Differensial tenglamalar


§. Chegaraviy masalalar. Grin funksiyasi va uning xossalari



Download 1,83 Mb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi1,83 Mb.
#203405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Differensial tenglamalar

2§. Chegaraviy masalalar. Grin funksiyasi va uning xossalari.

1. Chegaraviy masalalar.

Chegaraviy masalaning qo’yilishi : agar ushbu

(4.2)
tenglama va

(7.28)
munosabatlari berilgan bo’lsa, (4.2) tenglamaning shu (7.28) munosabatlarni qanoatlantiradigan yechimini izlash chegaraviy masala deyiladi .Bu masala Koshi masalasiga qaraganda umumiy bo’lib ,undan

i= 1 , 2 , . . . , n bo’lganda Koshi masalasi kelib chiqadi .

Agar n=2 bo’lib ,

(7.29)
Bo’lsa, ikkinchi tartibli tenglamaning integral chizig’i boshlang’ich y(x0)=y1 shartni qanoatlantirishi lozim bo’ladi . Yana , agar n=2 bo’lib
(7.30)

Bo’lsa ,bu ham tez-tez uchraydigan chegaraviy masalaning shartidan iborat .Ba’zi hollarda yechim davriyligining chegaraviy sharti deb yuritiluvchi (n=2)


(7.31)

Shart ham uchraydi.


2.Bir jinsli chegaraviy masala .
Chegaraviy masala yechimining mavjudligi va yagonaligi muhim rol o’ynaydi .Bu mavzuga tegishli ba’zi ma’lumotlarni bayon etish uchun (7.28) munosabatlarda gi funksiyalar o’z argumentlariga nisbatan chiziqli shakldan iborat bo’lgan holni ko’ramiz . aniqrog’i gi funksiyalar quyidagi
(7.32)

(bunda ---- o’zgarmas ) ko’rinishda bo’lsin . Agar (i= 1, 2, . . . ,n) bo’lsa , qo’yilgan masala bir jinsli chegaraviy masala deyiladi. Agar

Bo’lsa , u bir jinsli bo’lmagan masala bo’ladi .

n-tartibli chiziqli bir jinsli

L(p)y=0 (*)

tenglama va (7.32) chegaraviy shartlar berilgan bo’lsin ,(*) va (7.32) munosabatlarni Ai =0 bo’lganda qanoatlantiradigan y(x) €C(n) funksiyani topish masalasi (*) tenglama uchun bir jinsli chegaraviy masala deyiladi.

Ravshanki, har bir jinsli chegaraviy masala kamida bitta trivial yechimga ,ya’ni y(x)≡0,x€[x0,x1] yechimga ega .Ammo bir jinsli chegaraviy masala trivial bo’lmagan yechimlarga ham ega bo’lishi mumkin .Shu munosabat bilan quyidagi teoremani keltiramiz .

7.8-teorema. Agar y1(x) , y2(x) , . . . , yn(x) , x€[x0,x1] funksiyalar (*) tenglamaning chiziqli erkli yechimlari bo’lsa ,u holda L(p)y=0 , masala trivialmas yechimga ega bo’lishi uchun



(7.33)
Determinantning nolga teng bo’lishi zarur va yetarli.

Isbot. Teoremaning shartiga ko’ra y1(x) , y2(x) , . . . , yn(x) , funksiyalar [x0,x1] oraliqda

Chiziqli erkli yechimlar .Shuning uchun bo’lganda (*) tenglamaning barcha yechimlari

formula bilan beriladi. Jumladan , , i =1,2, … , n shartni qanoatlantiruvchi yechimi ham shu formula bilan beriladi .Shu sababli



1,2, … , n (7.34)

Munosabatlarga egamiz , ya’ni



Yoki


(7.35)


Endi bir jinsli tenglama bir jinsli chegaraviy shartni qanoatlantiradigan trivialmas yechimga ega deylik . Unda bo’ladi .Shuning uchun (7.35) dan D=0 ekani kelib chiqadi.Agar D=0 bo’lsa , u holda (7.35) dan o’zgarmaslar topiladi . Demak ,ushbu


Funksiya trivialmas bo’lib , bir jinsli chegaraviy masalaning shartlarini qanoatlantiradi . Teorema isbotlandi.
3. Bir jinsli chegaraviy masala uchun Grin funksiyasi.

Differintsial ifoda L(p)y qo’yidagi ko’rinshda bo’lsin:

L(p)y=a0(x)y(n)+ a1(x)y(n-1)+…+ an-1(x)y1+ an(x)y (7.36)
a0(x)≠≠0 , x€I.

Ta’rif.Ushbu

L(p)y=0 , gi 0(y)=0 ,i=1,2,…,n (7.37)

Chegaraviy masala uchun Grin funksiyasi deb shunday G(x,  ξ) funksiyaga aytiladiki ,u funksiya yopiq sohada aniqlangan bo’lib ,[x0,x1] oraliqdan olingan har bir ξ uchun x ning funksiyasi sifatida quyidagi shartlarni qanoatlantiradi:

10 G(x, ξ) funksiya x va ξ bo’yicha [x0,x1] oraliqda uzluksiz , x bo’yicha (n-2) –tartibigacha uzluksiz differintsiallanuvchi ;

20 [x0,x1] dan olingan ixtiyoriy tayinlangan ξ uchun G(x, ξ) funksiya x bo’yicha va oraliqlarning har birida (n-1) – va n-tartibli hosilalarga ham ega , ammo (n-1) –tartibli hosilasi x= ξ nuqtada chekli uzulishga ega , ya’ni :



(7.38)

30 va intervallarning har birida x ning funksiyasi sifatida G(x, ξ) funksiya (7.37) munosabatlarni qanoatlantiradi , ya’ni L(p) G(x, ξ) ≡ 0, g0i(G(x, ξ)) ≡ 0, i=1,2,3,…,n

7.9 –teorema .Agar (7.37) chegaraviy masala faqat trivial yechimga ega bo’lsa ,u holda shu masala uchun yagona Grin funksiyasi mavjud .

Isbot . y1(x), . y2(x),…, . yn(x), , x € [x0,x1] funksiyalar L(p)y=0 tenglamaning chiziqli erkli yechimlari bo’lsin .U holda bu tenglamaning barcha yechimlari

y=C1 y1(x)+ …..+C nyn(x)

formula bilan yoziladi .Shuning uchun C1 ,C2 ,. . . ., Cn larning biror qiymatida bu formuladan G(x, ξ) funksiyani hosil qila olsak ,teorema isbot bo’lgan bo’ladi .Agar Grin funksiyasi mavjud bo’lsa , x0≤x< ξ intervalda


ξ ≤x≤x1 intervalda esa



munosabatlar o’rinli bo’lishi kerak . Bundan (n-2) –tartibigacha hosilalari uzluksiz bo’lgani uchun x= ξ bo’lganda ushbu


………………………………………………………………………


Tengliklarga ega bo’lamiz (n-1)- tartibli hosila uchun esa


tenglikka egamiz .Agar desak , yuqoridagi tengliklar quyidagicha yoziladi:



(7.39)

Bu sistemaning determinanti chiziqli erkli y1(x), . y2(x),…, . yn(x) , (x0≤x1) funksiyalar vronskianining x= ξ nuqtadagi qiymatidan iborat .Ma’lumki , bu holda W(ξ) ≠≠0 .Shuning uchun (7.41) sistema determinanti noldan farqli bir jinsli bo’lmagan sistema sifatida yagona yechimga ega .Shu yechimni C01(ξ) , C02(ξ) ,. . . , C0n(ξ) deb belgilaymiz .Demak ,(7.41) sistema C0v(ξ) larni bir qiymatli aniqlaydi .Endi

C0v(ξ)= b0v(ξ)- a0v(ξ) bo’lgani uchun b0v(ξ) va a0v(ξ) larni aniqlash bilan shug’ullanamiz .Bu koeffitsientlarni chegaraviy shartlardan foydalanib topamiz .Uning uchun g0i(y) ni bunday yozamiz :

g0i(y)= g0(y)+ g0β(y) (7.40)

bu yerda

Agar (7.40) da y o’rniga G(x,ξ) funksiyani qo’ysak ,



tenglikka ega bo’lamiz . Bundan ak lar o’rniga bk- larni qo’yamiz :

Bundan (7.40) ga ko’ra (7.41)

kelib chiqadi . Agar i = 1 , 2 , . . ., n desak ,(7.41) dan b1 , b2 , . . . , bn larga nisbatan n ta chiziqli tenglamalar sistemasini hosil qilamiz .Bu bir jinsli bo’lmagan sistema , chunki



. Agar g0(yi(x)) ≡ 0 bo’lsa , (7.41) dan b0v(ξ) = C0v(ξ) , a0v(ξ)=0 kelib chiqadi. Bu holda teoremaning isboti ravshan . Endi g0(yi(x)) ≠ 0 holni ko’raylik .Bunda 7.8 –teoremaga ko’ra (7.41) sistemaning determinanti (b1, b2 , . . . , bn larga nisbatan ) noldan farqli . Demak , b1(ξ), …, bn (ξ) larning yagona qiymatini topa olamiz .O’sha qiymatlarni b01(ξ), b02(ξ), . . . , b0n (ξ) desak , a01(ξ), a02(ξ), . . . . , a0n(ξ) lar a0j(ξ)= bj0(ξ) – Cj0(ξ) formulalar bilan topiladi. a0i(ξ) va bi0(ξ) , i = 1 , 2 , . . ., n lar uchun topilgan qiymatlarni tegishli ifodaga qo’ysak , G(x, ξ) uchun

(7.42)
formulaga ega bo’lamiz . Shunday qilib ,Grin funksiyasining mavjudligi va yagonaligi isbot qilindi. Bu teoremaning isboti tegishli Grin funksiyasini qurish usulini ham o’z ichiga oladi .

Bir jinsli chegaraviy masala chiziqli bir jinsli bo’lmagan differntsial teglama uchun qo’yilgan bo’lisin , ya’ni ushbu

L(p)y=f(x) , gi0(y)=0, i = 1 , 2 , . . ., n (7.43)

masala ko’rilayotgan bo’lsin .Bu masalaning yechimini quydagi teorema beradi.

7.10- teorema

Agar (7.37) masala faqat trivial yechimga ega bo’lsa ,u holda [x0,x1]oraliqda uzluksiz bo’lgan ixtiyoriy f(x) funksiya uchun (7.43) masalaning yechimi mavjud .Bu yechim ushbu


( - Grin funksiyasi ) (7.44)

formula bilan ifodalanadi .

Isboti. (7.44) formula bilan aniqlangan biror y(x) funksiyani olaylik .Bu funksiya (7.43)

masalaning yechimi ekanini , ya’ni ushbu

L(p)y(x)≡f(x) (7.45)
g0i(y(x))≡0 , i = 1 , 2 , . . ., n (7.46)

ayniyatlar o’rinli ekanini isbotlaymiz .Avval (7.46) ni ko’rsataylik . G(x, ξ) funksiyaning ta’rifiga ko’ra olingan y(x) funksiya (n-2) –tartibigacha uzluksiz differintsiallanuvchi . Shuning uchun hosilalarni



v =1 , 2 , . . . , n-2 (7.47)
kabi yozish mumkin . (7.47) formulani v=n-2 da quydagicha yozamiz :


Bundan yana x bo’yicha hosila olamiz:

Ammo funksiya x= ξ nuqtada uzluksiz bo’lgani uchun oxirgi ifoda soddalashadi:
(7.48)

Bu formuladan yana bir marta differintsiallab , quydagi ifodani topamiz :


(7.49)
Ma’lumki ,gi0(y) ifoda y(x) va uning ( n-1) –tartibigacha hosilalarining x=x0 va x=x1 nuqtadagi qiymatlarini o’z ichiga oladi .Shunga ko’ra , (7.44) (7.47) , (7.48) lardan sodda o’zgartirishlar yordamida quydagiga ega bo’lamiz :

G(x, ξ) funksiya Ta’rif bo’yicha gi0(y)=0 ( i = 1 , 2 , . . ., n) chegaraviy shartlarni qanoatlantiradi ,ya’ni gi0(G(x, ξ))≡0 .Shuning uchun oxirgi integral nolga teng va gi0(y(x))≡0 , i = 1 , 2 , . . ., n munosabatlarga egamiz. Bundan olingan y(x) funksiya [x0,x1] oraliqda chegaraviy shartlarni qanoatlantirishi kelib chiqadi .Demak (7.46) isbot etildi .Endi (7.45) ni isbot etamiz. Teoremaning shartiga ko’ra (7.37) masala faqat trivial yechimga ega . 7.9 –teoremadan L(p) (G(x, ξ))≡0 ekani chiqadi .Shuning uchun olingan y(x) funksiya hosilalarining o’rniga (7.47) , (7.48) , (7.49 ) formulalardan foydalanib , o’z ifodasini L(p) y differintsial ifodaga qo’yamiz :


Demak, (x0, ξ) intervalda L(p)y(x) ≡ f(x) ayniyat o’rinli .SHunga o’xshash ( ξ,x1) intervalda ham shu ayniyat o’rinli ekanini ko’rsatiladi . Shunday qilib , [x0,x1] ) intervalda uzluksiz f(x) funksiya uchun olingan y(x) funksiya (7.43 chegaraviy masalaning yechimi bo’ladi .

Teorema isbot bo’ldi .


2.Bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala .

(7.32) formulada bo’lsin .Biz .bi r jinsli bo’lmagan chegaraviy masalani ko’raylik .Bu holda asosiy xulosani quyidagi teorema ifoda etadi .

7.11-teorema .Ushbu L(p) y=0 tenglama .bir jinsli bo’lmagan shartni qanoatlantiradigan yagona yechimga ega bo’lishi uchun mos bir jinsli chegaraviy masala faqat trivial yechimga ega bo’lishi zarur va yetarli .

Isbot .Zarurligi . .Bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masalaning yechimi y(x) funksiya bo’lsin. Unda L(p)y(x)≡0 , x€[x0,x1] gi (y(x)) –Ai≡0 ayniyatlar o’rinli bo’ladi.

Bir jinsli differentsial tenglamaning fundamental sistemasi y1(x), y2(x), . . . ,yn(x) funksiyalardan iborat bo’lsin .U holda ixtiyoriy yechim formula bilan yoziladi . O’zgarmas C1, C2, . . . . , Cn, larning biror qiymatida y(x) yechim hosil bo’lsin deylik, ya’ni . Bu funksiyani bir jinsli bo’lmagan chegaraviy shartga qo’yamiz . Sodda o’zgartirishlar natijasida quyidagini hosil qilamiz :

Demak ,ushbu

(7.50)

Sistemaga egamiz .Bu sistemaning determenanti D≠0 ((7.33) ga qarang ), chunki .Ammo D≠0 bo’lganda mos Bir jinsli chegaraviy masala 7.8-teoremaga ko’ra faqat trivial yechimga ega bo’ladi .

Yetarliligi . Bir jinsli chegaraviy masala faqat trivial yechimga ega bo’lsin .U holda D≠0 bo’ladi .Demak ,(7.50) ga ko’ra bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala yagona trivialmas yechimga ega , chunki (7.50) dan tengsizlikni qanoatlantiradigan C1, C2, . . . . , Cn o’zgarmaslar bir qiymatli topiladi . Teorema to’la isbot bo’ldi.

7.3 -natija . Agar bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala ikkita y=φ1(x) va y= φ 2(x) , φ 1(x)≠ φ 2(x) yechimga ega bolsa , u holda y= φ 1(x) - φ 2(x) funksiya mos bir jinsli chegaraviy masalaning trivialmas yechimi bo’ladi; aksincha ,agar bir jinsli chegaraviy masalaning trivialmas yechimlarga ega bo’lsa , u holda bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala yo bironta ham yechimga ega bo’lmaydi yoki cheksiz ko’p yechimlarga ega bo’ladi.

Isboti Avval natijaning birinchi qismini isbotlaymiz .

Ravshanki , L(p) φ 1(x)≡0 , L(p) φ 2(x)≡0 va demak , L(p) (φ 1(x)- φ 2(x))≡0 , yana shunga o’xshash g0i 1(x)- φ 2(x))≡0 kelib chiqadi .Shuning uchun y= φ 1(x)- φ 2(x) funksiya bir jinsli chegaraviy masala L(p)y=0 , g0i(y)=0 uchun trivialmas yechim bo’ladi .

Endi agar bir jinsli chegaraviy masala trivialmas y=y(x)≠0 , x€[x0,x1] yechimga ega bo’lsa, D=0 bo’ladi ((7.33) ga qarang ) U holda (7.50) sistema yo yechimga ega bo’lmaydi yoki cheksiz ko’p yechimga ega bo’ladi . Natija isbot etildi .

Endi chiziqli bir jinsli bo’lmagan differentsial tenglamani olaylik , ya’ni L(p)y= f(x) ,shu bilan birga bir jinsli bo’lmagan chegaraviy shart ham berilgan bo’lsin . Boshqacha aytganda, ushbu



(7.51)

bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masalani ko’raylik .Bu masalaning yechimi haqida fikr yuritish uchun avval g 0i (η(x))=Ai shartni qanoatlantiradigan ixtiyoriy η(x)€Cn[x0,x1] funksiyani olamiz .So’ngra z(x) =y(x) - η(x) almashtirishni bajaramiz . Bu φ(x) funksiya uchun g 0i (z(x))= g 0i (y(x)- η (x))= g 0i (y(x))- g 0i ( η (x))≡0,

ya’ni

g 0i (z(x))=0 (7.52)


bir jinsli chegaraviy shartga ega bo’lamiz .Berilgan differentsial tenglama (z(x) funksiyaga nisbatan )

L(p)( η (x)+ z(x))= f(x)

yoki

L(p) z(x)= f(x)-L(p) η (x)= F (x) (7.53)



ko’rinishga keladi .Endi (7.53), (7.52) bir jinsli chegaraviy masalani ko’rish mumkin . 7.10-teoremaga ko’ra , agar L(p) z(x)=0 , g 0i (z(x))=0 masala faqat trivialmas yechimga ega bo’lsa , u holda [x0,x1] oraliqda uzluksiz bo’lgan ixtiyoriy F(x)=f(x)- L(p) η (x) funksiya uchun (7.53), (7.52) masalaning yechimi mavjud va

(7.54)

Ko’rinishda yoziladi .Agar η (x) funksiya mos bir jinsli tenglamaning yechimi bo’lsa , y holda L(p) η (x) ≡0 F(x)=f(x) bo’ladi va (7.54) formula ko’rinishda yozilishi mumkin .Shunday qilib quydagi teorema isbot qilindi .

7.12- teorema .Bizga (7.51) bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala berilgan bo’lsin . [x0,x1] oraliqda uzluksiz bo’lgan va gi0(y)=Ai bir jinsli bo’lmagan chegaraviy shartni qanoatlantiradigan ixtiyoriy funksiyani η (x) deylik . U holda , agar L(p)( y(x)-η (x))= 0 , gi0( y(x)-η (x))= 0 masala faqat trivial yechimga ega bo’lsa , u holda (7.51) masala yechimga ega va va bu yechim ushbu (bunda F(x)=f(x)- L(p) η (x)) formula bilan beriladi . Agar L(p) η (x) ≡0 , gi0(η (x))=Ai (i=1 , 2 , . . . n ) munosabatlar o’rinli bo’lsa , u holda F(x)=f(x) va (7.51) masalaning (7.54//) ko’rinishda yoziladi.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish