Horijiylar. (Al-xavorij) Bu oqimning nomi «chiqish», «qarshi bo'lish», «isyonchilar» ma'nolarini
anglatuvchi arabcha «xaraja» so'zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. U Ali bilan
Muoviya o'rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo'lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida
paydo bo'lgan.
Xorijiylar 661 yili Alini o'ldirishgan. Muoviya xukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin
xorijiylarning yirik qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Ular X asr Shimoliy Afrikada hatto o'z davlatlarini –
rustamiylar sulolasini ham o'rgatishga muvaffaq bo'lishgan. Xorijiylar o'z davrida birmuncha demokratik
shiorlarni ilgari surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo'qotganyu ular
Jazoir, Umon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |