Dinshunoslik ma'ruza doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana17.01.2021
Hajmi0,51 Mb.
#55730
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
2 300397348486381787

Sufizm – islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi 

diniy-mistik  falsafiy  oqim  bo'lib,  ta'limotning  asosiy  ma'nosi  islom  va  xudoga  munosabatdir.  Zohidlik  va 

mistik  asosga  qurilgan  bu  oqim  ruhiy  kamolotga  erishishning  asosiy  yullari  4  bosqichdan  iborat  deb 

hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari 

musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan 

Sufiylik  iqimi  tariqatlari  o'rta  asrlarda  har  xil  joylarda  turli  ko'rinishda  bo'lgan.  Masalan,  O'rta 

Osiyoda  naqshbandiyliq  yassaviyliq  kubroviyliq  Kavkazda  -    muridizm,  Tataristonda  –  voisovchilar  va 

boshqa tarlari tarqalgan. 



Zaydiylar.  Feodal  nizolar  zaminida  VIII  asr  o'rtalarida  shia  musulmonlari  safidan  yana  bir  guruh 

ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 

740  yili  Kufada  ummaviylar  sulolasidan  bo'lgan  xalifa  Xishomga  qarshi  xalq  qo'zg'oloniga  boshchilik 

qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan 

jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan. 

Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat 

xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga 

ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan 

mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush 

tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan. 



Ismoiliylar. Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2-

yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar 

diniy  ta'limotida  go'yo  butun  olamni  yaratgan  «dunyoviy  aql»  va  «dunyoviy  ruh»  ga  e'tiqod  etish  asosiy 

o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida  neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri  sezilardi. 

Ismoiliylar  turli  davrlarda  xalqlarga  turli  payg'ambarlarning  yuborilishi  –  «dunyoviy  aql»  ning  yerda 

namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni – Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso, 

Iso  va  Muhammad  (s.a.v.)ni  tan  olishadi.  Ularning  fikricha,  imomlar  payg'ambarlarning  vorislari 

hisoblanadi.  

XI  asrdan  boshlab  ismoiliylar  sinfiy  ziddiyatlarning  kuchayishi  natijasida  turli  qismlarga  bo'linib  ketgan. 

Hozirgi  paytda  ismoiliylar  O'rta  Sharq  mamlakatlarida,  Hindiston,  Uganda  Keniya,  Tanzaniya, 

Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud. 

Druzlar.  O'z  ta'limotiga  ko'ra,  bu  sekta  ismoiliylardan  kelib  chiqqan.  Druzlar  vahdoniyatga  – 

Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va  998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni 

xaloskor  sifatida  yerga  ikkinchi  marta  keladi  deb  hisoblaydilar.  Ular  o'zlarining  «muqaddas»  yozuvlariga 

ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi, 

druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar. 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish