Dinning ijtimoiy vazifalari



Download 170,5 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi170,5 Kb.
#32253
Bog'liq
kl-maruza-7dinshunoslikfanipredmeti-vavazifalaridinningkelibchiqishivaibtidoiyshakllari

DINNING IJTIMOIY VAZIFALARI

Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa, ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning yana bir vazifalaridandir.

Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga uyg’unlashishi, hozirgi mustaqil O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.

Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.

Muayayn jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sostiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi 2 asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sostioliyasi tez rivojlandi. Bulardan tashqari dinshunoslikning in antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi kabi tarmoqlari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishda foydalanish mumkin.

Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga tajovuzkor hujum etish uslubining salohiyatsizligi hamma ochiq-oydin bo’lib qoldi. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi.

O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajralib yashagan bir davrda, /arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilar bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassislarni etishtira boshladilar.

Din – e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni xar qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson dinga o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga olib keladi.

Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.

O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.

Dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Binobarin, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida iste’dodli, qobiliyatli olim va shoirlardan iborat xalq farzandlari etishib chiqib o’z ilg’or fikrlari bilan din, fan va madaniyatning turli sohalarini rivojlantirib hurfikrlik mazmunini boyitganlar.

Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni vaqtda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.

Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.

Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas. Xalq dinsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi.

Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.

Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.

Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib ketishiga asos bo’ldi.


2.Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxs va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lish ehtiyojini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyojdir. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.

Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazish haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.



2) Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu hodisa dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.

Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.



3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.

Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.



4) To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik vazifasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa birodarlari bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligini, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishini lozimligini nazarda tutadi.

5) Beshinchisi, dinning legitimlovchilik-qonunlashtiruv-chilik vazifasi. Dinning bu vazifasini yirik amerikalik sostiolog Talkott Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi».

6) Oltinchisi, dinning falsafiy-nazariy vazifasi. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir.

Kishilik jamiyati din doimio u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida – yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq» degan fikrdir.

Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyustion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konstepstiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unitmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruh, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi». Dinning kelib chiqishi to’g’risidagi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan» degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra «din – bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zlarini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin» deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm hayoliy narsa-yu, din doimo ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan doimo birga bo’lgan.

Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:



1)Urug’-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan.

2) Millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar ularga yahudiylik, hunduiylik, konfustiychilik va daostizm (xitoy), sintoizm (yapon) kiradi.

3) Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari kiradi.

Dinlar o’z ta’limotlariga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik va islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduiylik, konfustiychilik, xristianlik) dinlariga bo’linadi.


3.Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar - ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo’rquv, bilimning etishmasligi va boshqalar shunga olib keldiki uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo’la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov qurollari va mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog’liq holda o’sib borishi ibtidoiy diniy tasavvurlarning yanada rivojlanishiga va mustahkamlanishiga hamda diniy g’oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g’oyalardan eng birinchilaridan biri dafn etish marosimidir. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo’yoqlar bilan bo’yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlari, mehnat va ov qurollari qo’yar edi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi ibtidoiy tasavvurlar mavjudligidan dalolat beradi. Ibtidoiy g’oyalarning yana biri ov qilish marosimidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g’ayritabiiy tarzda aloqa bog’lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning hulq-atvoriga ta’sir o’tkazishda katta yordam beradi degan tasavvurlari mavjud bo’lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik tiriklar bilan marhumlar o’rtasida aloqa bog’lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamanlar, folbinlar va h.k. faoliyatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

Yuqoridagi diniy tasavvurlarning mavjudligi keyinchalik quyidagi ibtidoiy din shakllarining vujudga kelishiga olib keldi. Bular:



1)Totemizm. «O totem» so’zi – Shimoliy Amerikada yashovchi «Ojibva» qabilasi tilida «uning urug’i» ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o’simlikning ma’lum bir turlariga qarindoshlik aloqalari bor» deb e’tiqod qilishdir. Qabila vakillari o’zlarining totemlari ma’lum bir hayvon yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb bilishgan. Urug’chilik jamiyatining shakllanishi jarayonida totemizmning ahamiyati katta bo’lgan. Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odat va me’yorlar asrlar davomida qat’iy qo’llanilib kelingan. Totemizm rivojlana borib unda yangi o’zgarishlar sodir bo’la boshladi, ya’ni birinchidan ajdodlar ruhlariga va ilohiy kuchlarga ishonchni kuchayishi kuzatildi, ikkinchidan totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni ta’qiqlash tizimi ya’ni – «tabu» paydo bo’ldi. Faqatgina diniy marosimlarda yoki qabila boshliqlariga totemni eyishga ruxsat etilgan. Totemizmning asoratlari hozirgi kungacha ayrim xalqlar urf-odatlari va marosimlarida saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir va boshqa yovvoyi hayvonlar, Avstraliyada kenguru, Qirg’izlarda oq bug’u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi.

2)Animizm (lotincha – anima – ruh, jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.

Animistik tasavvurlar totemizmga nisbatan kengligi va umumiy xarakterga egaligi bilan farqlanadi. Animistik qarashlar barchaga barobar va tushunarli bo’lgan. Animistik tasavvurlar hozirgi dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Barcha dinlarda ruh mavjudligi xususida ta’limot mavjud.



3)Fetishizm. Franstuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam ma’nolarini anglatadi. Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh, tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. Fetishizmning rivojlanishi yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni hunarmandchilikni vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning asoratlari mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, isiriq, ko’ztikan, piyoz, sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir, jiyda, archa va boshqalar tabarruklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab keladi.

Butlar va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rganlar. Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega bo’lib, ular afsungarlik usullariga ibnoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida zamonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi va nihoyat fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiylik dunyosidagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Buning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi v insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.



4)Ajdodlarga sig’inish. Eng qadimgi oila-urug’larning dastlabki diniy e’tiqodlaridan biri bo’lib totemizm, fetishizm, shaxsiy homiy ruhlarga sig’inish, oila-urug’ oqsoqol-homiylariga, qabila boshliqlariga sig’inish asosida tarkib topgan. Bu e’tiqoddagilar ajdodlarning ruhlari odamlardan kuchli, shuning uchun urug’ning farovonligi shu ruhlarga bog’liq bo’ladi deb tasavvur qilganlar. Buning natijasida qadimgi Yunoniston va Rim mayda dinlarida qahramonlarga sig’inish, keyinchalik xristianlik va Islomda ham avliyolarga sig’ini odati paydo bo’ldi. Islomga xos ur-odatlar sifatida arvohlarni, avliyolarni esalab ularga sig’inish, madad so’rash, ular uchun xudoyi, jonliq so’yib qurbonliklar qilish, is chiqarish, avliyolar maqbara va mozorlari oldidagi daraxtlarga lattalar bog’lab ketish, sham yoqib qo’yish odatlari ham mavjud.

5)Azob-uqubatlarga sig’inish. Odam azoblarining zarur, foydali va haloskor ekanligini tasdiqlovchi diniy-aqidaviy g’oyalar majmui. Bu ta’limotda azob-uqubatlarning sabablari – odamlar hayotining shart-sharoitlarida bo’lmay, balki odamning o’zida, uning istak-hoxishlarida yoki gunohkorligida, dilidagi niyatlarida deb talqin etiladi. Azob-uqubatlar gunohlardan xalos bo’lishning ma’naviy kamolot va najot topishning vositasi ya’ni xayrli, yaxshi ishlar deb uqtiriladi.

6)Magiya-sehrgarlik. Odamga, hayvonga, tabiatga ma’lum bir maqsadni amalga oshirish uchun g’ayritabiiy ta’sir o’tkazish yo’li bilan qilinidagan xatti-harakatlar, duolar va ishlardir. Bu amal qadimgi zamonlardan beri mavjud bo’lib, barcha dinlarda hozirgacha ham qo’llanilib kelinadi. Sehrgarlikning quyidagi turlari mavjud: ziyon–zahmat etkazish, harbiy sehrgarlik, muhabbat sehrgarligi, davolash sehrgarligi, ob-havo sehrgarligi, xo’jalik sehrgarligi, irim-sirimlar va h.k. Shunday eng qadimgi diniy tasavvurlar shakllanib bo’lgandan keyin kishilik jamiyatida shomonlik, zardushtiylik, yahudiylik, xiristianlik, islom va boshqa dinlar vujudga keldi.

7)Shomonlik. Shomon so’zi tunguscha so’z bo’lib «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z keyinchalik butun sibirga, so’ngra Evropaga tarqalib, xalqaro atamaga aylangan.

Shomonlik ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrda jahonning bir talay xalqlarida vujudga kelgan eng qadimgi binlardan biridi, bu dinning ruhoniysi shomon hisoblanadi. Shomonlar o’z qavmlariga, odam yaxshi va yovuz arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog’ligi, baxti va taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar.

Shomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga ega bo’lgan kishilardir. Ular kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish, marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borish kabi hislatlarga ega bo’lgan ruhoniylardir. Ular g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, ashula aytish, raqsga tushish, nog’ora, childirma chalish yo’li bilan jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita munosabatda bo’laolganliklari uchun kasalliklarni davolash, fol boqish va boshqa amallarni bajarishgan.

Tajribali shomonlar odamda iste’odoli ginozchi, folbin, ko’zboylog’ich, qo’shiqchi, shoir, baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga iltimoslar, iltijolar qilar, xatto ular bilan kurashaolar edilar. Shomonlar urug’-qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi bo’lganlar.

Shomonlikka da’vogar bo’lgan odam «shomonlik kasali»ga yo’liqishi, xususan ruhiy kasalga uchrashi kerak. Ruhlar bunday odamni o’ldirib, so’ng boshqa qiyofada, boshqa sifatda tiriltirib, qaytadan yaratadilar. Shomonlik iqtidori nasliy hisoblangan.

Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar xil kiyinishgan, muqaddas buyumlar va ruhlar to’g’risidagi tasavvurlari ham rang-barang bo’lgan. Masalan, Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus belgilari: qo’ng’iroqli childirmalari, nog’oralari, surnaylari, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o’z marosimlari bo’lgan. Shomonlik jahon dinlarining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda ham inson oyog’i etishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan.


Neolit davridagi yutuqlar odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. Qadimda hayvonlarni qo’lga o’rgatdi hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamni yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklarni saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan tosh buyumlarini silliqlash va sayqal berish – bu esa muhim farq bo’lib ushbu farq davrga nom berdi.

Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutishi kerakligi hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining stikllarini bilish – bularning barchasi dehqon qabilalarining osmonu-erga, quyoshu-oyga, yomg’iru-shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kechayu-kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi qohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlar qadrlana boshlandi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksariyat xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yoki boshi yoki tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.

Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.

Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi.



Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri – fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan, hamda unga asoslangan afsun tamoyillari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqaedi ya’ni istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllanidan neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edilar. Buning uchu tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat (qurbonlik) qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylarga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimoslarini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu erda barcha usul va tamoyillari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga mansub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o’laroq, folbinlin yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilari tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil – elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug’ nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha bo’lar edi.
Download 170,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish