Toshkent tibbiyot akademiyasi I- ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 8- tadbirkorlik faoliyati Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik sarf xarajatlari va foyda



Download 65.5 Kb.
Sana27.01.2017
Hajmi65.5 Kb.
Toshkent tibbiyot akademiyasi


I- Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Iqtisodiyot nazariyasi fani


Mavzu: 8- Tadbirkorlik faoliyati

Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik sarf xarajatlari va foyda.

  1. Tadbirkorlikning moxiyati,asosiy tamoyillari

  2. Tadbirkorlik faolliyatining shakllari

  3. Firma (korxona) xo‘jalikning boshlang‘ich bo‘g‘ini ekanligi. Firmalarning asosiy shakllari.

  4. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.

  5. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. Foydaning taksimlanishi va ishlatilishi.


Adabiyotlar:

1. Karimov. I. A. O‘zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida.T-1995 y.

2. Kariimov. I. A. Erishgan marralarimizni mustaxkamlab, isloxatlar yo‘lida izchil borish asosiy vazifamiz. 07.02.2004 y. Vazirlar maxkamasidagi ma'ruza “Xalqso‘zi” 10-fevral 2004 y.

3. O‘zbekiston Respublmkasining qonuni.

O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida. (15.02.1991)

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida. (15.02.1991)


O‘zbekiston Respublikasi qonun va farmonlari T-1992 y.

4. Iqtisodiyot nazariyasi (noiqt. Oliy o‘quv yurtlari uchun) Umarov. K raxbar T. Universitet. 2002 y. VIII, X. Boblar

5. Sh. Shodmonov, R.X.. Alimov, T.T. Juraev, Iqtisodiyot nazariyasiT-2002 y. X boblar

6. N. Beknozov Iqtisodiyot nazariyasi T-2005 y. X, XI, XII boblar

7. N. O‘lmasov Iqtisodiyot nazariyasi T-2006 y. VII, VIII, IX boblar.

I. Tadbirkorlikning moxiyati.

Bozor iqtisodiyoti biznesga asoslanadi. Biznes inglizcha (business) so‘z bo‘lib, ish, faoliyat, mashg‘ulot degan ma'noni anglatadi.

Biznes- bu ayrim kishilarning yoki korxona-tashkilotga birlashgan kishilarning tavakkaliga pul qo‘yib, undan foyda olishga yoki puldan pul chiqarib olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.

Biznesni tadbirkorlik va ishbilarmonlik deb xam ataydilar. Biznes degani keng ma'noda pul topishni, pul qilishni bildiradi. Bu xar qanday yo‘l bilan pul topish emas, balki kishilarga naf keltiradigan, ularning xojatini chiqaradigan, og‘irini yengil qiladigan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir.

Biznes - bu kommersiya ishi, ya'ni tekinga emas, balki pulga ishlashdir. Biznesmen, ya'ni bizneschining o‘z ishi bor, u mustaqil, o‘z kapitaliga ega, uni bironta ishga qo‘yadi, u birovga qaram emas.

Biznesda yaratuvchilik bo‘lganda tadbirkarlik kelib chiqadi. Masalan; yer, pul, uy va avtomashina egasi uni o‘zi ishlatib xizmat ko‘rsatganda yoki maxsulot yaratganda u tadbirkor bo‘ladi. Agar bu mulk egasi uni ijaraga bersa, ijaraga olib ishlatuvchi, ya'ni tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tadbirkorlik qilgan bo‘ladi. Mulk egasi ijara biznesi bilan shug‘ullangan bo‘ladi, lekin tadbirkor emas.

Biznes- eng avvalo qonuniy yo‘l bilan, ruxsat berilgan ish bilan shug‘ullanib pul topishdir.

O‘zining xarakteriga qarab biznes ochiq- qonuniy va yashirin-g‘ayri qonuniy bo‘ladi. Ruxsat berilgan biznes qonuniydir, u oshkora olib boriladi. Ochiq biznes- bu kishilar xayotini farovon qiladigan faoliyatdir. Yashirin biznes esa qonun yo‘li bilan takiklangan biznesdir. Masalan, Narkobiznes, qurol-yaroq biznesi...

Biznes turlari uning natijasida qanday tovar va xizmatlar yaratilishi va kaysi soxada yuz berishiga qarab farqlanadi.

Biznes turlar:

- Sanoat biznesi

- Agrobiznes (q/xo‘j)

- Moliya biznesi
- Tibbiyot biznesi
-Shou (tomosha) biznesi
-Sport biznesi
-Savdo biznesi

-Sayoxat biznesi

Biznes bilan shug‘ullanuvchilar xar xil:


  1. Individual yoki yakka tartibda, ya'ni shaxsan o‘zi va oilasi bilan biznes
    qiluvchilar;

  2. Jamoa tarkibida yoki sherik bo‘lib biznes qiluvchilar;

  3. Davlat biznesi - davlat nomidan biznes qilish.

Individual biznes eng tarkalgan va ko‘pchilikni qamrab olgan biznes, u xususiy mulkka tayanadi.

Jamoadagi biznes xam rivoj topgan. U shirkatlar, kooperativlar, aksiyaner jamiyatlari doirasida yuz beradi.

Davlat biznesi esa cheklangan, o‘ta muxim soxalarda saqlangan.

O‘zbekistonda xam biznesning turli shakllari bor.

Biznesni ishlab chiqarishdagi korxonalar va xo‘jaliklar ishi bilan cheklab bo‘lmaydi, chunki qaerda pul topish mumkin bo‘lsa, usha yerda biznes bo‘ladi.

Biznesning eng asosiy jixatlari tadbirkorlikdir. Tovarlar va xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo‘lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkyol etadi.

Tadbirkorlik - kishilar (mulk sub'ektlari) ning moddiy va pul mablaglarini
amalda xo‘jalik oborotiga tushirib, daromad topishga mo‘ljallangan iqtisodiy
faoliyatdir.

Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga binoan tadbirkorlik:



  1. Tadbirkorning shaxsiy mol-mulk asosida;

  2. Tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy fuqarolar xamda yuridik shaxslarning mol- mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida;

  3. Tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol- mulklaridan foydalanishi asosida;

  4. Yuqoridagi shakllarni qo‘shib olib borish asosida amalga oshiriladi.(qonun 1-modda).

Tadbirkorlik mulkdor tomonidan xam, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi sub'ekt tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirkorlik yangi imkoniyatlarni qidirish, yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayoni, kapital qo‘yishning yangi soxalarini topish, eskicha sarqitlar va chegaralardan voz kechish, ishlab chiqarishning uch asosiy tarkibiy qismini bog‘lashning eng maqbul usullarini topishdir.

Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi, chunki bu faoliyat orqali bozor talabi qondiriladi, kishilarning farovonligi ta'minlanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali asta-sekin mamlakatda mulkdorlar sinfi shakllana boshlaydi. Mulkdorlar sinfini shakllantirish borasidagi “eng muxim va dolzarb vazifa- mulkni xaqiqiy egalari qo‘liga berishni jadallashtirish tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochib beri shva mulkdorda yangi mulk egasi xissiyotini tarbiyalashdan iboratdir”

O‘zbekistonda tadbirkorlar ijtimoiy jixatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga mos ravishda ishchi, xizmatchi va dexqonlar xisobidan vujudga kela boshladi. Bu yerda tadbirkorlar kichik va o‘rta biznes bilan shugullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa xo‘jaligi soxiblaridan, aksiyadorlik jamiyati a'zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat.

Tadbirkorlik faoliyati mamlakatda raqobat muxitini shakllantiradi, insonlarni extiyojlarini qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlikning o‘ziga xos tamoyillari mavjud:



  1. Mulkiy munosabatlarning ishtiroqchisi bo‘lishi... Tadbirkorlarningo‘z mulki bo‘lgani yaxshi, bo‘lmasa o‘zgalar mulkini ijaraga olib xam ishyuritishi mumkin. Lekin u o‘z mulkiga ega bo‘lsa, o‘zgalar mulkini ijaraga olib ishlagandan yaxshiroq iqtisodiy samara olishga xarakat qiladi.

  2. Iqtisodiy faoliyat erkinligi va faoliyat maxsulini taksimlash mustaqilligi.Tadbirkor bozor talabini qondirish maksadida o‘zi tanlagan soxada faoliyat ko‘rsatishi, o‘zi xoxlagan maxsulotni kanday va kaerda ishlab chiqarishni, ularni kimga, kachon, qanchaga sotishni o‘zi xal qiladi. Mazkur iqtisodiy munosabatlar jarayonida unga tazyik ko‘rsatilishi tamomila inkor etiladi.

  3. Foyda olishga intilish... Tadbirkor dastavval o‘zining iqtisodiy axvolini yaxshilashga, foyda olishga xarakat qiladi. Uning bu maqsadi saqlanib koladi. Pirovardida u daromad olish bilan birgalikda jamiyat uchun qanchalik kerak ekanligini, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalar imkoniyatlaridan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatishga xarakat qiladi.

  4. O‘z faoliyatidagi iqtisodiy mas'uliyatni xis etish. Tadbirkor kaysi soxada faoliyat ko‘rsatmasin u iqtisodiy mas'uliyatni shaxsan o‘z zimmasiga olib ish yuritadi. Olingan iqtisodiy natijaga faqat uning o‘zi javobgar, mas'uliyatli bo‘ladi.

  5. Iqtisodiy tavakkalchilikni o‘z buyniga olish. Tadbirkor iqtisodiy xavf-xatarni xis qilib, tavakkal qilib, “sinish”dan qo‘rqmasdan ish yuritadi. Agar kutilmagan xodisa bo‘lsa, unga faqat tadbirkorning o‘zi javob beradi.

  6. Tadbirkorlik qoidalari va qonunlarning ustivorligiga rioya qilish. Tadbirkorlik faoliyatining o‘z ichki qonun-koidalari va jamiyatning qonuniy asoslari mavjud. Qonun va koidalar kanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishidan kat'iy nazar tadbirkor ularga amal qilishi va xurmat qilishi kerak va shart.

  7. Raqobat muxitning rivojlanishida va uning qo‘lashida qatnashadi.Tadbirkor o‘z faoliyati davomida sifatli tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishi orqali raqobatni avj olishiga xissa qo‘shishi va uning o‘zi xam faol ishtiroq etishi lozim.

  8. Tadbirkorlik siri.(Tijorat siriga ega bo‘lish). Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar albatta o‘zlarining sirlariga ega bo‘lishlari va uni qattiq ximoya qilishlari lozim bo‘ladi.

  9. Xalollik bilan ish yuritish. Tadbirkor xalol pul topishga intilishi shart. Bu tamoyil tadbirkor tushunchasining xakikiy tabiatiga mos keladi va unga zid bo‘lgan xar kanday ishlarni, xarakatlarni inkor etadi.

  10. Nufo‘zga ega bo‘lish. Nufo‘z tadbirkorning obru-e'tiborli bo‘lishini, o‘z nomiga putur yetkazmasligi, firma nomiga sodiklikni va uni e'zozlashni bildiradi.

Tadbirkor o‘z ishlab chiqarish faoliyatini o‘zi boshqaradi, davlat uning ishiga aralashmaydi, balki tadbirkorni qo‘llab- quvvatlash va uning daxlsizligini kafolatlashi orqali qulay muxit yaratadi.

Tadbirkorlik faoliyatining vazifalari:

  1. Ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarni birlashtirish.

  2. Biznes yuritish bo‘yicha asosiy qarorlarni kabul qilish.

  3. Ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini va biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishda tashabbuskorlik ko‘rsatish.

4. Taxlikaga borish.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart-sharoitlari.

1. Tadbirkor faoliyati uchun ma'lum xukuk va erkinlaklar mavjud bo‘lishi

lozim..

2. Tadbirkor mulkchilik xukukiga ega bo‘lishi (mol-muklni va foydani tasarruf



qilishda) zarur.

3. Erkin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ta'minlaydigan iqtisodiy muxit va ijtimoiy- siyosiy shart- sharoit bo‘lishi kerak.

4. Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning xilma-xil shakllari va turlari taqozo qilinadi.

Tadbirkorlik o‘z- o‘zidan davlat ishtirokisiz, uning yordamisiz rivoj

topmaydi. Davlvt soliqlar, eksport xizmatlari orqali, shuningdek, o‘z xisobidan bepul umumiy ta'lim berish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-kuvvatlaydi.

II. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

Tadbirkorlik faoliyati turlarining turli-tumanligi bois uning faoliyatini aniq shakllarda amalga oshirishni talab etadi. Shu sababli tadbirkorlikning qo‘yidagi shakllarini farqlaydilar: shaxsiy tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, jamao tadbirkorligi, tadbirkorlikning aralash shakli, davlat tadbirkorligi.



  1. Shaxsiy tadbirkorlik- shaxsiy mulkka asoslanadi. Ishlab chiqarish uning o‘zi yoki oila a'zolari mexnati asosida amalga oshiriladi. Odatda, tadbirkorlikning bu shakli savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish soxalarida yuqori samarali bo‘lib, tez rivojlanadi.

  2. Xususiy tadbirkorlik- mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘ladi, ishlab chiqarish jarayoni yollanma mexnatga asoslanadi. (O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik soni 3.5 mln kishini tashkil etadi. Ular asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va xunarmandchilik soxasida faoliyat ko‘rsatishadi. O‘zbekiston Respulikasining YaMM dagi xissasi- 1999 y. Da 16.5 % ni tashkil etdi).

  3. Jamoa tadbirkorligi- jamoa mulkchiligiga asoslanadi va uning iqtisodiy faoliyatida, shu jumladan, boshqarishni amalga oshirishda jamoa a'zolari faol qatnashadi, xamda shu orqali jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi ta'minlanadi.

  4. .Tadbirkorlikni aralash shakli xissadorlik jamiyatlari va ma'suliyati cheklangan jamiyatlar yoki qo‘shma korxonalar (milliy va chet el kapitali ishtirokida) ko‘rinishida bo‘ladi.

  5. Davlat tadbirkorligi bu davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalar va mulkida davlat ulushi yuqori salmoq i tashkil qiladigan korporatsiyalarni o‘z ichiga oladi


III. Firmalarning asosiy shakllari.

Tadbirkorlik aksariyat xollarda firmalar doirasida boradi. Firma inglizcha (firm) so‘z bo‘lib, kommerssiya korxonasi degan ma'noni bildiradi. (tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo‘jalik tashkyoloti degan ma'noni anglatadi.)

Firma sanoat, transport, yeki qurilish soxasidagi korxona. qishloq xo‘jaligidagi korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi.

Firma (korxona)- bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli va bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi milliy iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Firmalar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga mos va xos ravishda ma'lum soxalarga ixtisoslashadilar. Iqtisoslashuv darajasi va faoliyati yunalishiga qarab korxonada ishlab chiqarish omillari uyg‘unlashadi.

Korxonalar ma'lum bir soxalarda ixtisoslashadilar va maxsulotning ayrim qismlarinigina yaratadilar. (tayyor maxsulotning murakkabligiga qarab uni ishlab chiqarishda yuzlab, xatto minglab, bir yoki bir necha mamlakatlarning korxonalari ishtirok etadilar.) Masalan, traktor zavodi, aviatsiya zavodi.

Korxonalar mexnat faoliyati soxasi va ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, qishloq xo‘jaligi, savdo, tijorat, maishiy xizmat, madaniy xizmat, davolash, o‘qitish va boshqa korxonalarga bo‘linadi.

O‘tish davrida erkinlik darajasiga qarab korxonalar uch toifaga bo‘linadi:

A) Davlat buyurtmasi saqlangan korxona;

B) Xam buyurtma, xam bozorga ishlaydigan korxona;

V) Faqat bozorga ishlaydigan korxona.

Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi korxonani iqtisodiy mustaqil bo‘lishini ta'minlaydi, ya'ni nima ishlab chiqaradi, qancha, kim bilan xamkorlik qiladi, daromadni qanday ishlatadi o‘zi xal qiladi.

Demak, korxona faqat bozorga ishlay boshlaydi. Korxona bozor bilan muntazam aloqada bo‘ladi, ammo boshqalardan olaxidalashgan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt sifatida maydonga chikadi. Korxonaning mana shu maqomi uning iqtisodiy erkin bo‘lishi, mustaqil ish tutishini bildiradi.

Firma (korxona) larning shakllari qo‘yidagicha bo‘ladi:

Xususiy firmalar;

Mas'uliyati cheklangan firmalar;

Ma'suliyati cheklanmagan firmalar, ya'ni shirkatlar;

Davlat korxonalari- firmalari;

Aralash korxonalar;

Korxonalar birlashmasi (konsorsium va konsern);

Firmalar shaxobchasi (bo‘linmasi) va vakolat xonasi.


Mulkiy jixatdan firmalar to‘rt xil bo‘ladi:

1. Xususiy

2. Davlat

3. Jamoa

4.Aralash (xorijliklar ishtiroqidagi) firmalar.
Xususiy firmalar- ayrim shaxslarga va oilalarga qarashli bo‘lib, individual xususiy mulk xisoblanadi. Bunday korxonalar kichik, o‘rta biznes va kishlok xo‘jaligi soxalarida faoliyat ko‘rsatadi.

Davlat korxonalari- davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida bo‘lgan korxonalar. Mazkur korxonalar davlat va maxalliy xokimiyat organlariga karashli bo‘ladi va birgalikdadavlat sektorini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida YaIM ishlab chiqarishda davlat sektorining xissasi yil sayin kamayib bormokda. Bu xolat o‘z-o‘zidan bozor munosabatlarining rivojlanib, takomillashib borayotganidan darak beradi.

Aralash korxonalar- turli mulk shakllariga ta'luqli firmalar bo‘lib, xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mabla-lari asosida tashkil etiladi. Ular sirasiga qo‘shma korxonalarni xam kiritish mumkin. Qo‘shma korxonalar xorijiy va milliy kapitalning aralashuvida vujudga keladi.

IV. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi.

Xar qanday iqtisodiy faoliyatda ma'lum miqdorda sarf-xarajatlar bo‘ladi. Firma (korxona) tovar ishlab chiqaruvchi sifatidagi faoliyatini o‘z puliga resurslar sotib olishdan boshlaydi, chunki resurslarsiz ishlab chiqarish yuz bermaydi.

Xar qanday firma kapital negizida quriladi. Kapital- foyda topish maqsadida firma tomonidan ishlab chiqarishga qo‘yilgan puldir. Bu firmaning o‘z mablag‘i va bankdan qarzga olingan puldan iborat bo‘lib, asosiy va aylanma kapitalni tashkil etadi. Pul kapitali- bu resurslarni olish uchun ajratilgan mablag‘.

Korxonaning pul kapitali va real kapitali farqlanadi. Real kapital- bu ishlab chiqarishda tovar va xizmatlar yaratishda amaliy qatnashadigan va aniq moddiy shakldagi vositalardir. Real kapital- asboblar, mashinalar va boshqa ishlab chiqarish uskunalari- bu iqtisodiy resurs. Pul va moliyaviy kapital xali shunday resurs emas.

Firmaning iqtisodiy resurslar uchun qilgan sarfi ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Xarajatlarsiz xech bir iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi. Sarf-xarajat foyda olishning sharti, chunki busiz ishlab chiqarishning o‘zi bo‘lmaydi.

Korxonaning xarajatlari tovarlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, ya'ni iqtisodiy resurslarni topish, xarid etish va ularni samarali foydalanish sarflaridir. Xarajatlar tabiatan moddiylashgan va jonli mexnat sarfini bildiradi, ular korxonaga tovarlarni qanchaga tushganligini ko‘rsatadi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini ikki guruxga bo‘lish mumkin:


  1. ishlab chiqarish xarajatlari;

  2. muomala xarajatlari.

Ishlab chiqarish xarajatlari deganda, maxsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar, ya'ni ish xaqi, xomashyo sarflari, energiya, omartizatsiya va boshqa ishlab chiqarishga bog‘liq sarflar.

Muomala xarajatlari tovarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruchidan iste'molchiga yetkazguncha ketadigan sarflarga aytiladi.

Resurslarni jalb qilish manbaiga ko‘ra xarajatlar ichki va tashqi xarajatlarga bo‘linidi.

1) Tashqi xarajatlar- tashqaridan resurslarni jalb qilish natijasida vujudga keladi, ya'ni ish kuchiga sarflar, xomashyo xarajatlari, yoqilgi energiyaga sarflar, transport-aloqa xizmatiga sarflar, bank tijorat xizmatlari uchun sarf- xarajatlar.

2) Ichki xarajatlar- korxonaning o‘ziga tegishli resurslardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan, ya'ni bino- inshort amortizatsiyasi, mashina-uskuna amortizatsiyasi, ijari xaqi, qarz pul mablag‘lari va uning uchun foizlar, me'yordagi foyda.

Ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga bog‘liqlik darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar xam farqlanadi.

1) Ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga (qiskarishi yoki ortishi) ta'sir

etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.

2) O‘zgaruvchan xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining ortishiga yoki kamayishiga be'vosita ta'sir qiladigan xarajatlarga aytiladi.

Doimiy xarajatlar- korxona to‘lov majburiyatlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara xaki, ko‘riklash xizmatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va xk.

O‘zgaruchan xarajatlar- xomashyo, material, yonilgi, transport xizmati, ishchilar ish xaki va shu kabilar uchun xarajatlar.

Muayyan ishlab chiqarish xajmi saqlangan sharoitda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil etadi. |



V. Foydaning mazmuni.

Firma yaratgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul uning kirimi bo‘lib, ketgan xarajatlarni koplaydi va foyda olish imkonini beradi. Jamiyatdagi foyda tabiatan yaratilgan kushimcha maxsulotning pul shaklidir. Firma foydasi kushimcha maxsulotning unga pul shaklida tekkan qismidir.

Olinadigan foyda korxona manfaatini ifodalaganidan korxoni iqtisodiy faoliyatining umumlashgan ko‘rsatkichi xisoblanadi. Firma uchun foydaning ikki jixati bor:

Birinchisi- foyda massasi yoki uning umimiy miqdori.

Ikkinchisi- foyda normasi yoki uning nima evaziga olingani.

Foydani maksimallashtirish uning xam normasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda normasi muximroq, chunki bu firma faoliyatining samaradorligini ta'minlaydi.

Foyda normasi jamiki foydaning (normal foyda va iqtsodiy foyda) uni

topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga bo‘lgan va protsentlarda ifodalangan nisbatidir.


F

Fn= x 100

Ux
Bundan Fn - foyda normasi, F - foyda miqdori, Ux - umumiy xarajatlar. Foyda normasi yukori bo‘lgani xolda uning massasi kichik bo‘lishi va aksincha u past bo‘lgan xolda, massasi katta bo‘lishi mumkin.

Xullas, olingan foyda avval taksimlanib, sungra ishlatiladi. Ko‘pchilik xollarda foydaning bir qismi soliq sifatida davlat byudjetiga utkaziladi. Uning yana bir qismi korxona egalari o‘rtasida daromad sifatida, ya'ni bir qismi ishchilar o‘rtasida ularning foydadagi ishtiroqi sifatida va xar xil mukofrtlar shaklida taksimlanadi.



Nixoyat foyda investitsiya^ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ketadi. Foydaning shaxsiy daromad sifatida xar xil egalar va ishchilarga tekkan qismini ular o‘zi ixtiyori bilan ishlatadilar.
Каталог: uum2 -> Majmua-ijtimoiy-fanlar-2015 -> Iqtisodiyot -> маруза%20матни
Iqtisodiyot -> Iqtisodiyot nazariyaSI
Iqtisodiyot -> Toshkent tibbiyot akademiyasi I- ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 6- bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi. Mavzu
Iqtisodiyot -> Ishlab chiqarish qanday yirik 2 bo‘linmaga bo‘linadi
Iqtisodiyot -> Toshkent tibbiyot akademiyasi
Iqtisodiyot -> Mavzu: Jaxon xo‘jaligi va uning evolyusiyasi. Jaxon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari
Iqtisodiyot -> Ishlab chiqarish qanday yirik 2 bo‘linmaga bo‘linadi
Iqtisodiyot -> 4-mavzu. Mulkchilik va xo`jalik yuritish shakllari
Iqtisodiyot -> Toshkent tibbiyot akademiyasi
Iqtisodiyot -> Mulkiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz ?
маруза%20матни -> Toshkent tibbiyot akademiyasi


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa