Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

dostonnavislik
ham rivojlandi. 
Durbekning 
«
Yusuf va Zulayxo
»
 
(
1409
)

Haydar Xorazmiyning 
«
Gul va Navro‘z
» (
1411
)

«
Gulshan ul-asror
»
 
(
1413
)
, Sayyid 
Qosimiyning 
«
Majma’ ul-axbor
»

«
Gulshani roz
»

«
Haqiqatnoma
»

«
Ilohiynoma
»

Alisher Navoiyning 
«
Xamsa
» (
1483 – 1485
)

«
Lison ut-tayr
»
 
(
1499
)
, Abdurahmon 
Jomiyning 7 dostondan iborat 
«
Haft avrang
»
 
(
forsiy tilda
)
asarlari yaratildi.
Adabiyotshunoslikka doir ko‗plab asarlar vujudga keldi.
Turkiy tildagi asarlar: 

Shayx Ahmad Taroziy. 
«
Funun ul-balog‘a
»
 
(
1436 – 1437
)
muqaddima va 
quyidagi 5 qismni o‘z ichiga oladi: 1
)
she’r turlari 
(
10 ta she’riy janr keltirilgan: 
qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, fard, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, 
mutavval, fard
)

2
)
 qofiya ilmi;
3
)
 she’riy san’atlar 
(
97 badiiy san’at keltirilgan
)

4
)
 aruz ilmi 
(
40 bahr, 366 vazn deyilgan, lekin 181 ta vazn keltirilgan
)
;


171 
5
)
 muammo ilmi 
(
etib kelmagan
).
 

Alisher Navoiy. 
«
Mezon ul-avzon
» (
1492 – 1493, aruz nazariyasiga doir 
asar, 7 doira, 19 bahr, 160 vazn keltirilgan
)

«
Majolis un-nafois
» (
1491 – 1498, 
turkiy tildagi 1 tazkira, 459 shoir haqida ma’lumot keltirilgan
)
.

Zahiriddin Muhammad Bobur. 
«
Risolayi aruz
» (
1521 – 1522, 21 bahr, 537 
vazn keltirilgan
).
 
Forsiy tildagi asarlar: 

Alisher Navoiy. 
«
Mufradot
» (
1491, muammo ilmiga bag‘ishlangan asar
).
 

Sayfiy Buxoriy. 
«
Aruzi Sayfiy
»
 
(
1491, aruz nazariyasiga doir asar
).
 

Abdurahmon Jomiy. 
«
Risolayi aruz
»

«
Risolayi qofiya
» (
1465
)

«
Risola dar 
muammo
» (
3 ta
)
, Atoulloh Husayniy. 
«
Badoyi’ us-sanoyi’
» (
1493, ilmi aruz va ilmi 
bade’ haqidagi asar, 147 ta badiiy san’at keltirilgan
)
.

Davlatshoh Samarqandiy. 
«
Tazkirat ush-shuaro
» (
1486, tazkira, 150 dan 
ortiq shoir
).
 
Bu davrda adabiy turning ko‗plab janrlari shakllandi
tuyuq, ruboiy, mustazod, 
muammo, tarje’band, tarkibband, musammatlarning
turkiy tildagi ilk namunalari 
yaratildi.
Nomachilik an’anaviylik kasb etdi:

Xo‘jandiy 
«
Latofatnoma
»


Sayyid Ahmad ibn Mironshoh 
«
Taashshuqnoma
»


Yusuf Amiriy 
«
Dahnoma
»
.
Munozara janri rivojlandi:

Yusuf Amiriy 
«
Chog‘ir va bang
»
 

Yaqiniy 
«
O‘q va yoy
»
 

Ahmadiy 
«
Sozlar munozarasi
»
.
 
10.1. Haydar Xorazmiy 
(
XIV asar oxiri – XV asr
)
 
Haydar Xorazmiy XIV asr oxirida Xorazmda tavallud topgan. Shu yerda bir necha 
yil yashagan, tahsilni davom ettirish maqsadida Sherozga, temuriy shahzodalardan 


172 
bo‗lmish Iskandar Sheroziy (1409 – 1415) xizmatiga kirgan va keyinchalik unga 
bag‗ishlab «Maxzan ul-asror» («Gulshan ul-asror») dostonini yaratadi.
«
Maxzan ul-asror
» dostoni 1411-yili Sherozda yozilgan. Dostonning nomi ba‘zi 
manbalar, xususan, Boburning «Muxtasar» asarida «
Gulshan ul-asror
» deb ko‗rsatilgan.
Haydar Xorazmiy va uning ijodiy faoliyati haqida Tole‘ Imom Hiraviyning «Badoye‘ 
ul-lug‗at», Mirza Maxdixonning «Sangloh», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», 
«Muhokamat ul-lug‗atayn», Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» kabi 
asarlarida ma‘lumot uchraydi. Xususan, «Majolis un-nafois»ning 7-majlisida Haydar 
Xorazmiyning Iskandar Sheroziyga bag‗ishlangan dostonidan quyidagi bayt keltiriladi: 
Himmat elidur yadi bayzo degan, 
Er nafasidur dami Iso degan.
Haydar Xorazmiyning dostoni hajman kichik bo‗lib, 615 baytdan iborat, shundan 
197 bayt muqaddimaga ajratilgan. Muqaddima Allohga hamd, payg‗ambarga na‘t, badiiy 
so‗z tavsifi, Iskandar mirzo madhi va dostonning yozilish sabablariga oid fikrlarni o‗z 
ichiga oladi. Muallif dostonning yozilishida Nizomiy ta‘siri bo‗lganligini ta‘kidlaydi: 
Menki pishurdim bu laziz oshni
Shayx Nizomiydan olib choshni,
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Ma’nisidin yarlig‘-u burhon topib.
Haydar Xorazmiy o‗z dostoniga Nizomiy dostonida uchramaydigan, mutlaqo yangi 
timsollar: 
Osaf bin Barhiyo, Mahmud G‘aznaviy, Hotami Toy, Bahlul, Ya’qub, Yusuf, 
Temurbek
timsollarini kiritadi. Asardagi ibratli parchalardan biri «Temurbek haqidagi 
hikoyat»dir. Unda aytilishicha, Temurbek
Bir iligi, bir ayog‘i mubtalo,
Qoldi g‘aribliqta bu dushman aro!


173 
(Ya‘ni bir qo‗li, bir oyog‗i shikastlanib, dushman orasida qiyin ahvolda qoldi, u 
umidsizlanib yotgan edi).
Shunda Temurbek bir oyog‗i va qo‗li yo‗q, majruh chumolining qiynalib bo‗lsa-da 
tom ustiga chiqayotganini ko‗rib qoladi. Ongsiz bir mavjudotning maqsad sari bu qadar 
sabot bilan intilishi Temurbekdek buyuk bir sarkardada umid va ishonch, qat‘iyat 
tuyg‗ularini paydo qiladi. Hikoyada insondagi sabr va bardosh, qunt va chidam 
ulug‗langanligini ko‗rishimiz mumkin.
Haydar Xorazmiy qalamiga mansub dostonlardan yana biri «
Gul va Navro‘z
»dir. 
Mazkur doston dastlab mavlono Lutfiyga nisbat berib kelindi. Lekin ko‗pgina manbalar, 
xususan, Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‗a» asari bu doston Haydar 
Xorazmiy qalamiga mansub ekanligini tasdiqladi.
«Gul va Navro‗z» – muhabbat dostoni. Asarning nomi ham ramziy ma‘noni ifoda 
etadi. Zero, Navro‗z bahorning, Gul esa tabiatning ramzi sifatida qadim-qadimdan 
kuylanib kelgan. Haydar Xorazmiyning ta‘rificha: 
Ki Navshod elida bor erdi bir shoh,
Kelurdin voqif-u ketgandin ogoh.
Oti Farruh, o‘zi farxunda axtar,
Aning hukmida ul iqlim-u kishvar 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish