samaradorligini oshirish............................................................
III Bob bo'yicha xulosa............................................................
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini
rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini
mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni
samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini
yaratishni taqozo qiladi.
So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish
buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa
me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq
etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek:
"
2014 yilda jalb
qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14
milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2
foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar
tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.
To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300
million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil
etdi. O'tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular
tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko'p
investitsiyalar yo'naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab
chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi.
2014 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori
texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4
milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga
topshirildi."
1
Mazkur dissertatsiya O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining
milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati, roli va funktsiyalarning taxlilini o'rganishga
bag'ishlangan. Ishda O'zbekiston fond bozorining bozor munosabatlari shakllanish
1
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib
berish – ustuvor vazifamizdir. –T.: “O'zbekiston”, 2015. 5-bet
4
jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar bilan birgalikda
kompleks tarzda o'rganilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik
kapitalining
rivojlanishi,
moliya
bozoridagi
yangi
qayta
taqsimlovchi
mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish
masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan
iqtisodiyotning modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini
ta'minlash masalalarini hal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada
uning bajaradigan funktsiyasini o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: