Diktant ikki do‘st



Download 0,5 Mb.
bet24/31
Sana21.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#892967
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
IIV AKADEKIK LITSEY DIKTANT 2019

SUV - MUQADDAS NE'MAT
Suv- yerda eng ko‘p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi. U asosan sayyoramizrcing uch butun o‘ndan ikki qismini egallagan. Dengiz va okeanlardan jamlangan. Ko‘l va daryolar, Arktika va Antarktida muzlari ham suvdan iborat. Suv havoda bug‘ ko‘rinishida ham bo‘ladi. Hatto odam tanasining deyarli 2/3 qismi ham suvdan tashkil topgan.
Yer kurrasidagi umumiy suv miqdori o‘zgarmaydi. Okean, dengiz, daryo va ko‘l yuzidagi suvlar bug‘lanib, bulutlar hosil bo‘ladi. Ular esa yomg‘ir yoki qor bo‘lib yog‘ib, yana yer va okeanlarga tushadi.
Yer yuzida aholi iste'mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan suvdan ko‘proq foydalanmoqdalar. Aksariyat hollarda korxonalar chiqindilari bilan suv ifloslanmoqda. Injenerlar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda chiqindilar va oqava suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo‘lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang.
(121 so‘z. " Bolalar ensiklopediyasi"dan)
Y1L FASLLARI
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. Shu davrda u o‘z sirtini Quyoshga har xil vaziyatda "tutib" beradi. Quyosh osmonda baland ko‘tarilganda, uning nurlari Yerga to‘g‘ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Yer yuzi issiq bo‘ladi. Quyosh uncha baland ko‘tarilmay, uning nurlari Yerga qiyalab tushganda, yerni paypaslab o‘tib ketgandek bo‘ladi va Yer yuzida sovuq turadi.
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. Yozning qoq o‘rtasida - 22-iyunda yozgi Quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o‘zining haqiqiy kuchini ko‘rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning ba'zi alomatlari paydo bo‘la boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi sarg‘ayib to‘kila boshlaydi. Hademay daraxtlar yap-yalang‘och bo‘lib shumshayib qoladi, tabiat qorni kuta boshlaydi. Shu tarzda fasllar almashina-almashina yil o‘tadi. Azaldan bu jarayon takrorlangani- takrorlangan.
(129 so‘z. "Bolalar ensikiopediyasi"dan)
BAHOR
Lola sayli juda gashtli bo‘ldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq - ikki quchoqdan lola terib qo‘ydik. Sobirjonning sevinchi ichiga sig‘masdi. Kasaldan yaqinda turgan bo‘lsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan-bu yoqqa sakrab chopar, ko‘m-ko‘k maysalar ustiga dumalardi. Biz borgan joy haqiqatan ham go‘zal edi. Bir tomoni tog‘, bir tomoni ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi mohir to‘quvchi qo‘lida to‘qilgan chorsi gilamga o‘xshardi.
Yo‘lga tushdik. Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday bo‘ladi. Sobirjonning peshonasini hatto ter qoplay boshladi. Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. Tez ketayotgan ekanman.
Kun og‘a boshlagan edi. Qishloqqa kirdik. Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar lipillab o‘ta boshladi. Peshayvonli sariq bino oldidan o‘tayotganimizda bir bog‘lam siren ko‘targan kichkina qizcha bizga qo‘l silkib qo‘ydi. Tabiat bilan baravar ko‘z ochasan. Go‘zallikdan boshqa narsani ko‘rmaysan. Mashina soy bo‘yiga yaqinlashdi. Choyxona shu yerda edi.
(130 so‘z. O‘.Umarbekov)

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish