirish bо‘yicha topshiriqlar kо‘lami orttiriladi. Bola predmet va uning faoliyati о‘rtasida grammatik bog‘liqlikni о‘rnatishga, sodda gaplar tuzishga о‘rgatiladi, sо‘zning bо‘g‘in tuzilishi rivojlantiriladi: sо‘zlarni bо‘g‘inlarga ajratishga, sо‘zdagi bо‘g‘inlarni chapakchalib aniqlashga о‘rgatiladi.
Ishning keyingi bosqichlarida gaplar kо‘lami kengaytirilib, asosiy e’tibor ot, fe’l, otning kelishik qо‘shimchalaridagi grammatik shakllarni tushunilishiga qaratiladi. Bolalar bir nechta sо‘zlardan foydalanib gaplar tuzishga , savollarga javob berishga, sо‘zlarning grammatik shakllarini taqqaslashga о‘rgatiladi. Tovushlar talaffuzini tuzatish ustida ishlar olib boriladi, shuningdek, kichkina she’lar yod ola boshlaydi. Keyin, ishlar yoyiq gaplar va bog‘langan nutqni rivojlantirish ustida olib boriladi.
Dizartiyada ham logopedik ishlar bosqichma- bosqich amalga oshirilib, unga artikulyatsion gimnastika va massaj, logopedik ritmika va dori- darmonli davolash qо‘shiladi. Logopedik ta’sir dizartiriya shaklllariga, bolaning nutqiy va psixologik rivojlanganlik darajasi, individual va yosh xususiyatlarini hisobga olib farqlanadi . (4;51)
Ochiq rinolaliyada korreksion logopedik ta’sir operatsiyagacha- uranopalstikagacha boshlanadi. Logopedik ishlar odatda tо‘rtta bosqichga bо‘linadi.
1. Bola va uning artikulyatsion apparatini obturator yoki uranoplastikaga tayyorlash.
2. Obturator qо‘yilgandan keyin tanglay- yutqun birikishini faollashtirish yoki operatsiyadan keyin yumshoq tanglayni tinch turishiga о‘rgatish.
3. Ovozdagi burunli ottenkani yо‘qotish, tovushlar talaffuzini tuzatish.
4. Yangi kо‘nikmalarni tо‘liq avtomatlashtirish.
Butun dunyo olimlarini duduqlanish muammosiga ham nazariy ham amaliy tomonlan katta qiziqishi bu muammoning qanchalik dolzarbligidan dalolat beradi. Duduqlanish muammosi mamlakatimzdagi bir qancha olimlar tomonidan о‘rganib chiqilgan.
Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy kompleks yondoshuv о‘z ichiga bir qator davolovchi- sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar kompleksi va bosqichli logopedik ishlar tizimni qamarab oladi. Davolovchi- pedagogik tadbirlarning maqsadi: duduqlanishni va unga qо‘shilib keladigan ovoz, nafas, motorika va nutq buzilishlarini yо‘qotish yoki sustlashtirish; shaxs va uning hulq- atvorini qayta tarbiyalash, duduqlanuvchini ijtimoiy hayotga moslashtirish.( V.A. Gilyarovskiy, F.A.Rau, M.YE. Xvatsev, N.A.Vlasova, S.S.Lyapidevskiy, V.I. Seliverstov va boshq.).
Duduqlanishni logopedik korreksiyalash jarayonida asosiy e’tibor maxsus nutqiy mashqlarga qaratilib, ular hamkorlikdagi,akslangan, savol- javobli, mustaqil nutq bosqichlarida qayta ishlanib, takomillashtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan bosqichli kompleks ishlar tizimi nutqni korreksiyalashning barcha bosqichlarida – hamkorlikdagi nutqdan mustaqil nutqgacha bо‘lgan davrda G.A.Volkova tomonidan ishlab chiqilgan о‘yin faoliyatidan foydalanib tashkil etiladi.
Duduqlanuvchi bolalalarni bо‘shashatirish ga о‘rgatish maqsadida qо‘llaniladigan о‘yinlar va о‘yinli mashqlar I.G.Vigodskiy, YE.L. Pellinger, L. P.Uspekskiy metodikalarida logopedik ta’sir bosqichlariga mos rvaishda qо‘llaniladi: sukut saqlash, tо‘g‘ri nafasni tarbiyalash, qisqa iboralar bilan muloqot qilish, yoyiq gaplarni faollashtirish, mustaqil nutqiy muloqot bosqichlarida.
Bolalarda duduqlanish muammosini psixologo- pedagogik nutqtayi nazardan, duduqlanishni esa, -“nutqning kommunikativ faoliyatining buzilishi” sifatida qayd etgan R.YE. Levina duduqlanuvchi bolalarda nutqning kommunikativ faoliyatini rivojlantish g‘oyasini ilgari surdi va о‘z holicha mustaqil “ mexanik”, yodalangan nutq shakllaridan foydalanishning samarasiz ekanligini isbotladi. Bu konsepsiyani qо‘llab –quvvatlagan holda N. A. Chevelyova maktabgcha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan qо‘l mehnati (tasviriy faoliyat)dan foydalangan holda olib boriladigan korreksion ishlar tizimini ishlab chiqib, bunda bolalarda 8-9 oy ta’limdan keyin duduqlanishsiz mustaqilnutq shakllantirilib, u bolalarga oson va yengil vaziyatli nutqdan boshlanib, kontekstli nutqni egallash bilan yakunlanadi.
“ Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarning ta’lim va tarbiyasi” maxsus dasturi va umumta’lim maktabi о‘quvchilarida duduqlanishni barataraf etish metodikasi A.V. Yastrebova tomonidan ishlab chiqilgan bо‘lib, u ham duduqlanuqchi bolalar tomonidan erkin mustaqil nutq kо‘nikmalarini- sodda vaziyatli shaklidan kontekstli nutqgacha asta-sekin egallanishi kо‘zda tutib, bunda bolalar bog‘chasi va umumta’lim maktablari dasturlarining asosiy bо‘limlari materiallaridan foydalaniladi.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar kompleks davolovchi- sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarga muhtoj: kun tartibiga amal qilish, chiniqish, massaj, fizoterapiya, harakat faoliyatlarini rivojlantirish va harakat buzilishlarini tuzatish.
Og‘ir nutq nuqsonlarini korreksiyalash kompleksida refleksoterapiY.
Og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar va о‘smirlarda odatda, bir vaqtda va о‘zaro bog‘langan organizmning qator tizimlari faoliyatini chegaralanganligi kuzatiladi.
Korreksion ta’sir samaradorligini oshirish, reabilitatsiya muddatini optimallashtirish yaqqol nutqiy patologiyaga ega bо‘lgan shaxslarni kompleks reabilitatsiyasi tizimida tibbiy va pedagogik metodikalarni integratsiyasiga xizmat qiladi. Sо‘nggi yillarda inson organizmiga davolovchi- pofilaktik ta’sir tizimida refleksoteratiya keng qо‘llanilmoqda: nina sanchish, massaj, aurikuloterapiya, lazerli va elektopunktura, mikrotо‘lqinli rezonasli terapiya va boshqalar. Olib borilgan tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, og‘ir nutq nuqsoniga ega ( duduqlanish, dizartriya, rinolaliya, afaziya, ovoz buzilishlari) shaxslarning kompleks reabilitatsiyasi tizimida ba’zi refleksoterapiya turlarini qо‘llanilishi yetarlicha samarali ekan. Xususan, nuqtali uqalash va aurikuloelektropunktura ( mikrotok bilan quloq suprasidagi akpunktur nuqtalarga apparatli ta’sir kо‘rsatish ) metodlaridan inson organizmiga, a’zolar va nutqiy faoliyat bilan bog‘liq tizimlarga maqsadli ta’sir kо‘rsatish artikulyatsion, nafas va ovoz buzilishlarini barataraf etishga xizmat qiladi; nutqning nerv bilan bog‘liq boshqarish buzilishlarini tiklaydi; bolalar va о‘smirlardagi og‘ir nutq buzilishlarini barataraf etish muddatlarini 2-3 baravar qisqartirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |