69
kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o`xshatishlar, sifatlashlar
ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlari ham unumli foydalaniladi.
Shaxslar va manzaralar ko`z oldiga keltirilib, ularning timsollari
gavdalantiriladi. Tasviriy-insholar o`quvchilarning fikrini o`stiradi, ulardagi
kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
(B. Turdiyev)
5-namuna.
O`qituvchi, murabbiy va ustozlar haqida
donolarning hikmatlarini
qunt bilan o`qing va yoddan yozing.
1. Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
( A. Navoiy)
2. Ustoz suhbati-jon ozig`idir.
(S. Sheroziy)
3. Kim yoshlikda ustoz jabrini chekmas,
Hayotda ko`p jafo cheksa ajabmas.
(S. Sheroziy)
4. Kimki shogirdlikka chin dilidan shod,
Bir kuni o`zi ham bo`lg`usi ustod.
(N. Xusrav)
Do'stlaringiz bilan baham: