4
.
Qimmatli qog'ozlar bozorida birja faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
(fond birjalari, tovar-xom ashyo, valyuta va boshka birjalarning fond bulimlari)
xamda investitsiya muassasalari maxsus infratuzilmani uzida nomoyon kiladi.
Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar-dilerlar),
investitsiya maslaxatchilari, investitsiya fondlari, investitsiya kompaniyalari,
boshkaruvchi kompaniyalar, qimmatli qog'ozlar egalarining reestrlarini
saklovchilar, depozitariylar, xisob-kitob-kliring palatalari, qimmatli qog'ozlarning
nominal saklovchilari kiradi. Ushbu tashkilotlardan xar biri qimmatli qog'ozlar
bozorida kat'iy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi lozim, shunga karamay,
ayrim faoliyat turlarining kushilib ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar
qimmatli qog'ozlar bozorida birja faoliyatini ko'rsatish yoki mamlakat fond
bozori xolatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi
sifatida operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega
bulishi kerak.
Qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi buyicha bitimlar fond birjalarida va birjadan
tashkari bozorlarda amalga oshiriladi.
Birjalarda bevosita bozorlarga chikarilmaydigan, xujjatlar bilan tasdiklangan
anik sifat va mikdor xusuiyatlariga xamda talab va taklif asosida belgilangan
narxda ega bulgan ayrim fond boyliklari sotiladi va xarid kilinadi. Birja
savdolarida katnashishga, savdoda ishtirok etishni xoxlovchi barcha shaxslarga
emas, fakat uning a'zosi bulgan professional ishtirokchilarga ruxsat etiladi.
Qimmatli qog'ozlar bilan birja savdolarini xar bir birja tomonidan maxsus ishlab
chikilgan qimmatli qog'ozlar bozoridagi qonunchilikka kat'iy rioya etilishini,
birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja
savdolariga kiritilgan qimmatli qog'ozlar tugrisida ishonchli va tulik
ma'lumotlarning e'lon kilinishini, tuzilayotgan bitimlar tugrisida axborotning
4
O'zbekiston Respublikasi «qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat ko'rsatish mexanizmi to'g'risida»gi qonuni.
10
oshkor etilishini va xokazolarni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi.
Birjada oddiy qimmatli qog'ozlar bilan emas, fakat aloxida talablarga javob
beridagan qimmatli qog'ozlar bilan savdo kilinadi. An'anaviy tarzda fond birjasi-
bu eng yaxshi qimmatli qog'ozlarning bozoridir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda fond birjalariga kam
mikdorida-fakat
moliyaviy-xujalik
axvoli
juda
xam
barkaror
bulgan
emitentlarning aktsiyalari kelib tushadi. Masalan, AKShdagi mashxur Nyu-York
fond birjasida fakat ikki mingtadan sal ko'prok kompaniyaning aktsiyalari
baxolanadi. Ayni paytda qimmatli qog'ozlar emissiyasini ruyxatdan utkazish
tashkilotlarning soni mazkur mamlakatda yuz minglabni tashkil etadi. Qimmatli
qog'ozlarning aksariyat kismi birjadan tashkari bozorlarda xarid kilinadi va
sotiladi (muomalada buladi). Moliyaviy-xujalik xolati birja mezonlari buyicha
tanlab olish tadbiriga dosh berolmaydigan emitentlarning qimmatli koozlari
aynan ushbu bozorlarda muomalada buladi. Bir emitentning qimmatli qog'ozlari
bir vaqtining uzida xam fond bozorida, xam uning tashkarisida muomalada
bulishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlar bilan savdolar birja bozorida xam, birjadan tashkari
bozorda xam mazkur bozor ishtirokchilarining uzlari ishlab chikkan va qonuniy
tartibda mustaxkamlangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bunday
tamoyillarga kuyidagilar kiradi:
-qimmatli qog'ozlar bozorida bitimlarning ixtiyoriyligi:
-anik yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxlarni belgilash:
-qimmatli qog'ozlar bozoriga oid qonun xujjatlariga kat'iya rioya kilish:
-qimmatli qog'ozlar, ularning emitentlari, narxlari, birja va birjadan tashkari
bitimlar xakidagi axborotlarni majburiy ravishda oshkor etish:
-sarmoyadorlar xukuklari va manfaatlarini ximoyalash:
-qimmatli qog'ozlar bozorida tovlamachilik va nayrangbozliklarning
takiklanishi va ta'kib kilinishi.
Fond birjasi fakat qimmatli qog'ozlar bozori, deb nomlanuvchi tizimning
unsurlaridan biri xisoblanadi.
11
Qimmatli qog'ozlar bozori u yoki bu davlatning iqtisodiyotiga turlicha ta'sir
ko'rsatishi mumkin. U tugri tashkil etilib, davlat tomonidan ustalik bilan tartibga
solinsa, fond bozorining xalk xujaligiga ta'siri ijobiy buladi.
Qimmatli qog'ozlar bozori kapitalni jamlash va markazlashtirishni
tezlashtirishga yordam beradi. U investitsiyalarni moliyalash uchun zarur bulgan
moliyaviy
mablaglarni
bir
korxonalardan
boshkalariga
utkazilishini
engillashtiradi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermokdaki,
qimmatli qog'ozlar aylanmasi yordamida jamgarma va omonatlarning
investitsiyaga ikkala tomonni xam kanoatlantiradigan narxda yanada tulik va tez
utkazilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar avvalo korxonalar moliyaviy resurslari
va axoli jamgarmalarini safarbar kilish xamda ulardan okilona foydalanish
maksadida chikariladi. Ularning amaliy jixatdan maksadga muvofikligi bu
jixatdan shubxasiz. Xatto mamlakatimizda tuplangan kichik tajriba xam texnik
jixatdan kayta jixozlash, yangi ishlab chiqarishni barpo etish yoki amaldagilarini
kengaytirish uchun turli korxonalar, tashkilotlar mablaglari va axolining shaxsiy
jamgarmalarini faol jalb etilishidan dalolat bermokda.
Qimmatli qog'ozlar bozori tarmoklararo va idoralararo tusiklarni engishga
kumaklashadi, bu bilan ishlab chiqarishning umumiylashuvi sifat jixatdan yangi
darajaga kutariladi. U tufayli kapitalning yanada samarali xarakatlanishi va undan
samarali
foydalanish,
shuningdek,
xujaliklarning
uzini-uzi
moliyalashi
ta'minlanadi. Agar moliyaviy resurslar taksimlanishining markazlashtirilgan
tizimida korxonani kayta ta'mirlash yoki texnik jixatdan kayta jixozlashgan
mablaglar ajratilishiga erishish uchun yillar kerak buladigan bulsa, tarakkiy etgan
qimmatli qog'ozlar bozori sharoitida uz korxonasining qimmatli qog'ozlarini
keyin olingan foydadan u qimmatli qog'ozlarning xaridorlari bilan xisob-kitob
kilish sharti bilan bozorga chikargan xolda buni bir-ikki oy ichida amalga
oshirish mumkin. Bunday sharoitda korxonalar raxbarlari pulni bular-bulmasga
sarflamaydi, balki ulardan yanada samaralirok foydalanishga intilishadi.
Qimmatli qog'ozlar bozori yordamida kapitalning anik shakllari (sanoat,
tovar, bank kapitallari) katta xarakatchanlikka ega buladi, bu zarur mablaglarni
12
(shu jumladan, shaxsiy jamgarmalarni xam) u yoki bu vazifalarni xal etish uchun
tezlik bilan jalb etish imkonini beradi. Qimmatli qog'ozlarning muntazam
aylanmasi mamlakat moliya tizimini tubdan yangilashni ragbatlantiradi. Bozor
yordamida asosiy iqtisodiy operatorlar-ishlab chiqarish korxonalari, xizmat
kursatuvchilar, tijorat banklari, birjalar va
axoli urtasidagi alokalar
mustaxkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |