O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi yonalishi 2 kurs b patok talabasi Sohibova Sug'diyona Fan: Globallashuv va g'oyaviy tahdidlar Topshirdi: Sohibova



Download 193,5 Kb.
bet1/7
Sana02.07.2022
Hajmi193,5 Kb.
#733583
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soxibova. S globallashuv va goyaviy tahdidlar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi yonalishi 2 kurs b patok talabasi
Sohibova Sug'diyona


Fan:Globallashuv va g'oyaviy tahdidlar


Topshirdi: Sohibova. S
Qabul qildi: Atavullayev.m


Mavzu :O'zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga sadoqat,ona Vatanga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlohotlar

Reja:


  1. Kirish

  2. Asos



1. Sharq uyg`onish davrida ilm-fan va madaniyat
2. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari
3. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


K I R I SH
Mavzuning dоlzаrbligi. Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimiz tizimini takomillashtirish, uning saflarini vatanparvarlik ruhida tarbiyallangan, puxta harbiy tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yuqori bo‘lgan yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish yo‘lida bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Qurolli Kuchlari tizimini yuqorida darajada jangovar tayyorgarlikka ega yosh malakali mutaxassislar bilan ta’minlash harbiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, puxta nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega yosh mutaxassislarning salohiyati mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida har jihatdan taraqqiy etishi, mudofaa qudratini oshirishda hal qiluvchi omil sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, bunda oila, o’quv muassasalari va mahalla hamkorligining o’rni muhim ahamiyatga egadir.
Vatanparvarlik–kishilarning ona yurtiga, o’z vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma’naviy qadriyatlardan biridir, deb ta’rif berilgan O’zbekiston Milliy ensiklopediyasida
Vatanparvarlik – umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikning asosiy tamoyillaridan biridir. «Vatan» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ona-yurt» degan ma’noni anglatadi. Vatanga muhabbat, yurtga muhabbat har bir millat kishisiga xos bo‘lgan muqaddas va ulug‘ qadriyatdir.
Inson uchun na boylik, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik-inson uchun katta baxtsizlikdir.
Vatanparvarlik har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yeriga, ota-ona, aka-uka, opa-singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi. Vatanparvarlik - bu umuminsoniy qadriyat bo’lib, har bir kishining Vatanga bo’lgan sodiqligini, sadoqatini ifodalaydi.
Yoshlardagi vatanparvarlikni eng oliy tuyg‘u sifatida o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz alohida qayd etganlar va o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va lashkarboshilar Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar hayoti va faoliyatini o’rganish hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda aql-zakovatli davlat rahbari, ona-yurtning buyuk sarkardasi, yirik markazlashgan davlat hamda o‘z davridagi jangovar va ilg‘or armiyaning yaratuvchisi Sohibqiron Amir Temur bobokolonimiz qoldirgan buyuk merosidan nafaqat biz, balki butun dunyo katta hayrat ila qiziqish bilan o’rganib, ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llab kelmoqdalar. Amir Temur buyuk va qudratli davlat qurdi. U xalq manfaatlarining huquqiy asoslarini aks ettiruvchi, ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan kuchli davlat barpo etishda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratganligi tarix solnomalaridan ayondir. «Kuch – adolatda» shiori Sohibqironning davlat arbobi, sarkarda, daho inson ekanligini ko‘rsatadi.
Mustaqillik – xalqimizda ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizni harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ota-bobolarimiz yaratuvchanlik ishiga sadoqatli farzand bo‘lish, o’z taqdirini xalqi bilan chambarchas bog‘laydigan, aqli shuri teran, bobolarimizdan qolgan buyuk merosni, uning yeri, suvini ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko‘rinishi, qirrasi bo’lib hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ushbu bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” deb belgiladik.

Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish