NAZORAT SAVOLLARI:
Tarix sо’zi qanday ma’noni bildiradi?
О’zbekistonning yangi tarixi fani nimani о’rganadi?
Tarixni о’rganishda qanday metodologik tamoyillarga tayanish lozim?
Tarixiylik tamoyilini qanday tushunasiz?
Tarixni о’rganishda xolislik, ilmiylik tamoyilining talablari nimalardan
iborat?
О’zbekiston tarixini qanday yirik davrlarga bо’lish mumkin?
Davlatning paydo bo’lishi va jamiyatni davlat yo’li bilan boshqarilishi to’g’risida so’zlab bering.
Jahon tarixidagi eng qadimgi davlatlar qaysilari?
Markaziy Osiyo hududida ilk davlat uyushmalari qachon paydo bo’la boshladi va ular qaysilari?
O’zbek davlatchiligining tarixiy davrlari to’grisida so’zlab bering.
2-MAVZU. YUKSAK INTELLEKTUAL SALOHIYATLI, MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH, KOMIL INSONNI VOYAGA YETKAZISHDA TARIX FANINING O’RNI
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari.
2. IX-XII va XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo Renessansi.
3. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni о‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
Tayanch tushunchalar: madaniy yuksalishning, Xorazm Ma’mun akademiyasi, muhaddis, sivilizatsiya, Bayt ul-hikma, renessans, Markaziy Osiyo Renessansi, Ulug’bekning ilmiy maktabi, memorchilik, san’at.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. XX asrning mamlakatimiz xalqlariga bergan eng buyuk va oliyjanob ne’mati - bu О‘zbekiston milliy davlat mustaqilligining qо‘lga kiritilishi bо‘ldi. Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bо‘lish, tom ma’nodagi istiqlol mustaqillikka erishish xalqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu orzu-armoni edi. Bu maqsad yо‘lida millatning ming-minglab farzandlari о‘z jonlarini qurbon qildilar.
О‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligi xalqimizning hur, erkin, ozod yashab, о‘z taqdirini о‘zi belgilash, hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi.
Ammo qо‘lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligini saqlab qolish uni siyosiy, iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli bir vazifadir.
Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog‘lik ular ongida shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir.
Yosh avlodga о‘z ona tarixini bildirmasdan, tarixiy voqea va hodisalarni tahlil etmasdan, tarixiy bilim va tarbiya bermasdan uning ongida milliy о‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish mumkin emas. Shunday ekan, mustaqil О‘zbekiston ta’lim tizimida Vatan tarixini mufassal, asosiy fan sifatida о‘qitish bugungi hayotimizning eng dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib qolishi - bu davr taqozosidir.
Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevralda imzolangan "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi PQ-2789-sonli qaroriga asosan, bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari Fanlar akademiyasi tarkibiga о‘tkazildi. Ularning qatorida akademik institut maqomiga qaytadan ega bо‘lgan, tarixiy ilm-fan va ta’limning barcha bо‘g‘ini rivojlanishida yetakchi sifatida hissa qо‘shadigan - Tarix instituti bor. Amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi sifatida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha Jamoatchilik kengashi Fanlar akademiyasi huzuridagi О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi, shu bilan birga, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi О‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bо‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga о‘tkazildi.
О‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish hamda о‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, о‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim hamda boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari hamda tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar о‘quvchilarida, oliy о‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan О‘zbekistonning eng yangi tarixi bо‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi: demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning "о‘zbek modeli" mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bо‘yicha keng kо‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda О‘zbekistonning roli va о‘rnini chuqur о‘rganish va yaqqol ochib berish.
XX asrning mamlakatimiz xalqlariga bergan eng buyuk va oliyjanob ne’mati - bu О‘zbekiston milliy davlat mustaqilligining qо‘lga kiritilishi bо‘ldi. Chunki mustamlakachilik zulmi va muteligidan ozod bо‘lish, tom ma’nodagi istiqlol mustaqillikka erishish halqimizning uzoq yillardan beri kutgan ezgu orzu-armoni edi. Bu maqsad yо‘lida millatning ming-minglab farzandlari о‘z jonlarini qurbon qildilar.
О‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligi xalqimizning hur, erkin, ozod yashab, о‘z taqdirini о‘zi belgilash, hal qilishdek buyuk baxt bugungi avlod vakillariga nasib etdi.
Ammo qо‘lga kiritilgan milliy davlat mustaqilligini saqlab qolish uni siyosiy, iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni barpo qilish mislsiz darajada murakkab va sharafli bir vazifadir.
Bu vazifaning qay darajada bajarilishi mamlakatimiz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy saviyasi, milliy istiqlol mafkurasining nechog‘lik ular ongida shakllanib, hayotiy dunyoqarashiga aylanishi bilan mushtarakdir.
Yosh avlodga о‘z ona tarixini bildirmasdan, tarixiy voqea va hodisalarni tahlil etmasdan, tarixiy bilim va tarbiya bermasdan uning ongida milliy о‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish mumkin emas. Shunday ekan, mustaqil О‘zbekiston ta’lim tizimida Vatan tarixini mufassal, asosiy fan sifatida о‘qitish bugungi hayotimizning eng dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib qolishi - bu davr taqozosidir.
О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining yaxlit konsepsiyasini yaratish, buni amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bо‘lgan bо‘laklarga, yani davrlarga bо‘lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Asosiy vazifalardan yana biri - yangi yozilgan tarixni о‘rganishni tahlil qilishdir.
Komil insonni tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishda О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida quyidagi vazifalar turadi:
1. О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani yosh avlod ongida siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni shakllantirish, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalash lozim;
2. О‘zbekistonning eng yangi tarixi mustaqil О‘zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni uyg‘otib, uning shakllanishiga kо‘maklashadi. Yoshlar mazkur fanni о‘qib-о‘rgangandagina ularda istiqlol tafakkuri, milliy mafkura, milliy g‘oya tushunchasi, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy turmushni anglab yetish va kelajakka nazar solish tuyg‘usi shakllanadi;
3. О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani yoshlarni Vatanga sadoqat, hamda harbiy vatanparvarlik an’analari ruhida tarbiyalash vositasidir.
4. О‘zbekistonning eng yangi tarixi yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz bu fanni о‘qish, о‘rganish va mutolaa qilish jarayonida О‘zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bо‘lagi ekanligini tushunib oladilar;
5. О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani yosh avlodni ulug‘ xalqimizning milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, insonparvarlik, rostgо‘ylik, mehnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalamog‘i lozim, ularda Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqat hissini qaror toptirmog‘i kerak.
Kо‘hna tarix shundan dalolat beradiki, bu hayotda yangilik qilish, kо‘pchilik odamlar о‘rganib, kо‘nikib qolgan eskicha qolip va andozalarni о‘zgartirish hech qachon oson kechmaydi. Istaymizmi, yо‘qmi, bunday harakat har qanday sharoitda ham ochiq yoki pinhona tо‘siqlarga duch keladi. Ayniqsa, xalqni uyg‘otish, mudroq qalblarga hayotbaxsh yangi nafas olib kirish, davlat va jamiyat boshqaruvini butunlay yangilash masalasi islohotchi bо‘lib maydonga chiqishdek buyuk missiyani о‘z zimmasiga olgan yetakchi shaxsdan yanada ulkan mas’uliyat, jasorat va donishmandlikni talab etadi.
Prezidentimiz SH. Mirziyoyev tomonidan О‘zbekistonda yangi, demokratik islohotlarni boshlashda eng maqbul yо‘l tanlandi va u hayotda qisqa muddatda о‘zini tо‘la oqladi, deb aytishga bugun barcha asoslar bor.
Avvalo, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash davlat siyosatining bosh mezoni etib belgilandi. Ikkinchidan, mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qо‘shnichilik, dо‘stlik va hamkorlik asosida faol munosabatlar о‘rnatish tashqi siyosat sohasidagi ustuvor tamoyil, deb e’lon qilindi. Uchinchidan, dunyoga ochiq bо‘lish, umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarni amalda joriy etish jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlikning asosiy yо‘nalishi sifatida qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda milliy taraqqiyotimizning bosh hujjati bо‘lib xizmat qilayotgan, mamlakatimizni 2017–2021 yillarda beshta ustuvor yо‘nalishda rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida aynan ana shu tamoyillar eng muhim qoidalar sifatida aks ettirildi. Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinlik va manfaatlarini amalda ta’minlash, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirish, tashqi siyosat sohasida Markaziy Osiyo mintaqasida dо‘stlik va hamkorlik ruhini kuchaytirish, dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga kirish yangi О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Albatta, 35 millionlik aholiga ega bо‘lgan, о‘tgan davrda kо‘plab muammolar tо‘planib qolgan mamlakatning taqdiri va kelajagini belgilash borasida tо‘g‘ri yо‘l tanlash - bu davlat rahbaridan ulkan aql-zakovat, bilim va tajriba, mustahkam iroda, jasorat va azmu shijoatni talab etadi. Ayni vaqtda tanlangan rivojlanish yо‘lini ijtimoiy institutlar, ta’sirchan mexanizmlar orqali hayotga tatbiq etish, odamlarni islohotlarning maqsadi va natijasiga ishontirish, butun jamiyatni ruhlantirib, ulug‘ maqsadlar sari safarbar eta olish - yanada murakkab vazifa, desak, har tomonlama tо‘g‘ri bо‘ladi. Ana shunday о‘ta mashaqqatli vazifani amalga oshirishda Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqning о‘ziga tayandi - fuqarolar bilan doimiy muloqot olib borib, har bir soha va tarmoq bо‘yicha bevosita uchrashuvlar, maslahat va fikr almashuvlar о‘tkazib, mavjud muammolarning samarali yechimini topmoqda. Bu murakkab ijtimoiy voqea-hodisalarning qanchalik shiddat bilan kechayotganini ushbu tо‘plamdan о‘rin olgan serqirra jarayonlar yaqqol tasdiqlaydi.
2016-yil sentyabr oyidan buyon 2020-yil yanvar oyiga qadar о‘tgan vaqt misolida oladigan bо‘lsak, Prezidentimiz tomonidan mamlakat hududlariga 129 marta safar uyushtirilgani, 69 ta videoselektor yig‘ilishlari, eng muhim va ustuvor masalalar bо‘yicha 112 ta yig‘ilish va muhokamalar о‘tkazilganini kо‘ramiz. Ana shu qisqa fursatda davlatimiz rahbari tomonidan 194 ta qonun, 1106 ta farmon, 1974 ta qaror, 933 ta farmoyish tasdiqlanganini ham qayd etish lozim. Shu davrda Prezident Shavkat Mirziyoyev 40 marta chet davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi, 24 ta xalqaro sammit va anjumanlarda ishtirok etib, ularning doirasida 60 ta uchrashuv о‘tkazdi. Bundan tashqari, xorijiy davlat va hukumat rahbarlari boshchiligidagi 39 ta nufuzli rasmiy delegatsiya yurtimizda qabul qilindi. Shuningdek, vazirlar, xalqaro tashkilot va kompaniyalar, xorijiy ishbilarmon doiralar rahbarlari boshchiligidagi 166 ta delegatsiya bilan muzokaralar о‘tkazildi. Shu vaqt mobaynida chet davlatlarning yurtimizda ish boshlagan favqulodda va muxtor elchilaridan 32 nafaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olingan, xorijiy davlat va hukumat boshliqlari, xalqaro tashkilot rahbarlariga 1858 ta maktub yо‘llangan. Shu о‘rinda xorijiy davlatlar rahbarlari bilan 113 marta telefon orqali muloqotlar о‘tkazilganini ham ta’kidlash joiz. Prezidentimiz shu yillar davomida yurtimizda bо‘lib о‘tgan 53 ta tantanali marosimda ishtirok etib nutq sо‘zlagan, shuningdek, xalqimiz va turli soha vakillariga 79 ta tabrik va qutlovlar yо‘llagan. Bularning barchasi О‘zbekiston о‘z milliy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qо‘ygan keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan siyosiy-ijtimoiy makonda amalga oshirilayotgan say-harakatlar keng kо‘lam kasb etib, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yо‘lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajriba, kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani hamda bu jarayon tobora kuchayib, yangi sifat bosqichiga kо‘tarilib borayotganidan dalolat beradi. Agar davlat ahamiyatiga molik birgina hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish, biron-bir rasmiy tadbirni о‘tkazish qanday katta tayyorgarlikni, ma’naviy-intellektual, ruhiy safarbarlikni, keng kо‘lamli tashkiliy-amaliy ishlarni talab etishini inobatga oladigan bо‘lsak, yuqorida qayd etib о‘tilgan raqamlar zamirida tinimsiz izlanish va mehnat, chuqur tahlil, kelajakni oldindan kо‘ra bilish salohiyati mujassam ekanini anglash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |