187
matla‘si bilan boshlanuvchi g‗azalini o‗qiydi. Shunda Lutfiy agar imkoni bo‗lganida,
o‗zining 10 – 12 ming forsiy va turkiy tilda bitilgan baytlarini shu g‗azalga almashtirishini
aytib shoirning iste‘dodiga yuksak baho beradi.
Shoir Mashhad madrasalarida o‗qib yurgan paytida bir muddat xastalanib qoladi. U
talabalar uchun ajratilgan hujrada kasal bo‗lib yotgan holatini «Majolis un-nafois»da
shunday eslaydi:
«
... Sulton Abu Sa’id mirzo zamonida Mashhadda g‘arib va xasta bir buq’ada yiqilib
erdim. Qurbon vaqfasi bo‘ldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofig‘a yuz
qo‘ydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttayyin buq’a gashtiga ham borurlar, ul
buq’adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib devorda bitilgan abyotni
o‘qib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug‘roq kishikim, ul jamoat ango tobe’
erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za’f holida ul jamoat jonibidin so‘z ayttim. Anga
dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so‘z aytadur. Ul ulug‘roq kishi xud Shayx Kamol
ermishkim, ziyoratga kelgan ermish! Boshim ustiga kelib, mabhasni orag‘a soldi. Faqir
javob bergach, o‘z so‘zidan qaytib, tahsinlar qilib, holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham
faqirni eshitgan ekandur va ko‘rar havasi bor ekandur
»
.
Alisher Navoiy va davrining
mashhur shoiri Kamol Turbatiy o‗rtasidagi uchrashuv shu tariqa yuz beradi.
Alisher Navoiy 60-yillar boshlarida Hirotga qaytadi. Bu davrda Alisherning tog‗alari
Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‗aribiylar Husayn Boyqaroning sipohiylari sifatida
Sulton Abu Sa‘id mirzoga qarshi jangda halok bo‗lgandilar. Shoir Hirotda uzoq
qololmaydi va Samarqandga yo‗l oladi.
12
Abdurazzoq
Samarqandiy, Mirxond va
Xondamir shoirning Samarqandga borish sabablarini ilm o‗rganishga intilish bilan
bog‗lasalar, Zahiriddin Muhammad Bobur «ixroj» (surgun) deb ataydi. Alisher
Navoiyning o‗zi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan «Masnaviy» maktubida Samarqandga
ketishining bir necha sabablarini ko‗rsatadi:
12
Sh.Sirojiddinov Navoiy Samarqandga aynan Hirotdan yo‗l olganligi masalasiga shubha bilan qaraydi. Olimning fikricha,
Navoiy haqidagi manbalarning birortasida ham shoirning aynan Hirotdan Samarqandga safar qilganligi haqidagi ma‘lumot
keltirilmaydi, balki «Xurosondan Samarqandga» yo‗l olganligi aytiladi. Mashhad ham Xuroson
tarkibida ekanligi hisobga
olinsa, Navoiy Samarqandga Mashhaddan borgan bo‗lishi ham mumkin (Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning
qiyosiy tipologik, tekstologik tahlili. – B.45 – 48).
Navoiyshunos olim Q.Ergashev ham ulug‗ shoir hayotining aynan shu davri navoiyshunoslikda yaxshi o‗rganilmaganligiga
e‘tibor qaratadi (Ergashev Q. Alisher Navoiy hayoti va ijodiy biografiyasiga doir // Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman
materiallari. – B.35 – 36).