Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 PochtaVirtual qabulxona  a- a a+    



Download 108,5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi108,5 Kb.
#390824
Bog'liq
til maqola


 Ishonch telefoni: (+99871) 244-78-49 PochtaVirtual qabulxona

 A- A A+    

Toggle navigation



Asosiy

 

SEN MILLAT G’URURISAN, ONA TILIM



SEN MILLAT G’URURISAN, ONA TILIM

SEN MILLAT G’URURISAN, ONA TILIM

“Sen millat mulkisan - ona tilim” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovi         

I-o’rin sohibi Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti       23-17 guruh talabasi Mahkamov Dilmurod Umid o’g’li.

 

“Dunyoda millatning  borligini bildiradigan oynai



hayoti bu uning tili va adabiyotidadir”

 

Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi,                           orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek :  “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.



Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi.      Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan,     A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’bri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.

1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli chet ellerda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining  borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jozibadorligidan darak beradi. Rossiyalik tilshunos olima, professor A. M. Kozlyanina “O’zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador” deb bejiz ta’kidlamagan. Shunday ekan ona tilimizning shundayin go’zalligini, sofligini keying avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir. Negaki, ona tilni ulug’lash, asrab-avaylash o’sha tilda so’zlashadigan har bir insonning burchidir.

Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, mashhur bo’lgan A. Navoiy bobomizga tegishli “Ko’ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so’z bil”. Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. O’zbek tilining so’zlari shu qadar ma’noli, ko’pki bitta ma’noga ega bo’lgan tushunchasi bir nechta so’zlar orqali ifodalash bo’ladi. Masalan, birgina ko’z so’zining bir necha ma’nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so’z, bir necha so’zlar bilan ifodalansa, ya’ni sinonim so’zlari qanchalik ko’p bo’lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “Til-millat ko’zgusi”, “Til-ma’naviyat ko’zgusi”, “Til-millatning bebaho boyligi” va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.

Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng xozir muamolada bo‘lgan tillarning o‘ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.

Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o‘rtalariga borib, Xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.

Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz musyahkam bo’ladi. Zero rus tarixchisi Shobelev aytganidek “Millatni yo’q qilish uchun u yerga qurol ko’tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo’q qilish kerak, shunda millatning o’zi yo’q bo’lib ketadi” degan fikri naqadar to’g’ri ekanligini ko’rishimiz mumkin.

Men o’z fikrimni A. Oripovning 4 misra she’ri bilan yakunlamoqchiman.

 

Ona tilim, sen borsan shaksiz



Bulbul kuyin she’rga solaman

Sen yo’q bo’lgan kuning, shubhasiz

Men ham to’ti bo’lib qolaman  

 

 



 YANGILIKLAR

 UMUMIY MA`LUMOTLAR

 FAKULTETLAR

 BO`LIMLAR VA MARKAZLAR

 KAFEDRALAR

 YOSHLAR ITTIFOQI FAOLIYATI

 ILMIY FAOLIYAT

 MA`NAVIY-MA`RIFIY FAOLIYAT

 MOLIYAVIY FAOLIYAT

 TALABALARGA

 ABITURIYENT

TEZKOR HAVOLALAR

Elektron dekanat



Virtual qabulxona

So'rovnomalar



Elektron kutubxona

Abituriyentlar uchun



Me'yoriy-huquqiy hujjatlar

Toshkent sh. Navoiy ko’chasi, 32 uy, 100011

Telefon: (998-71)244-79-20 Faks: (998-71)244-79-17

E-mail: info@tcti.uz, txti_rektor@edu.uz, @tktimatbuotxizmati

 AT markazi 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.



XORAZM VILOYATI 



ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI

Xalq xizmatida

18 Sentyabr 2020 yil 24726

"O‘zligimiz timsoli - ona tilim" insholar tanloviga: Tariximsan, taqdirimsan, ona tilim!

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.



Abdulla Qodiriy

 

Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining   ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.



O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, - deyishmaydi.

1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 

21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.

Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya eʼtirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.

Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.

Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:

Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,

Hayotingning zanjirli yili.

Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,

O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:

Kelib ketdi necha dunyolar,

Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.

Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,

Ular ketdi, sen qolding, tilim.

 

Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:



Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,

Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.

Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,

Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Shoir keyingi misralarda o‘zbek tiliga va uning rivojiga benihoya katta hissa qo‘shgan “g‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini quyidagicha qayd qilib o‘tadi:



Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq sheʼrlar,

Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.

Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

 

Shukur Qurbonning “Ona tilim” qasidasida ona tilining manguligi, barhayotligi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini taʼkidlanadi:



Sen mangusan, baqosan,

Men esam – o‘tkinchi zot.

Sen hamisha bahorsan,

Men – lahzalik xotirot.

Ona tilim, jon tilim.

 

Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz  bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman:



Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

(Rasul Hamzatov)

 

 



 

Davlatnazarov Muxriddin

 IIVning Xorazm akademik litseyi

o‘quvchisi

:

Chop etish



Barcha toifalar

Boshqarma xabarlari

Hodisalar

E'lonlar


Nashrlar

OktabrYanvarFevralMartAprelMayIyunIyulAvgustSentabrOktabrNoyabrDekabr

2021201120122013201420152016201720182019202020212022202320242025202620272028202920302031

undefinedundefined

YakDuSeChorPayJuSha262728293012345678910111213141516171819202122232425262728293031123456

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

XORAZM VILOYATI 

ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI

Navbatchilik qismi

102


Ishonch telefoni

1102


E-pochta

info@xviib.uz

© 2021. Barcha huquqlar himoyalangan

Sayt materiallaridan foydalanilgandawww.xviib.uz sayti ko‘rsatilishi shart

Sayt yaratuvchisi: Online Service Group

Ру



Ўз

O‘z|Ру


 3561-XI 21.10.1989

×

 ×



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA

1-modda.


2-modda.

3-modda.


4-modda.

5-modda.


6-modda.

7-modda.


8-modda.

9-modda.


10-modda.

11-modda.

12-modda.

13-modda.

14-modda.

15-modda.

16-modda.

17-modda.

18-modda.

19-modda.

20-modda.

21-modda.

22-modda.

23-modda.

24-modda.

25-modda.

26-modda.

27-modda.

28-modda.

29-modda.

30-modda.

Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Sotsializmni, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, xalqlarning milliy va baynalmilal o‘zligini anglashning o‘sishi milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi.

Ushbu Qonun o‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasining butun xududida (maydonida) davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi o‘z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha grajdanlar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qat’i nazar, tengdirlar.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tillarini qo‘llashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi grajdanlarning respublika davlat tilini, SSSR xalqlari tillarini hamda chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu Qonun norasmiy muomalada, harbiy qismlarda va diniy marosimlarda qo‘llanadigan tillarga tatbiq etilmaydi.

1-modda.


O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida rus tilini SSSR xalqlarining millatlararo muomala tili sifatida rivojlantirish va undan erkin foydalanish ta’minlanadi.

Milliy va rus, rus va milliy tillarda muloqot qilishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida yashab turgan barcha millat va elatlar tillarining erkin amal qilishini ta’minlaydi, ushbu tillar ravnaq topishi, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘linishi uchun tegishli sharoit yaratadi

2-modda.


O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir.O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini har tomonlama ta’minlashga oid barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining huquqi doirasiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil va teng huquqli respublika sifatida o‘z hududida tilga oid har qanday masalani hal qilish huquqiga ega.

3-modda.

O‘zbekiston Respublikasida yashaydigan har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta’minlanadi. Grajdanlarning boshqa tillarda ham murojaat etish huquqlari, davlat tili va millatlararo muomala tilida javob olishi imkoniyati ta’minlanadi.

4-modda.

O‘zbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart.

O‘z faoliyatiga ko‘ra aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zarur bo‘lgan darajada bilishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek tilini bilmaydigan grajdanlarga respublika davlat tilini bepul o‘rgatish va o‘qitishni ta’minlaydi.

5-modda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida, syezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi.

Mehnat kollektivlarida majlislar davlat tilida, shuningdek, majlis ahli tanlangan tilda olib boriladi.

Majlis ishtirokchilari istagan tilda so‘zga chiqishlari mumkin: ularning nutqlari majlisning ish tiliga tarjima qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro, umumittifoq va respublikalararo simpoziumlar, konferensiyalar, kengashlar va majlislarda respublika davlat tili va majlis ahli tanlagan til qo‘llanadi.

6-modda.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaror va boshqa hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e’lon etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi.

Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.

7-modda.

O‘zbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi.

Mehnat ahlining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tili yoki boshqa tillarda ham olib boriladi. Bunday korxonalarning ro‘yxati xalq deputatlari rayon, shahar Sovetlarining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti tomonidan belgilanadi.

Umumittifoq tasarrufidagi korxonalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tilida ham yuritiladi.

8-modda.

O‘zbekiston Respublikasidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari respublika davlat tilida, shuningdek millatlararo muomala tilida tayyorlanadi, respublikadan tashqariga jo‘natiladigan hisobot va moliya hujjatlari esa rus tilida yoki tegishli tomonga maqbul tilda yoziladi.

9-modda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlar umumittifoq tashkilotlari bilan munosabatlarda millatlararo muomala tilini qo‘llaydilar.

Ittifoqdosh va avtonom respublikalar, shuningdek xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalarda taraflar uchun maqbul til qo‘llanadi.

10-modda.

O‘zbekiston Respublikasida sudlov o‘zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda qatnashuvchi kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat hakamligi mahkamalarida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, hal qilishda o‘zbek tili qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganda xo‘jalik nizolari millatlararo muomala tilida ham qarab chiqilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, hal qilishda ham millatlararo muomala tili qo‘llanadi.

11-modda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida, xalq deputatlari shahar, qishloq va qo‘rg‘on Sovetlari ijroiya komitetlarida notarial ishlar respublika davlat tilida yuritiladi. Murojaat etuvchi kishi talabiga ko‘ra, rasmiylashtirilayotgan hujjatlar matni davlat notarius tomonidan yoki notarial ishni bajarayotgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan rus tiliga yoki imkoniyat doirasida unga maqbul tilga tarjima qilib beriladi.

12-modda.

O‘zbekiston Respublikasida grajdanlik holatini qayd etuvchi hujjatlar hamda turli shahodatnomalar respublika davlat tilida yoziladi, millatlararo muomala tilida tarjimasi takrorlanadi.

13-modda.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlarga o‘qishda tilni erkin tanlash huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida respublika davlat tilida, shuningdek rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida hamda respublikada zich yashaydigan boshqa millatlarning tillarida umumiy o‘rta ma’lumot olishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida, mavjudlari bilan bir qatorda, o‘zbek tilida, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tilida maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarini ochish ta’minlanadi.

14-modda.

O‘zbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida bo‘lishidan qat’i nazar, respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud bo‘lgan joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tili va respublikada qo‘llanilayotgan boshqa tillarda ham mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’minlanadi.

15-modda.

O‘zbekiston Respublikasi darslar o‘zbek tilida o‘tilmaydigan umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarining hamda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining darslar o‘zbek tilida o‘tilmaydigan bo‘lim va gruppalarida o‘zbek tilini o‘quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida o‘rganishni ta’minlaydi, bu fandan bitiruv imtihoni topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi darslar rus tilida o‘tilmaydigan umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida rus tilini o‘quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida o‘rganishni ta’minlaydi. Bu fandan bitiruv imtihoni topshiriladi.

16-modda.

Arab alifbosiga asoslangan qadimiy o‘zbek yozuvini o‘zbek umumiy maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining darslar o‘zbek tilida olib boriladigan bo‘limlarida o‘quv plani fanlaridan biri sifatida o‘qitish ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasida bu yozuvni o‘rganishni istaydiganlarga har tomonlama imkoniyat yaratiladi. Buning uchun tegishli ilmiy-pedagogik kadrlar va darslik hamda metodik o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanadi, qadimiy o‘zbek yozuvida adabiy-tarixiy yodgorliklar, kitoblar, gazeta va jurnallar nashr etiladi.

17-modda.

O‘zbekiston Respublikasi respublika davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tilida darsliklar, o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar nashr etilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida boshqa respublikalar bilan muayyan shartnomalar tuzgan yoki kelishgan holda rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa tillarda o‘qitiladigan maktablar darsliklar, o‘quv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, qardosh respublikalarda yashayotgan o‘zbeklarni o‘zbek tilidagi o‘quv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi respublikadan tashqarida ham o‘zbek tilini asrash va rivojlantirishga, maorif va madaniyatni tariqqiy ettirishga yordam beradi.

18-modda.

O‘zbekiston Respublikasi ilm-fanning hamma sohalarini respublika davlat tilida rivojlantirish uchun lozim bo‘lgan barcha shart-sharoitni yaratib beradi. Respublikada ilmiy ishni o‘zbek tilida taqdim etish, himoya qilish va nashr qilish huquqi ta’minlanadi. Respublikada ilmiy asarlarning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda yozilishi, nashr etilishi va himoyaga qo‘yilishi mumkin.

19-modda.

O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek xalqining ilm-fan tilini takomillashtirish uchun o‘zbek tilida ilmiy-texnik hamda ijtimoiy-siyosiy atamalarni yaratish va rivojlantirish ta’minlanadi.

O‘tmishning ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy, adabiy-badiiy, madaniy va ilmiy merosini keng targ‘ib qilish va chuqur o‘rganish uchun o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy yodgorliklari asl nusxada nashr etilishi ta’minlanadi, shuningdek, rus va boshqa tillarga ham tarjima qilinadi.

20-modda.

O‘zbekiston Respublikasida chiqadigan kitoblar, gazeta va jurnallar, davriy xabarnomalar asosan davlat tilida nashr qilinadi. Shuningdek, ehtiyojni hisobga olgan holda rus tili va boshqa tillarda ham nashr etiladi.

Televideniye ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari asosan respublika davlat tilida olib boriladi. Shuningdek, eshittirishlar rus tilida va O‘zbekiston Respublikasi hududida zich yashovchi boshqa millatlarning tillarida ham tayyorlanadi va olib boriladi.

Umumittifoq televideniye va radiosi ko‘rsatuv va eshittirishlarini olib berish ta’minlanadi.

21-modda.

O‘zbekiston Respublikasida ssenariylar, filmlarni va boshqa tomoshabop asarlarni respublika davlat tilida hamda millatlararo muomala tilida yaratish ta’minlanadi. Boshqa ittifoqdosh respublikalardan, chet ellardan olinadigan kinofilmlar, sahna asarlari va boshqa tomoshabop asarlar o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinadi.

22-modda.

Muassasa, korxona, davlat va jamoat tashkilotlarining rasmiy muhrlari, tamg‘alari va ish qog‘ozlarining matnlari respublika davlat tilida bo‘ladi, ruscha tarjimada takrorlanadi.

Milliy-madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg‘alari va ish qog‘ozlarining matnlari ular tanlagan tildan tashqari respublika davlat tilida bo‘lishi shart.

Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot vositalari respublika davlat tilida yoziladi va e’lon qilinadi hamda rus va boshqa tillarda takrorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yorliqlari, korxona belgilari, ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, o‘zbek tilida hamda millatlararo muomala tilida bo‘lishi ta’minlanadi.

Mamlakatning boshqa respublikalaridan yoki chet ellardan keltirilgan mahsulotni savdo idoralari va tashkilotlari o‘zbek tilida va millatlararo muomala tilida bitilgan yo‘l-yo‘riqlar bilan ta’minlashi lozim.

23-modda.

O‘zbekiston Respublikasida pochta-telegraf xabarlari grajdanlarning xohishiga ko‘ra respublika davlat tili yoki rus tilida rasmiylashtiriladi.

24-modda.

O‘zbekiston Respublikasidagi shaharlar, qishloqlar, maydonlar, ko‘chalar, bekatlar, tarixiy obidalar va boshqa jo‘g‘rofiy-hududiy o‘rinlarning nomlari yagona milliy shaklda beriladi va respublika davlat tilida yoziladi.

SSSR dagi va xorijiy mamlakatlardagi barcha jo‘g‘rofiy nomlar o‘zbek milliy-tarixiy an’alariga va o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda o‘zbek tilida raqam etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha tarixiy ismlar va joylarning nomlari xalqning milliy mulki hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

25-modda.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlar millatidan qat’i nazar, o‘z ismini (bir yoki bir necha) ota ismi va familiyasini (bir yoki bir necha) tarixiy-milliy an’analarga muvofiq shaklda yozdirish huquqiga egadirlar. Ismlar, ota ismi va familiyalarining yagona to‘g‘ri shakli maxsus ma’lumotnomalarda qayd etiladi. O‘zbekcha, ismlar, ota ismi va familiyalar boshqa tillarda berilganda, ayni chog‘da, dunyoga mashhur kishilarning ota ismi va familiyasi o‘zbek tilida berilganda ularning asl yozilish xususiyati saqlanib qoladi.

Ismlar, ota ismi va familiyalarni yozishda o‘zbek tilining ifoda va talaffuz qonuniyatlariga rioya etiladi.

26-modda.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar.

Oz sonli milliy guruhlar uchun ham o‘rta umumiy ta’lim maktablarida o‘z ona tilini o‘rganishga sharoit yaratiladi.

27-modda.

O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga va boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Mansabdor shaxslarning respublika davlat tilini yoki millatlararo muomala tilini bilmaslikni ro‘kach qilib takliflar, arizalar va shikoyatlarni olishdan yoki ko‘rib chiqishdan bosh tortishi man etiladi; grajdanlarning o‘zaro muomala, ta’lim-tarbiya va o‘qish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar sodir bo‘lsa, SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari belgilagan tartibda javobgarlikka tortiladi.

28-modda.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va davlat boshqaruv muassasalarining, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va idoralarning rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi soha doirasida ushbu Qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgardirlar.

29-modda.

Davlat tili rasmiy amal qiladigan sohalarda o‘zbek adabiy tilining mavjud ilmiy qonun-qoidalariga to‘la rioya etiladi.

30-modda.

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi mazkur Qonunning turmushga tadbiq etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti va uning Doimiy til komissiyasi zimmasiga yuklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Raisi M. IBROHIMOV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Sekretari L. BEKQULBEKOVA

Toshkent sh.,

1989-yil 21-oktabr,

3561-XI-son

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1989-y., 26-28-son, 453-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi

XORAZM VILOYATI 



ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI

Xalq xizmatida

18 Sentyabr 2020 yil 24726

"O‘zligimiz timsoli - ona tilim" insholar tanloviga: Tariximsan, taqdirimsan, ona tilim!

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.



Abdulla Qodiriy

 

Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining   ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.



O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, - deyishmaydi.

1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 



21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyot
Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish