MAHALLAM - FAXRIM
Ikki tomoni shinam uylardan iborat kochadan otib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning kocha tomoniga tok ekib, sori qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshkok sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi osib yotibdi. Yana bir xonadon esa oz hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz kochaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga kozingiz tushadi.
Mahalla haqida X asrda yashab otgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" sozini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi kopchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz.
Mahalla - asosan Ozbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan boglangan.
E'tibor bergan bolsangiz, mahallalarda kopincha katta kocha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan kochalar, torkochalar, berk kochalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, Oqchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, oq yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar osha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan goyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan ozini-ozi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari osha yerning ozida hal etiladi.
BOZOR VA FAROVONLIK
Qaysi yurtning tuprogi hosildor, iqlimi yaxshi, eng asosiysi odamlari mehnatkash bolsa, osha yerda tokin-sochinlik, farovonlik va fayz-baraka boladi.
Qadimdan qolgan bir naql bor: «Yurtning farovonligini, elning kayfiyatini bilishni istasang, bozorga bor».
Yoz va kuzning serbaraka hosili bozorlarimizni toldirib, elimiz dasturxonini noz-ne'matlar bilan bezamoqda. Sharqona bozorlarimizni tomosha qilgan sayyohlar uning turli-tuman, shirindan shakar meva-chevalarga boyligini korib, yurtimizga havas qilishmoqda.
Ozbekistonning barcha shahar va tumanlarida qadimiy, kohna bozorlar qayta ta'mirlanmoqda hamda yangi, korkam zamonaviy bozorlar barpo etilmoqda.
Sotiladigan mahsulot turiga kora bozorlarning dehqon bozori, yoyma bozor, qurilish mahsulotlari bozori kabi turlari bor.
Ota-bobolarimiz sotuvchi va xaridor ortasidagi muomala odobiga alohida e'tibor berganlar. Bu borada Yusuf Xos Hojib bobomiz: «Savdoda kimki rostgoy, fe'li togri bolsa, zarur bolganda unga mol topilmay qolmaydi», - deya nasihat qilganlar. Kaykovus bobomiz esa «Qobusnoma» kitobida: «Ey, oglim, bozorda narsa sotmoqchi bolsang, oz foydaga qanoat qil, xaridorlarni ozingdan uzoqlashtirma, molingning narxini oshirma. Xalq sening oldingga bir narsani olish yoki sotmoq uchun kelsa, shunday xushmuomala, shirinsoz bolginki, ular oz mollariga qimmat narx qoyishdan sharm qilsinlar. Hamisha togri sozla, baxil bolma, kambagallarga ehson qil», - deganlar.
Xalq orasida bozor haqida qadim-qadimdan turli naqllar toqilgan: «Bozorda - boriga baraka», «Bozorga borib, baxtingni sina». Husayn Voiz Koshifiy bozorga borganda quyidagi yetti qoidaga rioya qilish zarurligini ta'kidlaganlar:
1. Hech kimni yelkang bilan turtma.
2. Kishilarning orqasidan tikilib qarama.
3. Ogzingni ochib anqayib yurma.
4. Birovni uzoqdan baland ovoz bilan chaqirma.
5. Ishing bolmasa, peshtaxta oldida turma.
6. Xarid qilmaydigan bolsang, molning narxini sorama.
7. Zaruriyat bolmasa, oldi-sotdiga aralashma.
Shunday ekan, bozorda turli qopol sozlarni ishlatib, xaridor haqiga xiyonat qilib, tarozidan urib qolish, nopok yol tutib, pul qaytimini togri bermaslik kabi yaramas odatlardan saqlanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |