Ta’ziya odoblari qaysilar?
Savol: Marhumning yaqinlariga ta’ziya bildirishning qanday odoblari bor?
Javob: Motam eri o‘lgan xotindan boshqa musibatzada kishilar uchun marhum vafot
etgan vaqtdan boshlab uch kecha-kunduzdir. Mazkur uch kecha-kunduzdan so‘ng azani
davom ettirish va ta’ziya bildirish makruhdir. Ammo u kunlari azaxonada bo‘lmagan
marhum yaqinlari ta’ziya qabul qilishlari va kelolmagan kishilar keyin ham ta’ziya
bildirishlari joizdir.
Eri o‘lgan xotin esa to‘rt oy-u o‘n kun aza tutadi, idda o‘tiradi. Bu vaqt ichida u
bezanmaydi, behojat uyidan chiqmaydi. Agar zarur ish bilan chiqsa ham, qaytib uyida
tunaydi.
Ta’ziya qabul qilish uchun hovli eshigi oldida joy qilib o‘tirish makruhdir. Birinchi kuni
qo‘shnilar va uzoq qarindoshlarning azadorlarga taom tayyorlab yuborishlari mustahab,
savobli amallardandir. Zero, Rasululloh (s.a.v.) shunday qilishga buyurganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |